Mirabel saroyi () ― Salzburg shahrining meʼmoriy yodgorligi boʻlib, bogʻi tufayli u shaharning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridandir.
Saroy, saroy bogʻi va uning atrofidagi binolar YUNESKO himoyasi ostidagi meʼmoriy yodgorlik sifatida tasniflanadi.
Tarixi Saroy 1606-yilda yepiskop Wolf Ditrix fon Ratenau tomonidan sevimli Solomiya Alt uchun qurilgan va dastlab Altenau saroyi deb nomlangan. 1612-yilda yepiskop hibsga olinganidan keyin uning jiyani va saroyning yangi egasi Markus Sittikus fon Xohenems amakisining maʼshuqasi va 15 nafar bolasini saroydan haydab yuboradi. Markus Sittikus oʻzidan oldingi sharmandalikni eslatmaslik uchun saroyning nomini oʻzgartirib, uni Mirabel deb nomlaydi, bu italyancha „juda chiroyli“ degan maʼnoni anglatadi (- chiroyli).
U koʻp marta qayta qurilgan va 1727-yilda oʻzining yakuniy shakliga ega boʻlgan. Dastlabki binodan podvalli binodagi janubi-sharqiy qanotning faqat bir qismi qolgan.
Manbalar
Havolalar
Istoriya Dvorsa Mirabel na ofitsialnoy stranitse goroda Zalsburga Turkum:Avstriya saroylari Turkum:Avstriya Saroylari / Mirabelle Turkum: Salzburg binolari va inshootlari Turkum: 1606-yilda qurilgan bino va inshootlar Turkum:XVII asrda qurilgan saroylar / Mirabelle Turkum: Barok saroylari / Mirabelle