Nayzali hujum yodgorligi — Birinchi jahon urushi boshlanganining 100-yilligida Gusev shahrida bu urushda halok bo‘lgan rus askarlari va ofitserlari xotirasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan yodgorlik.

Yodgorlik haqida Yodgorlik 1914-yil 20-avgustda Gumbinnen jangida halok bo‘lgan rus askarlari va ofitserlari xotirasiga bag‘ishlangan. U Rossiya harbiy-tarixiy jamiyati va Kaliningrad viloyati maʼmuriyati tashabbusi bilan o‘rnatilgan. Yodgorlikka tutash hududni obodonlashtirish ishlari mahalliy hokimiyat tomonidan amalga oshirildi. Yodgorlik loyihasining muallifi mashhur haykaltarosh Vladimir Surovtsev bo‘lgan. Yodgorlik rus askarining miltiqqa nayza bilan mahkamlangan holda dushman pozitsiyalari tomon yugurayotgan haykali.

O‘rnatish joyi sifatida Kaliningrad viloyatining Gusev shahri (sobiq Gumbinnen) tanlangan. Yodgorlikning tantanali ochilishi 2014-yil 24-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri, Rossiya Harbiy-tarixiy jamiyati raisi Vladimir Medinskiy, shahar hokimiyati vakillari, Polsha va Germaniya konsulliklari, shuningdek, fuqarolar ishtirok etdi.

Manbalar

Turkum: birinchi jahon urushi yodgorliklari Turkum:Gusevskiy tumani Turkum: Rossiyada 2014 yilda qurilgan bino va inshootlar Turkum: Rossiya harbiy-tarixiy jamiyati Turkum:Kaliningrad viloyatida 2014 yil Turkum:Kaliningrad viloyati yodgorliklari