thumb|300x300px| Tirol gryostli thumb|300x300px| Bavariyadagi Gryostl Gryostl ( — qovurilgan) — Avstriya oshxonasining anʼanaviy taomi. Tirolga xos taom. U qaynatilgan kartoshkani termik ishlov berilgan mol goʻshti, choʻchqa goʻshti (odatda yelka yoki boʻyin), toʻgʻralgan boshpiyoz, qoʻziqorin va ziravorlar (tuz, qalampir, mayoran, zira, maydanoz va boshqalar) bilan eritilgan saryogʻda qovurib tayyorlanadiMaria Drewes: Tiroler Küche. 10. Auflage, Tyrolia Verlagsanstalt, 1994, ISBN 3-702-21676-6Margit Proebst: Kochen für zwei — und nichts bleibt übrig. Gräfe und Unzer, 2012, ISBN 3-833-82388-7, S. 108.Gryostl // Kulinarnaya ensiklopediya. Tom 7. G-D (Grappa — Datskie bulochki). Natalya Shinkaryova, Nadejda Bondarenko. — M: ID „Komsomolskaya pravda“, 2015 ISBN 5040535406, 9785040535408 .

Yakshanba kungi kechki issiq taomdan qolgan mahsulotlardan gryostl tayyorlanadi, deb hisoblanadi, shuning uchun u odatda dushanba kuni pishiriladiAndreas Lexer: MARCO POLO Reiseführer Tirol. Mair Dumont Marco Polo, 2013, ISBN 3-829-79979-9, S. 23.. Gryostl koʻpincha qovurilgan tuxum bilan tortiladi.

Shunga oʻxshash retseptlar orasida bluntsgryostl (mol goʻshti oʻrniga qora qonli kolbasa bilan), wurstgryostl (kolbasa bilan), erkakcha yoki Insbruk gryostl (buzoq goʻshti bilan), shuningdek, nemis dehqoncha nonushta taomlari mavjud.

Qiziq faktlar Taom nomi, shuningdek, avstriyalik va daniyalik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan Grøstl (Groestl) iterativ kriptografik xesh funksiyasi uchun shablondir.

Manbalar

Havolalar Slovar regionalnix spesialitetov: Gryostl Prigotovleniya gryostlya Turkum:Alifbo boʻyicha taomlar Turkum:Kartoshkali taomlar Turkum:Avstriya oshxonasi