Igor Anatolyevich Shkvirin (; 1963-yil 29-aprelda tugʻilgan) – sovet va oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi.
Biografiya Igor Shkvirin Toshkentda tugʻilgan. Shkvirin bolaligida askar boʻlishni orzu qilgan. Bezoriligi uchun harbiy qoʻmitaning tibbiy komissiyasida shu asosda uni Suvorov nomidagi harbiy maktabga qabul qilish rad etilganUZBYeKSKIY ODISSYeY . Olti yoshida suv sportiga qatnasha boshlagan, keyinroq sambo bilan shugʻullanganIgor Shkvirin – chempion pyati stran i odnogo kontinenta , ammo bu sport turlari uning uzoq muddatli qiziqishini uygʻotmagan. Oxir-oqibat futbolni tanlagan. Futbolchilik faoliyatini viloyat chempionati futbol oʻyinlardan boshlagan. Shkvirin 17 yoshidayoq Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining „Yangiyer“ klubi tarkibida sovet ikkinchi ligasida oʻynay boshlagan. 18 yoshida uning maoshi (700 sovet rubli) hamshira boʻlib ishlagan onasining maoshidan (90 rubl) sezilarli darajada oshib ketgan ediUZBYeKSKIY ODISSYeY . Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida taʼlim olgan.
Futbolchilik faoliyati 1983-yilda yosh hujumchi Toshkentning „Paxtakor“ jamoasining oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Ishtvan Sekechning nazariga tushgan va jamoaga taklif etilgan. Igor dastlab „Paxtakor“ jamoasi oʻrinbosarlar tarkibidagi oʻyinlarda ishtirok eta boshlagan. Toshkent klubining oʻrinbosarlar jamoasidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan soʻng, asosiy tarkibga oʻtkazilgan. Paxtakor jamoasidagi debyut oʻyindayoq Ukrainaning „Dnepr“ jamoasiga qarshi oʻyindayoq raqib darvozasini ishgʻol qilishga muvaffaq boʻlgan, ammo gol qoidaga zid ravishda urilgan deb topilgani uchun hisoblanmagan. Asta-sekin yosh hujumchi „Paxtakor“ klubining birinchi tarkibidan doimiy joy egallagan va 1984-yilgi mavsumda jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
Shkvirin 1985-yilning oxirigacha „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan. Sovet Armiyasida xizmat qilishi kerak boʻlgani sababli, Shkvirinning sobiq murabbiyi, oʻsha davrda Lvovning „Karpati SKA“ armiya klubi rahbari boʻlgan Ishtvan Sekech uni oʻz jamoasiga taklif qilgan. 1988-yilgi mavsumda Dnepropetrovskning „Dnepr“ jamoasi tarkibiga oʻtishga qaror qilgan. „Dnepr“ klubi tarkibida Shkvirin Sovet Ittifoqi chempioni, SSSR kubogi, SSSR futbol federatsiyasi kubogini qoʻlga kiritdiNaydenniy trofey dlya uzbekskogo odisseya! . Ammo bu davrda Shkvirin SSSR chempionatida bor-yoʻgʻi 14 ta oʻyin va kubok oʻyinlarida esa 4 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1988-yilgi mavsum soʻngida „Paxtakor“ klubiga qaytishga qaror qilgan.
Igor Paxtakor jamoasiga qaytganidan soʻng, ikkinchi mavsumini faoliyatidagi eng yaxshisi deb hisoblaydi. Mavsum davomida hujumchi raqiblar darvozasiga 37 ta gol urgan va „Paxtakor“ jamoasining oliy ligaga qaytishida eng katta hissasini qoʻshganIgor ShKVIRIN: VSYe NAChALOS S KOMANDI, V KOTOROY IGRAL BLOXIN . 1991-yilgi mavsumda „Paxtakor“ jamoasi oliy ligaga qaytgan va Shkvirin mavsum davomida 14 marta raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan. Bu Sovet Ittifoqining soʻnggi chempionati edi va chet el klublari vakillari eng yaxshi sovet futbolchilariga qiziqish bildirishgan. Fransiyaning „Sent-Eten“ vakillari Igor Shkvirinning oʻyinini tomosha qilish uchun Toshkentga tashrif buyurishgan. Oʻyin yakunida Fransiya klubi vakillari „Paxtakor“ jamoasiga futbolchi uchun 400 ming yrvro tovon puli taklif qilishgan, ammo Paxtakor jamoasi 800 000 dollar talab qilgan. Sent-Eten jamoasi vakillari esa 800 000 dollar toʻlashni istamagan va transfer amalga oshmay qolgan.
Milliy terma jamoa Shkirin Oʻzbekiston terma jamoasi safidagi ilk debyut oʻyinini 1992-yilning 17-iyunida Tojikistonga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan va dastlabki oʻyinida ilk golini kiritgan.
1992—2000-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 31 ta oʻyin oʻtkazib, 20 ta gol kiritgan. 1994-yili Yaponiyaning Xirosima shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlari futbol turnirida ishtirok etgan (Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Sovet Ittifoqidan mustaqillikka erishganidan soʻng birinchi marta rasmiy futbol turnirida ishtirok etgan. Ilk musobaqada jamoa oltin medalni qoʻlga kiritgan).
Murabbiylik faoliyati Igor 2002-yilgi mavsumda murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2003—2004-yillarda „Krilya Sovetov Samara“ jamoasida Aleksandr Tarxanovning yordamchi murabbiyi boʻlganShkvirin stal trenerom „Krilev Sovetov“ Igor Shkvirin – chempion pyati stran i odnogo kontinenta . 2005—2007-yillarda Oʻzbekiston Oliy ligasining „Qizilqum Zarafshon“ klubida bosh murabbiy boʻlgan.
2007-yilgi mavsumda Oʻzbekiston U23 terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgan Vadim Abramovga yordamchi murabbiy, 2008—2010-yillarda esa Oʻzbekiston terma jamoasida bosh murabbiylik qilgan Rauf Inileyev, keyinroq Mirjalol Qosimovga ham yordamchilik qilgan.
2008-yilgi mavsumdan Olmaliqning „OKMK“ klubi bilan shartnoma imzolagan va jamoa bosh murabbiyi boʻlgan. 2009-yilgi mavsumda Olmaliq jamoasi Oʻzbekiston Oliy ligasida toʻrtinchi oʻrinni egallagan va bu muvaffaqiyat Shkvirinni yilning eng yaxshi futbol murabbiyi deb topilishiga sabab boʻlgan. „OKMK“ jamoasida 8 mavsum davomida bosh murabbiy lavozimida ishlagan.
Shaxsiy hayoti Igor Shkvirin oila qurgan, ikki oʻgʻil farzandi bor. Kichik oʻgʻli Nikita Shkvirin ham futbolchi boʻlibIgor ShKVIRIN: VSYe NAChALOS S KOMANDI, V KOTOROY IGRAL BLOXIN , Rossiyaning „Chertanovo“ va Oʻzbekistonning „Olmaliq“ klublarida toʻp surganProfіl na saytі footballfacts.ru .
1994-yilda Osiyo oʻyinlarida terma jamoa safida erishgan gʻalabadan soʻng Shkvirin, boshqa gʻolib jamoadoshlari va murabbiylari qatori Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti – „Shuhrat“ medali bilan taqdirlanganUkaz Prezidenta .
2015-yilda oʻzbek futbol tarixchisi va statistik olimi Vladimir Safarov Igor Shkvirin haqida „Одиссея форварда“ (Hujumchi Odisseyi) biografik kitobini chop etgan ediKnigi Vladimira Safarova o futbole: ocherednaya novinka .
Mukofotlari Jamoaviy 1988-yil <span class="no-wikidata" data-wikidata-property-id="P27"><span class="no-wikidata" data-wikidata-property-id="P1532">Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi chempioni; 1989-yil <span class="no-wikidata" data-wikidata-property-id="P27"><span class="no-wikidata" data-wikidata-property-id="P1532">Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi futbol ittifoqi kubogi sohibi; 1994-yil Osiyo oʻyinlari gʻolibi; 1995-yil Malaziya chempioni; 1998-yil Oʻzbekiston chempioni; 2000-yil Hindiston chempioni;
Shaxsiy mukofotlari; „Paxtakor“ klubida Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi 1-ligasining eng yaxshi toʻpurari (1990-yil 37 oʻyinda 37 gol); Paxtakor jamoasi tarkibida Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi oliy ligasida urilgan gollar soni boʻyicha 2-oʻrin; 1994-yil Osiyo oʻyinlarida eng yaxshi futbolchi (7 oʻyinda 8 gol); Oʻzbekiston chempionating eng yaxshi toʻpurari (1998-yil 14 oʻyinda 22 gol); Hindiston milliy futbol ligasining eng yaxshi toʻpurari (2000-yil 16 oʻyinda 11 gol).
Davlat mukofotlari „Shuhrat“ medali (1994-yil).
Faoliyat statistikasi YilKlubDarajaOʻyinGol2001Paxtakor ToshkentI2672000—2001Cherchill BrothersI?122000Paxtakor ToshkentI33201999—2000Mohun BaganI?111998Paxtakor ToshkentI29171999I14221997—1998Makkabi JaffaII?31996—1997Makkabi Petah TikbaI1851996—1997Makkabi GerzliyaI2111995—1996Pahang FAI18151994—1995Makkabi NetanyaI2191993—1994Hapoel Tel-AvivI2191992—1993Hapoel Tel-AvivI31151992Spartak VladikavkazI1051991Paxtakor ToshkentI30141990II37371989II2761989DneprI401988I1021987Karpati LvovII38111986II801985Paxtakor ToshkentII2621984I2591983I1521983YangiyerIII1141982III3451981III332
Manbalar
Havolalar Igor Shkvirin Fbref saytida Igor Shkvirin Footballdatabase saytida Igor Shkvirin Footballfactsru saytida Igor Shkvirin NFT saytida Igor Shkvirin Transfermarkt saytida (futbolchi) Igor Shkvirin Transfermarkt saytida (murabbiy)
Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:29-aprelda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:FC Spartak Vladikavkaz futbolchilari Turkum:FC Dnipro futbolchilari Turkum:SKA Lviv futbolchilari Turkum:Sri Pahang FC futbolchilari Turkum:Hapoel Tel Aviv F.C. futbolchilari Turkum:Maccabi Netanya F.C. futbolchilari Turkum:Maccabi Herzliya F.C. futbolchilari Turkum:Maccabi Petah Tikva F.C. futbolchilari Turkum:Maccabi Jaffa F.C. futbolchilari Turkum:Churchill Brothers FC Goa futbolchilari Turkum:Bnei Yehuda Tel Aviv F.C. futbolchilari Turkum:Mohun Bagan SG futbolchilari Turkum:Qizilqum futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:AGMK futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Soʻgʻdiyona futbol klubi murabbiylari Turkum:Turon Yaypan futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari Turkum:Osiyo Kubogi 1996 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2000 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1994 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari Turkum:Isroildagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:SSSR birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Milliy Futbol Ligasi (Hindiston) futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari Turkum:Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi