„Umr oʻtar“ — oʻzbek qoʻshiqchisi Ortiq Otajonov ijro etgan qoʻshiq. Ashula musiqasini Omon Matjon sheʼriga 1980-yilda Otajonovning oʻzi bastalagan. „Umr oʻtar“ Otajonov repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biri boʻlib, unga katta shuhrat olib kelgan. Bir necha qoʻshiqchi, jumladan Gʻulomjon Yoqubov „Umr oʻtar“ qoʻshig'i kaverini yozgan.
Otajonovning soʻzlariga koʻra, „Umr oʻtar“ qoʻshigʻi uchun asos boʻlgan sheʼrni ilk marotabada 1980- yoki 1981-yil Xorazmda qoʻshiqchi do'sti Otajon Xudoyshukurov boshqa kuy bilan ijro etganini eshitib qolgan. Soʻngra Toshkentda borib, shaxsan shoir Omon Matjon bilan uchrashib, sheʼr nusxasini olgan. Buning ortidan sheʼrni oldinroq yozgan kuyiga solgan. Otajonov qoʻshiqni ilk marotabada 1981-yildan 1982-yilga oʻtar kechasi televideniyeda ijro etgan. Otajovning oʻzi qoʻshiq tarixini quyidagicha xotirlagan:
Manbalar
Havolalar
Turkum:Ortiq Otajonov qoʻshiqlari Turkum:1980-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar