Nosir Muhammad (asl ismi Nasriddin Muhammadiev,1946-yil 2-dekabrda tugʻilgan, Oʻzbekiston, Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumanida) — oʻzbek shoiri, tarjimon, xalqaro jurnalist. Yigirmaga yaqin she’riy va ilmiy-ommabop kitoblar muallifi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2008).

Tarjimai hol Nasriddin Muhammadiyev 1946-yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan. 1964-1968-yillarda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)da tahsil olgan. Mazkur ta’lim dargohidan soʻng u mehnat faoliyatini “Toshkent oqshomi” gazetasi tahririyatida boshlab, dastlab kichik adabiy xodimdan tortib, boʻlim mudirligiga koʻtarilgan.

1976-1979-yillarda Fors tili boʻyicha Eronda tarjimon boʻlib ishlagan. 1983-1993-yillarda “Yoshlik” yoshlar jurnalining mas’ul kotibi sifatida faoliyat olib borgan. Soʻng 1993-1994-yillarda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) xalqaro axborot boʻlimi bosh muharriri lavozimida ishlagan.

Nosir Muhammad 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining 1-kotibi boʻlib, ushbu lavozimda 1996-yilgacha ishlagan, ayni shu yili Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi 1-kotibi sanalgan.

1999-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Matbuot xizmati yetakchi maslahatchisi boʻlgan.

Shoir 2005-yil oktabrdan Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktori.

1980-1996-yillarda Oʻzbekiston boʻyicha mustaqil xalqaro sharhlovchi sifatida shuhrat qozongan. 1972-yildan — 1989-yilgacha Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Nosir Muhammad 2017-yilda 70 yoshida bu yorugʻ olamni tark etdiСкончался Насриддин Мухаммадиев Gazeta.uz.

Ijodiy faoliyati U 20 ga yaqin kitoblar, rus va oʻzbek tilidagi koʻpgina she’rlarning muallifi sanaladi. Nosir Muhammadning she’rlari Moskva “Uygʻonish” (1977—1980-yillarda), “Ilhom” (1979-yil), “She’riyat” (1982-yilda) almanaxlarida hamda “Izhor” (2007-yilda) va “Vatan muhabbati” (2009-yilda) Toshkentda nashr etilgan. Bundan tashqari, shoirning Oʻzbekiston jurnal va gazetalarida davriy ijod namunalari chop etib boriladiПредисловие к сборнику Насриддина Мухаммадиева «Крылатый конь мечты».

Mukofot va sovrinlar

1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.  2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan.  Respublika baynalmilal madaniyat markazining 20-yilligi munosabati bilan “Rossiya hamdoʻstligining (“Rossotrudnichestvo”)– “Doʻstlik va hamkorlik uchun” Faxriy nishoni bilan taqdirlangan. U Polsha Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan „Polsha madaniyatidagi xizmatlari uchun“ nishoni bilan taqdirlangan.

Havolalar Rus adabiyotidagi yangi tarjimalar oʻzbek tilida Nosir Muhammadning tarjimonlik faoliyati

Shoirning san’at haqida goʻzal fikrlari intervyu shaklida

Manbalar

Nosir Muhammad slovo.nx.uz Nosir Muhammad Ziyouz.uz

Turkum:Oʻzbekiston maqtov yorligʻi sohiblari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:2-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari