Lev Abramovich Olshanskiy (; 1914-yil 1-oktyabr, Yekaterinoslav — 1995-yil 9-avgust, Moskva) — sovet futbolchisi, hujumchi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.

Tarjimai hol 1930-yilda Dnepropetrovskning “Spartak” jamoasi, 1932-1935-yillarda Moskvaning “Start” klubi hamda 1936-1938-yillarda Leningradning “Dinamo” klubi sharafini himoya qilgan. 1938-yilning oktyabr oyida “Dinamo” safida SSSR chempionatida “Elektr” (1:2) va “Zenit” (2:1)dagi hamyurtlariga qarshi ikkita oʻyin oʻtkazgan. 1939-yil may oyida Moskvaning “Pishevik” jamoasi uchun “B” guruhida toʻrtta oʻyin oʻtkazib,  Yerevanning “Spartak” jamoasiga qarshi uchrashuvda bitta gol urishga muvoffaq boʻlgan.

1948-yildan murabbiylik faoliyati bilan shugʻullana boshlagan. 1948-1949-yillarda Moskva viloyati “Dinamo” klubida, 1950-yilda Podolsk “Mashinostroitel” jamoasida, 1951-1954-yillarda Ashxobodning “Spartak”ida, murabbiy vazifasida faoliyat yuritgan. 1954-1955-yillarda Toshkentning “Spartak” klubida katta murabbiy, 1956-1957-yillarda esa murabbiy boʻlib ishlagan. “Paxtakor” jamoasini 1957-1959-yillarda boshqargan.

1964-1978-yillarda KFK Dinamo (Moskva) jamoasiga ustozlik qilgan. 1970-yilda “Strela” va 1972-yilda “Almaz” jamoalari bilan (OFK-3) SSSR kubogining ikki karra gʻolibi boʻlgan

1995-yilda vafot etgan. Vostryakovskiy qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar

Havolalar Лукосяк Ю. П. «История петербургского футбола. Кто есть кто в петербургском футболе». — СПб.: Союз художников, 2011. — 280 с. ил., ISBN 978-5-8128-0111-3. С. 156

Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari Turkum:Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar Turkum:Moskva mudofaasi uchun medali bilan mukofotlanganlar Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiylar Turkum:FC Dinamo Sankt-Peterburg futbolchilari Turkum:FK Pishchevik Moskva futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:Kichik leytenantlar (SSSR)