Baybars I yoki toʻliq ismi Al-Malik az-Zohir Rukn al-Din as-Salihi al-Bunduqdariy () (1223 yoki 1228-yil 19-iyulda tugʻilgan va 1277-yil 1-iyulda vafot etgan.) — asli turkiy qipchoq, Baybars (), Abu al-Futuh (, Gʻalabalar otasi) nomlari bilan tanilgan, Misr va Suriyada hukmronlik qilgan Misrdagi Bahriylar davlatining mamluk sultoni. Baybars, ehtimol, 15 yoshida qul sifatida sotib olingan va mamluk sifatida oʻsgan va oʻzining isteʼdodi tufayli u amirlikka koʻtarilgan. U Mansura va Ayn Jolut janglarida muvaffaqiyatli boshqaruvi ushbu janglarda gʻalaba qozonishida yetakchi rol oʻynadi va shuhrat qozondi. Ayyubiylar sultoni Turonshohni suiqasd bilan oʻldirilganidan soʻng, Baybars sulton Qutuzni esa turli sabablarga koʻra oʻldirib, Mamluklar saltanatiga hukmdor boʻladi. U davlatning haqiqiy asoschisi sifatida qabul qilinadi. U salibchilarning koʻplab qasr va shaharlarini qoʻlga kiritdi, Levantdagi salibchilar hududlarini bir necha qirgʻoq shaharlarigacha qisqartirdi va Shimoliy Suriyada Elxoniylarning mavjudligiga chek qoʻydi. Onadoʻli saljuqiylar davlatini Elxoniylar istilosidan qutqarish uchun Onadoʻliga harbiy harakatlar uyushtirgan boʻlsa-da, Onadoʻli saljuqiy hukmdorlaridan vaʼda qilingan yordamni ololmaganidan soʻng oʻz yurtiga qaytdi.
Hukmronlikdan oldingi hayoti Baybars qipchoq turki boʻlib, Dasht Qipchoqda — Itil (Volga) va Yoyiq (Ural) daryolari oraligʻida tugʻilgan, boshqa manbalarda esa Qrimda, Qora dengizning shimoliy qirgʻogʻida tugʻilgan deyiladi. Uning tugʻilgan vaqti haqida Ibn Tagʻribirdiy tavallud sanasi hijriy 625-yilda (1227-yil 12-dekabr — 1228-yil 29-noyabr) ekanligini, shuningdek, Baybars 1247-yilda 24 yoshda boʻlgan, bu esa uning tugʻilishi 1223-yilga yaqinroq boʻlishini koʻrsatishi koʻrsatmalar orasida tafovutni paydo qiladi. U Barli qabilasidan boʻlgan. Kuman zamondoshi Badr al-Din Baysariyning guvohlik berishicha, barlilar moʻgʻul qoʻshinlaridan qochib, Bolgariya imperiyasiga (manbalarda Valaxiya nomi berilgan) joylashishni maqsad qilganlar. Ular Qora dengizni Qrim yoki Alaniyadan kesib oʻtishadi va Bolgariyaga taxminan 1242-yilda yetib kelishgan. Bu orada moʻgʻullar Bolgariyaga, jumladan Kuman qochqinlari yaqinda joylashgan hududlarga bostirib kirishadi. Ota-onasining qirgʻin qilinishiga guvoh boʻlgan Baybars ham, Baysariy ham bosqin paytida asirlar orasida boʻlgan va Rim Sultonligining Sivasdagi qul bozorida qullikka sotilgan. Keyin uni Xamada oliy martabali misrlik Alovuddin Idikin al-Bunduqoriy sotib oladi va uni Qohiraga olib ketadi. 1247-yilda al-Bundoqoriy hibsga olindi va Misr sultoni As-Solih Ayyub uning qullarini, shu jumladan Baybarsni ham musodara qildi.
Baybars mahalliy misrliklarning „toʻq“ terisidan farqli oʻlaroq, oq tanli, keng yuzli, kichkina koʻzli, juda baland boʻyli edi (turkiy odamlarni ham arab, ham yevropacha taʼriflariga xos edi) va uning koʻzlaridan birida katarakta bor edi. Bir nechta taʼriflarda uning koʻk koʻzlari borligi aytiladi.
Solih Ayyub uning aql-zakovatini payqagach, harbiy taʼlim olishi uchun harbiy boʻlinmaga joʻnatadi. Oʻqishni tamomlagan Baybars qoʻshinga oʻtadi, salibchilar bilan bir qator toʻqnashuvlarda qatnashadi va qisqa vaqt ichida amirlikka koʻtariladi.
Oilasi Baybarsning xotinlaridan biri amir Sayfiddin Nogʻay at-Tatariyning qizi edi. Yana bir xotini amir Sayfiddin Giray at-Tatariyning qizi edi. Yana bir xotini Amir Sayfiddin Tammajiyning qizi edi. Yana bir xotini Iltutmish xotun edi. U sobiq Xorazm amiri Berkaxonning qizi edi. U Baybarsning oʻgʻli Al-Said Barakaning onasi edi. U 1284–85-yillarda vafot etgan. Yana bir xotini mo‘g‘ul amiri Karmun og‘aning qizi edi. Uning Al-Said Baraka, Solamish va Xizir ismli uch nafar oʻgʻli bor edi. Yetti qizi bor edi. Ulardan birining ismi Tidxkarbay xotun edi.
Mansura jangi Baybarsning birinchi yirik harbiy muvaffaqiyati bir necha yuz Tampliyer ritsarlari va Fransiya qiroli Lyudovik IX ning 1500 kishilik qoʻshini ustidan 1250-yil Mansura jangidagi Ayyubiylar qoʻshinida qoʻmondon sifatida qozongan gʻalabasi hisoblanadi. Yettinchi Salib yurishi paytida salibchilar qoʻshinlari Dumyotga tushdi va mintaqadagi Mamluk harbiy qismi qoʻmondoni Fahriddin qoʻshini ularga qarshi tura olmadi va ortga chekindi. Mamluk askarlari shaharni himoya qila olmayotganini koʻrgan shahar aholisi vahimaga tushib, shaharni tark etishdi. Salibchilar qoʻshini shaharni egallab, soʻng Qohira tomon yoʻl oldi. Ular tunda Nil daryosi boʻyida qarorgoh qurishdi. Mamluklar qoʻshini qarama-qarshi qirgʻoqdagi qarorgohida edilar. Ertalab salibchilar qoʻshinining avangard qismi qoʻmondoni Robert Artois qoʻshinining koʻpchiligi Mansuradan uch kilometr uzoqlikda toʻsatdan bosqin qilish uchun daryodan oʻtishdi. Ular tong otishi bilan uzoqdagi Ayyubiylar qoʻshini qarorgohiga juda tez hujum qildi. Misr askarlari qurol-yarogʻini olishga ham ulgurmay halok boʻldilar va ularning kichik bir qismi Mansuraga qochib ketishga muvaffaq boʻldi. Robert bu muvaffaqiyatni davom ettirishga va butun Misr kuchlarini yoʻq qilish uchun Mansuraga yurishga qaror qildi. U oʻz maqsadini amalga oshirish uchun tezda Mansuraga yoʻl oldi. Baybars bosqinda halok boʻlgan qoʻmondon Fahriddinning oʻrniga oʻzi qoʻmondonlikni oladi va omon qolgan askarlarni qoʻmondonligi ostiga toʻplab, shaharni himoya qilishga hozirlik koʻradi. Baybars shaxsan oʻz askarlarini shahar markaziga joylashtirib, ularga yashirinishni buyuradi va buni amalga oshirayotib, shaharning asosiy kirish eshigini ochib qoʻyadi. Robertning qoʻshini shaharni kesib oʻtganda, Robert aholi shaharni tark etishgan deb oʻyladi va ular tezda shahar markazi hamda qalʼaning ichki devorlari tomon yoʻl oldilar. Tor koʻcha va hududlarda jang qila olmagan salibchilarning ogʻir otliq qoʻshini Baybarsning hujum qilish buyrugʻi bilan qirgʻin qilinadi. Bir necha kishi shahardan piyoda yoki otda qochishga muvaffaq boʻldi. Halok boʻlganlar orasida Fransiya qiroli Lyudovik IXning akasi Robert, Guillaume de Sonnak kabi mashhur Tampliyer ritsarlari ham bor edi. Salibchilar qoʻshinining katta qismi Mansuraga kelganda, Baybars 8-11-fevral kunlari ketma-ket hujumlar orqali ularni qaytara olmadi. U mudofaada qoldi va 1250-yil 5-aprelgacha shaharni muvaffaqiyatli va oʻjarlik bilan himoya qildi. Natijada bu sanada salibchilar qoʻshini Ayyubiylar qoʻshinining asosiy kuchlari bosimi bilan qamalni davom ettira olmadilar. Ular qirgʻoqqa chekinish imkoniga ega boʻlmadilar va butun salibchilar qoʻshini, shu jumladan ularning qoʻmondoni fransuz qiroli va koʻplab fransuz zodagonlari asirga olindiDoğu’da Haçlı Hakimiyetinin SonuGülay Çalık, sh.: 9.
Oʻsha paytda Misrning Ayyubiylar sultoni boʻlgan Muazzam Turonshoh, mamluk qoʻshinlarining ushbu jangdagi samarali saʼy-harakatlarini kutilganidek baholamadi. Qolaversa, Turonshoh taxtga oʻtirganida mamluklar uni qoʻllab-quvvatlagan edi. Shunga qaramay u otasi davridan beri xizmat qilib kelayotgan mamluk amirlarini lavozimlaridan ozod qiladi va oʻz qarindoshlarini ularning oʻrniga tayinlaydi. Mamluk amirlarini bu voqealar tabiiy ravishda juda bezovta qildi. Natijada Baybars boshchiligidagi bir guruh Mamluk zobitlari harakatga tushib, 1250-yil 30-aprelda uyushtirilgan suiqasd natijasida Turonshoh oʻldirildi. Shu tariqa Misrdagi Ayyubiylar sulolasi hukmronligi Turonshohning vafoti bilan barham topdiKazım Yaşar KopramanGülay Çalık, sh.: 11, 12Gülay Çalık, sh.: 12.
Allaqachon kuchli mavqega ega boʻlgan mamluk amirlari endi davlat boshqaruvi boʻyicha qaror qabul qila olardilar. Biroq ularning hammasi yangi sulton tayinlashga ikkilanishadi. Chunki sulola aʼzosi emas, balki Mamluk amirining taxtga kelishi xalq orasida tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Mamluk amirlari bir muddat bahslashib, Solih Ayyubning xotini Shajar ad-Durni sulton qilib saylashga qaror qildilar. Bunda, shubhasiz, uning hukmron sulolaning bevasi boʻlgani, davlat ishlarini yaxshi tushunganligi, mamluklarga yaqin munosabatda boʻlgani muhim rol oʻynagan. Biroq, tez orada maʼlum boʻldiki, musulmon jamiyatida ayol kishi xush koʻrmaydi. Mamlakat aholisi orasida ham, boshqa musulmon davlatlari hukmdorlari tomonidan ham noroziliklar paydo boʻla boshlaydi. Ayniqsa, Bagʻdoddagi Abbosiy xalifasi Mustasim Billohning yuborgan maktubi vaziyatni chidab boʻlmas holga keltirdi. Xalifa oʻz maktubida „Agar orangizda sulton boʻladigan erkak boʻlmasa, Bagʻdoddan bir odam yuboraman“, deydi. Shundan soʻng Shajar ad-Dur Mamluk amiri Aybekka turmushga chiqib, taxtni unga topshiradi. Shu tariqa hokimiyat tepasiga mamluklar keladi va rasman Mamluklar davlati tashkil topadiGülay Çalık, sh.: 12, 13.
Aybekning Shajar ad-Durga uylanib, mamluk taxtiga oʻtirishi Bahriy mamluklarini bezovta qildi. Solih Ayyub oilasiga qattiq sodiq boʻlgan bir guruh mamluklar davlat boshiga Aybekning oʻrniga Ayyubiylardan bir hukmdor olib kelishini qattiq talab qiladi. Natijada Bahriy mamluklari bilan oʻgʻuzlar guruhi oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga keladi. Aybekning mamluk qullar guruhini yaratishi va unga qarshi chiqqan Bahriy mamluklarini jazolashi mamluklarning Misrdan chiqib ketishiga, Suriyadagi Ayyubiy hukmdorlariga, Kerek, Damashq va Falastinga, 130 ga yaqin Anadolu saljuqiylariga qochib ketishiga sabab boʻlgan. Biroz vaqt oʻtgach, Aybek Mamluk amiri Fareddin Aktoyga oʻz mavqeiga tahdid sifatida koʻrgan Sayfiddin Qutuzni oʻldirishni buyuradi, bu esa Aqtoyning izdoshlari boʻlgan katta mamluk guruhini ancha qiyin ahvolga soldi. Bir muddat Bahriy Mamluklar amiri boʻlgan Baybars, ular bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Aybekka qarshi jang qilish zarurligini tushuntirgan, lekin koʻpchilik uni qoʻllab-quvvatlamagach, Suriyaning Ayyubiylar sultoni Nosir Yusufga maktub yozgan va unga oʻz odamlari bilan qoʻshilishini taklif qiladi. U taklifni qabul qilingandan keyin Suriyaga ketdi. Aybekning hammomda oʻldirilishida qoʻli borligi iddao qilingan Qutuz taxtda hukmronlik qilib, Oʻgʻuz va Qipchoq mamluklari oʻrtasida muvozanat oʻrnatganGülay Çalık, sh.: 17. thumb|left|196x196px|right|Mansura jangi.
Baybars Suriyada Nosir Yusufni Misrga hujum qilishga undagan, u oʻz odamlari bilan Misr hukmronligi ostidagi hududlarga bostirib kirgan. Aybek Abbosiy xalifasidan yordam soʻrab, yordam ololmagach, qoʻshin tayyorlab, Suriyaga joʻnatadi. Nosir Yusuf va Baybars magʻlubiyatga uchraydi va Abbosiy xalifasi aralashuvi bilan ikki tomon oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi oʻrnatiladi. Bu shartnomada Bahriy Mamluklarning Misrga boʻysunishi lozim edi, Baybarsning Nosir Yusuf oʻrtasidagi kelishuvlariga chek qoʻyiladi. Shundan soʻng Baybars Suriyani tark etib, Kerek noibi (Iordaniya viloyati) himoyasiga oʻtdi. Bu yerdan olgan qoʻshimcha kuchlar bilan u yaqin atrofdagi Misr boʻlinmasiga qarshi chiqdi, ammo mojaroda yana magʻlubiyatga uchradi. Misrda esa Aybek Bahriy mamluklarga nisbatan avvalgi munosabatini saqlab qoladi va vaziyatdan juda bezovta boʻlgan amirlar Kerekga, Baybarsning yoniga boradi. Ular Aybekka qarshi yurish uchun Baybarsga bosim oʻtkazdilar. Baybars qoʻshimcha kuch olib, Misrga yurish qildi. Aybek Qutuz boshchiligida qoʻshin joʻnatadi va bu safar Baybars magʻlub boʻlib chekinadi. Qutuz asirga olingan Bahriy Mamluklarni zudlik bilan qatl qiladi. Baybars va uning hamrohlarini Kerek noibi shaharga kiritmagach, ular yana Nosir Yusufdan panoh topadilar. Bahriy Mamluklarni Aybek zulmidan qutqargan Shajar ad-Dur boʻlib, uni misrlik tarixchi Ibn Tagriberdi„en-Nücûmü'z-Zâhire fî Mülûki Mısr veʼl-Kâhire“ sh.: 102 — 273 „chiroyli, taqvodor va aqlli ayol“ deb taʼriflagan. Aybek 1257-yilda choʻmilish vaqtida oʻziga tayinlangan kishi tomonidan oʻldirilgan. Biroq Shajar ad-Durni hamisha qoʻllab-quvvatlagan Bahriy Mamluklar avvalgi kuchlarini yoʻqotdilar, Shajar ad-Durni himoya qila olmadilar va bir muddat oʻtib u oʻldirildi. Soʻngra Aybekning mamluklari uning 15 yoshli oʻgʻlini taxtga oʻtqazib, yoshligi uchun Qutuzni sultonga noib qilib qoʻydilar. Koʻp oʻtmay Qutuz yosh sulton va uning onasini qamoqqa tashlaydi, taniqli Bahriy Mamluk amirlarini oʻldirib, taxtga oʻtiradiGülay Çalık, sh.: 20, 21.