Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi — qoʻshiqchilarga ijrochilik mahorati, Oʻzbekiston mumtoz musiqa merosini va musiqaviy-sheʼriy sanʼatning anʼanaviy shakllarini oʻzlashtirganligi va rivojlantirganligi, faol targʻib qilganligi uchun beriladigan faxriy unvoniOʻzbekiston Respublikasi qonuni, 26.04.1996-yildagi 226-I-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida.

Tavsifi Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.

Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy cholgʻu asboblaridan doira va dutor pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirogʻidan „XALQ HOFIZI“ degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.

Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Manbalar

Havolalar Mamlakatimizda madaniyat va sanʼat, adabiyot, ommaviy axborot vositalari sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash toʻgʻrisida

Turkum:Oʻzbekiston unvonlari