Sir Timoti Charlz Klark 1949 - yil , 22-noyabrda tug`ilgan — 2003 - yilning yanvaridan beri Amirliklarning amaldagi prezidenti. Shuningdek, u 2008 - yilgacha SriLankan Airlines kompaniyasining boshqaruvchi direktori bo'lgan. Tim Klark London universitetining iqtisod fakultetini tamomlagan. U Kenterberi Kent kollejida tahsil olgan va Qirollik Aeronavtika jamiyati a'zosi.

Shaxsiy hayoti Sir Timoti Charlz Klark - 1972 - yilda Britaniya Kaledoniyasiga qo'shilganidan beri, fuqaro aviatsiyasi sohasida ish yuritadi. 1975 - yilda u Bahrayndagi Gulf Air ga va buning natijasida u, 1985 - yilda Dubayga ko'chib o'tadi va u yerda aviakompaniyalarni rejalashtirish bo'limi boshlig'i sifatida Amirliklar ta'sischilari guruhining a'zosi bo'ladi. Hozirda u Amirliklar prezidenti. U 2008 - yilgacha Shri-Lanka aviakompaniyasining boshqaruvchi direktori ham bo'lgan. Oxirgi ish faoliyati esa 1998 - yilning aprel oyida Emiratesning SriLankan Airlines kompaniyasining 40% lik aksiyalarini sotib olishi natijasi edi. Biroq, Shri-Lanka hukumati aviakompaniya ustidan nazoratni oʻz qoʻliga oladi va Amirliklar aviakompaniyani boshqarish boʻyicha shartnomasini bekor qiladi.

Sir Timoti Charlz Klark - 2003 - yilda Amirliklar prezidenti bo'ladi, u aviatsiya imperiyasini qurish uchun 18 yil umrini sarfladi, uning muvaffaqiyatlarining eng katta qismi aviakompaniyalarni rejalashtirish bo'limi boshlig'i bo'lganidan keyin yaratgan marshrut tarmog'i tizimi bo`lib qoladi.

Bundan tashqari, Sir Timoti Charlz Klark butun dunyo bo'ylab muhtoj bolalarga gumanitar xayriya yordami va xizmatlar ko'rsatuvchi notijorat xayriya tashkiloti Emirates Airline Foundation raisi hisoblanadi.

Shuningdek Sir Timoti Charlz Klark Buyuk Britaniya va aviatsiya sanoatining gullab yashnashidagi xizmatlari uchun 2014 - yilning Yangi yil mukofotida Britaniya Imperiyasi ordeni (KBE) qo'mondoni etib tayinlangan.

2019-yil dekabr oyida Sir Timoti Charlz Klark , 2020-yil iyun oyida Amirlikdagi lavozimini tark etishini va aviakompaniyada maslahatchi lavozimini egallashini maʼlum qiladi.

Aviatsiya haftaligi va kosmik texnologiyalar jurnali Klarkni 2013-yil odami deb chop etadilar.

Manbalar