Yeldos Baxtibayevich Smetov (; tugʻ. 1992-yil 9-sentyabr, Jambul, Jambul viloyati, Qozogʻiston) — qozogʻistonlik dzyudochi, 60 kg gacha vazn toifasida, Qozogʻiston terma jamoasi aʼzosi, politsiya leytenanti. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori, 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori. Jahon chempioni, yoshlar oʻrtasida Jahon chempioni, Osiyo chempioni va Osiyo oʻyinlari gʻolibi. Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi.

Biografiyasi Jambul shahrida tugʻilgan. Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining biologiya va biotexnologiya fakultetini tamomlagan. Otasi Baktibay Smetov tadbirkor, onasi Toʻqtagul Smetova uy bekasi. Katta akasi Jandos ham dzyudo bilan professional tarzda shugʻullanadi. 2011-yildan „Dinamo“ jismoniy tarbiya va sport jamiyati jamoat birlashmasida xizmat qilmoqda.

Faoliyati Dzyudo boʻyicha ilk bor 5 yoshimda katta akamdan oʻrnak olganman. Boks, kikboksing, erkin kurash, sambo bilan shugʻullandim, lekin dzyudoga qaror qildim. Vaqt oʻtishi bilan dzyudo sevimli mashgʻulotdan professional sportga aylandi.

Yeldosning birinchi murabbiyi Axmet Jumagulov boʻlib, Qozogʻiston terma jamoasi tarkibida Aidyn Smagulov qoʻl ostida shugʻullanadi.

Dzyudo boʻyicha Qozogʻiston yoshlar terma jamoasidagi chiqishlari davomida Smetov yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida (2010 va 2011) oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritdi.left|thumb|335x335px|Pochta markasidagi rasm2012-yildan buyon kattalar terma jamoasida oʻynab kelmoqda.

2013-yilning birinchi yarmida Bangkokdagi (Tailand) Osiyo chempionatida bronza, Samsundagi (Turkiya) Gran-pri va Tbilisidagi (Gruziya) Yevropa kubogi bosqichida kumush, Varshavadagi (Polsha) dzyudo boʻyicha Yevropa ochiq kubogida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2015-yilda Ostona shahrida boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Jahon chempionatida u finalda yana bir qozogʻistonlik polvon Rustam Ibraevni magʻlub etib, Jahon chempioni boʻldiYeldos Smetov zavoeval „zoloto“ chempionata mira po dzyudo v Astane.

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shunday qilib, u ikkinchi qozogʻistonlik dzyudochi — dzyudo boʻyicha Olimpiada kumush medali sovrindori boʻldi (Asxat Jitkeevdan keyin). U 5 ta gʻalabali jang oʻtkazdi va faqat finalda rossiyalik Beslan Mudranovga qoʻshimcha boʻlimlarda vasarining fikricha yutqazdiDzyudoist Yeldos Smetov zavoeval „serebro“ Olimpiadi-2016. Oʻsha yili „Parasat“ ordeni taqdirlanganOlimpiyskie prizyori nagrajdeni ordenami „Parasat“ i „Qұrmet“.

2018-yil 17-mart kuni Yekaterinburg shahrida (Rossiya) boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turniriga gʻolibi boʻldiVelikiy voin i moguchiy boets — Smetov viigral „Grand Slam“ v Yekaterinburge.

2019-yil aprel oyida Antaliya shahrida (Turkiya) oʻtkazilgan Gran-pri turnirida gʻolibi boʻldiDzyudoist Yeldos Smetov stal pobeditelem Gran-pri v Tursii, iyul oyida u Budapeshtda (Vengriya) Gran-pri turnirida gʻolib chiqdiPrezident Kazaxstana pozdravil s pobedoy Yeldosa Smetova. Oʻsha yili Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Olimpiada oldidan Jahon chempionatida u bronza uchun bahsda hamyurti Gʻusmon Qirgʻizboyevni ortda qoldirib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Tokiodagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining birinchi oʻyin kunida 60 kg gacha vazn toifasida Yeldos uchinchi oʻrin uchun kurashda niderlandiyalik Tornike Tsjakadoeani magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili „Baris“ ordeni taqdirlanganUkaz prezidenta RK ot 13-avgusta 2021 goda O nagrajdenii gosudarstvennimi nagradami Respubliki Kazaxstan Ofitsialniy sayt Prezidenta Respubliki Kazaxstan www.akorda.kz/ru.

Osiyo chempionati Dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati Intizom Oʻrin2013-yilda Bangkokdzyudo, 60 kg gacha, erkaklar2015-yilda Kuvaytdzyudo, 60 kg gacha, erkaklar5-oʻrin2016-yilda Toshkentdzyudo, 60 kg gacha, erkaklar2021-yilda Bishkekdzyudo, 60 kg gacha, erkaklar7-oʻrin

Manbalar

Turkum:9-sentabrda tugʻilganlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Parasat ordeni sohiblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar