thumb|Gavhar Zokirova|left Gavhar Zokirova(qizlik familiyasi Akmalova) 1949-yil 10-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – Sovet va oʻzbek teatr - kino aktrisasi. Dublyaj ustasi. Botir Zokirov nomidagi Milliy Estrada Instituti Professori. Oʻzbekiston xalq artisti(2016)https://www.bbc.com/uzbek/lotin/2013/10/131011_latin_talking_point_gavhar_zokirova. Abdulla Avloniyning evarasi.

Biografiyasi Gavhar Zokirova 1949-yilda Toshkent viloyatining Toʻytepa tumanida tugʻilgan. Gavhar Zokirovaning otasi harbiylik kasbida faoliyat yuritgan boʻlsa, onasi shu vaqtning oʻzidan injinerlik sohasida faoliyat olib borgan bo'lib u atoqli o'zbek jadidchilik harakati vakillaridan biri, birinchi o'zbek teatri asoschilaridan Abdulla Avloniyning nabirasi bo'lgan. Gavhar Zokirova o'zining xotiralarida buvising (Abdulla Avloniyning rafiqasi Salomat aya) 30 yildan ortiq muddat erining barcha ilmiy asarlarini saqlab kelganini takidlagan. Gavhar Zokirova oilada bir nafar oʻgʻildan keyingi qiz farzand hisoblanadi. Oʻrta maktabni tugatgach,Toshkentdagi Politexnika institutiga oʻqishga kiradi, lekin Gavhar Zokirovaning sanʼatga boʻlgan qiziqishi oʻqishni Toshkent davlat teatr va rassomlik institutida davom ettirishga undaydihttps://www.kino-teatr.ru/kino/acter/246516/. Bu Oliygohni 1971-yilda tugatganhttps://www.savol-javob.com/ru/%D1%81%D0%B5%D0%BC%D1%8C%D1%8F-%D1%84%D0%BE%D1%82%D0%BE-%D0%B2-instagram-%D0%BE-gavhar-zokirova/.

Gavhar Zokirova 1971-yildan hozirgacha Hamza teatri(Hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri) aktrisasi. Teatr sahnasida ijro etgan birinchi roli "Parvoz" spektaklidagi Sanam obrazidir. Teatr sahnasida 100dan ortiq spektaklda yetuk obrazlar yaratgan.

Eng yaxshi rollari:

Bianka, Dezdemona („Otello“), Jamila, Gulbahor („Boy ila xizmatchi“) Gulsanam (" Abu Rayhon Beruniy"), Amaliya („Qaroqchilar“), Gulnor („Qutlugʻ qon“) Agafya Tixonovna („Uylanish“), Liza („Tirik Murda“), Ayol („Taqdir eshigi“), Dilorom("Oltin Devor") Teadora (ʼʼFata Morganaʼʼ), Mehri ("Kelinlar Qoʻzgʻoloni"), Kumush (ʼʼAbdulla Qodiriyning Oʻtkan Kunlariʼʼ), Bibixonim („Sohibqiron Temur“), Farishta („Shayton va farishta“) Gulsara (ʼʼNajot Istabʼʼ), Laura ("Armon"), Umida (ʼʼTanho Yulduzʼʼ) Zahro ("Oʻzgalar Dardiʼʼ) va b.

Kinoda Nigora („Toʻylar muborak“), Guli („Yulduzingni ber osmon!“); videofilmlarda Vazira („Olmos kamar“), Hamshira („Abadiyat qonuni“), Guliraʼno („Domla“), Nasiba („Shaytanat“) kabi obrazlar yaratgan.

Zokirova ʼʼBoy ila Hizmatchiʼʼ spektaklidagi Gulbahor obrazi uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1989)https://upl.uz/misli/7727-news.htmlhttps://darakchi.uz/oz/132696.

Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasiga koʻra, Gavhar Zokirova dramatik teatr aktyorligi yoʻnalishi boʻyicha Sora Eshontoʻrayeva va Yayra Abdullayeva dan keyingi barcha davrlar oʻzbek Teatrining eng yaxshi aktrisasi deb e'tirof etilganhttps://uz.sputniknews.ru/20171231/Gavhar-zakirova-pozdravila-vseh-s-prazdnikom-7193392.html.

Oila Gavhar Zokirova boʻlajak turmush oʻrtogʻi mahoratli aktyor Jamshid Zokirov bilan birga sanʼat institutida birga tahsil olishgan. 1971-yilda aktyor Jamshid Zokirov bilan oila qurishadi. Bu juftlikdan bir nafar oʻgʻil: mahoratli aktyor va rejjisor Javohir Zokirov va saʼnatshunos Ohista Zokirova dunyoga kelgan. Ammo oilaning baxtiga 2012-yilda putur yetdi: Jamshid Zokirov uzoq vaqt saraton bilan kurashdan soʻng 63 yoshida hayotdan koʻz yumdi.

Ajdodlari Gavhar Zokirovaning ona tomonidan bobosi Abdulla Avloniydir.

Filmlar

+YilNomiRol1978"Toʻylar muborak"Nigora1986"Olmos kamar"1986"Bolalik bekatidagi poyezd"Dorixonachi1988"Tepalik"1990"Tangalik bolalar"Teatr aktrisasi1991"Temir erkak"Gavhar1991"Jungli qonuni boʻyicha"Hamshira2004"Sarvinoz"Ofat opa2004"Sevinch"Doniyorning onasi2005"Sarvinoz 2: (Baxt uchun million)Ofat opa2012-2014"A u nas vo dvore…"Movludaning onasi2015"Mehmonxona"Mavjuda2017"Kulba" Bundan tashqari, Gavhar Zokirova atoqli yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub „Shaytanat“ asari asosoida film suratga olinganda turmush oʻrtogʻi Jamshid Zokirov bilan juftlik hosil qilib, rol ijro etishgan.

Yutuqlar Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artisti 1988-yil Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR davlat mukofoti 1989-yil Oʻzbekiston xalq artisti 2016-yil Buyuk xizmatlari uchun ordeni 2019-yil Fidokorona xizmatlari uchun ordeni 2021-yil

Manbalar

Havolalar Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri

Turkum:1949-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari