Mash’al-2 — Muborak shahridagi oʻzbek futbol jamoasi, "Mash’al" jamoasining farm-klubi.
Tarixi 2002-yilda Nuriddin Zayniyev va Bahrom Davlatovlar sayi harakati bilan „Mashʼal“ futbol klubi akademiyasi tashkil qilindi. Hozirgi kungacha „Mashʼal“ futbol klubi akademiyasida 500 dan ortiq futbolchilar yetishib chiqqan.
2005-yil mobaynida tashkil etilgan. Jamoa asosini asosan akademiya yoshlari tashkil etadi. Oʻzbekiston chempionati Birinchi ligasida 11 mavsum (2006-2012 va 2014—2017-yillar) oʻynagan.
Klub 2005-yilda Yangiyer nomi bilan tashkil topgan. 2006-yildan jamoa nomi Mash’al-2 nomiga oʻzgartirildi. 2010-yildan beri klub „Mashʼal Akademiya“ nomi bilan Oʻzbekiston ligasida ishtirok etadi. Mashʼal-2 asosiy jamoani taʼminlovchi hisoblanadi. Oʻzbekistondagi farm klublari alohida ligada emas, balki oʻzlarining katta jamoasi bilan bir futbolliga tizimida faqat pastki ligada oʻynashadi. Ammo farm jamoalari oʻzlarining katta jamoasi bilan bir divizionda oʻynay olmaydi. Oʻzbekiston kubogida esa asosiy jamoalari bilan birgalikda ishtirok etishlari mumkin.
2009-yilda „Mash’al-2“ O‘zbekiston Birinchi ligasida ikkinchi o‘rinni egalladi, ammo „Mashʼal Muborak“ Oʻzbekiston Ligasida oʻynagani uchun oliy divizionga chiqish huquqiga ega emas edi.
„Mashʼal-2“ning sobiq oʻyinchilari Gʻanisher Xolmurodov va Sardor Rahmonov 2011-yilda Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi safida 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishgan.
Nomlari 2006-2007 — „Mash’al“-2 2008-2012 — „Mash’al-akademiyasi“ 2013 — „Mash’al“ FK 2014-yildan — „Mash’al“-2.
Yutuqlari Birinchi ligada 2-oʻrin (2009).
Jamoa tarkibi 2011-yildagi jamoa tarkibiZayavochniy spisok komand Pervoy ligi-2011, 2011
Manbalar
Havolalar Klub futbol faktlari maʼlumotlar bazasida FC Mashʼal-2 — soccerway Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Qashqadaryo viloyati futbol klublari Turkum:Mashʼal Muborak PFK Turkum:2005-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:2005-yilda tashkil etilgan futbol klublari