Pearl — Perle (- „marvarid“ yoki — „Alzey marvaridi“) — uzumning texnik (sharob ishlab chiqarish uchun) navi. Uning mevasidan Germaniyada oq vino ishlab chiqariladi. Poʻstining pushti va hatto qizgʻish rangiga qaramay, u oq uzumlar navida tasniflanadi.
Kelib chiqishi Turni 1927-yilda nemis vino ishlab chiqaruvchisi Georg Schue () Alzey shahrida Gewürztraminer × Myuller-Thurgau ni chatishtirish orqali olgan. Shu bois Alzey shahri sharafiga Alzey marvaridi deb nomlangan. 1950-yilda Hans Breider () Bavariya davlat vinochilik va oʻsimlikshunoslik institutida () shbu navni koʻpaytirishni boshladi. Oʻshandan beri u oddiygina Perle deb ataladi.
1961-yilda nav Germaniyada yetishtirish uchun tasdiqlangan. Ushbu navni Buyuk Britaniya ham oʻz hududida koʻpaytirish uchun tasdiqlangan.
Hududi Perle, asosan, Germaniyaning ikkita vino ishlab chiqarish mintaqasi — Frankoniya va Reynhessenda yetishtiriladi. Nav oʻz mashhurligini yoʻqotib bormoqda va u ekilgan uzumzorlar maydoni asta-sekin kamaymoqda: 1994-yilda 181 gektar, 2001-yilda 93 gektar, 2008-yilda 43 gektarBeschreibende Sortenliste: Reben (2008), str. 199 va 2015-yilda atigi 19 gektar maydonda ushbu uzum yetishtirilganBeschreibende Sortenliste: Reben (2015), str. 378.
Asosiy xususiyatlari Barglari kichik, uch yoki besh boʻlakli. Gul ikki jinsli. Shingillari oʻrtacha, konussimon, mevalari zich joylashgan, qanotsimon. Rezavorlari oʻrtacha, ovalsimon yumaloq shaklda, pushti yoki qizil tusda. Erta pishadigan nav hisoblanadi. Oq Shasla (uzum navi)dan keyin 10-20 kun ichida pishadi. Nav kurtaklarni kech chiqarishi bois bahorgi ayozlardan kam zarar koʻradi. Oidium va Peronosporaceae oilasiga mansub chirish kasalligiga chidamsiz, kulrang mogʻorga esa chidamli.
Qoʻllanilishi Alkogol darajasi uncha yuqori boʻlmagan, ishqoriyligi past va taʼmi yuqori boʻlgan oq vinolarni tayyorlashda foydalaniladi J. Robinson Jancis Robinsonʼs Wine Course Third Edition pg 117 Abbeville Press 2003 .
Sinonimlari Perle, Perle fon Alzey, Zuchtstammnummer Az 3951, Zuchtstammnummer Wü S 3951.
Manbalar
Havolalar Turkum: Germaniya Sharoblari