Navroʻz Ahmadovich Joʻraqobilov (1984-yil 17-martda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan) – oʻzbek dzyudochisi, Oʻzbekiston chempionatlari chempioni va sovrindori, Osiyo oʻyinlari sovrindori, Osiyo va jahon chempionatlari sovrindori, 2012-yil Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi sanaladi.
Tarjimai hol Navroʻz Joʻraqobilov yengil vazn toifasida (73 kg gacha) ishtirok etadi. Oʻzbekiston chempionatlarining chempioni (2004), kumush (2010) va bronza (2014) medallari sovrindori. 2010-yilda Joʻraqobilov yakkalik bahslarida, 2014-yilda esa jamoada Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori boʻladi. 2012-yilda Toshkentda oʻtkazilgan qitʼa chempionatining bronza medalini qoʻlga oladi. 2011-yilda Parijdagi jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi.
Dzyudochi Navroʻz Joʻraqobilov 2011-yilda Bokuda Gran-prini qoʻlga kiritadi va 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻl oladi. U Olimpiada naurulik Sled Dovabobo va kanadalik Nikola Trittonlarni ustidan gʻalaba qozondi, biroq tojikistonlik Rasul Bakiyevga yutqazib, medallar uchun kurashishda yengiladi.
Havolalar
Navruz Jurakobilov – judoinside.com (ingliz.)
Turkum:2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:17-martda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak dzyudochilar