Monopolistik raqobat — bu koʻpgina sotuvchilar oʻxshash boʻlgan, ammo bir xil boʻlmagan tovarlarni taklif qiluvchi bozor turi hisoblanadi. Monopolistik raqobat va monopoliya nomlari oʻxshash hisoblansa-da, amalda bu ikki raqobat turi keskin farq qiladi. Bunday raqobat turi dastlabki qarashda sof raqobatlashgan elementlariga ega boʻlsa-da, nomukammal raqobatlashgan bozorlar(monopollashgan bozor) turiga kiradi. Monopolistik raqobatda ham faoliyat yurituvchi firmalar nisbatan koʻp, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi yoki unda harakat qiluvchi firmalarning undan chiqib ketishida kichik cheklovlar mavjud. Lekin, bu raqobat turi baribir erkin bozordan farq qiladi. Farqi shundaki, monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot tabaqalashgan, yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni har bir firma oʻziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalarning mahsulotidan sifati, koʻrinishi, xizmat koʻrsatish turi, uslubi, foydalanilgan materiallari va brendi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differensiallashuvi deganda bozorda sotiladigan tovarni turli xilligi, yagona qolipda emasligi tushuniladi. Har bir firma oʻz mahsulot markasiga ega boʻlgani sababli maʼlum darajada bozor hokimiyatiga ega boʻladi. Masalan, har bir shaharda fast foodlar, restoranlar va non mahsulotlari(xususan, pishiriqlar) sotadigan joylar bor. Bu iqtisodiy subyektlar deyarli bir turdagi ehtiyojni qondiruvchi turli-xil mahsulotni sotadi. Toshkent shahridagi Feed Up, Oq-Tepa Lavash va Evos kabi fast foodlar oʻxshash menyuga (lavash, burger, kartoshka fri va boshqa isteʼmol tovarlari) ega boʻlsa-da, shakl, taʼm, xizmat koʻrsatish va narxiga koʻra oz boʻlsa-da farq qiladi.

Tarix

1933-yilda amerikalik iqtisodchi Edward Hastings Chamberlin oʻzining „Monopolistik raqobat nazariyasi“ asarida yangi raqobat turi — monopolistik raqobat haqida soʻz yuritadi. Uning fikricha real bozor turlari aynan raqobatlashgan bozor va monopoliya oraligʻidagi chegarada faoliyat yuritishadi. Keyinchalik 1977-yilda esa Avinash Kamalakar Dixit va Joseph Eugene Stiglitz monopolistik raqobatni hozirgi koʻrinishiga olib kelgan hammualifdagi maqolalari chiqadi. Bu model keyinchalik Dixit-Stiglitz modeli nomini oldi. Lekin Michael Porter tomonidan bildirilgan asosiy nazariyaga koʻra, istalgan mahsulot hech boʻlmasa bir guruh isteʼmolchilar tomonidan „oʻzgacha“ deb qabul qilinadi. Shu sababli ularni fikriga qarab differensiallik darajasi aniqlanadi. 1986-yilda Merton Howard Miller tomonidan marketing va innovatsiyani differensiallashuvning asosiy 2 strategiyasi deb nomlashni taklif qildi. 1988-yilda esa Henry Mintzberg aniq va keng kategoriyalarni taklif qildi: sifat, dizayn, imidj va narx.

Xususiyatlari Umumiy xususiyatlar Monopolistik raqobatga ega bozor quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:

Firmalar bir tovarning turli xil varianti hisoblanuvchi, substitutlik darajasi yuqori hisoblanuvchi, mahsulotlarini sotadi va bir-biri bilan raqobatlashadi (substitut tovarlarning narxga koʻra elastikligi yuqori boʻladi);

Bozorga yangi firmalarni kirishi va faoliyat koʻrsatishi, bozordan chiqishi deyarli cheklanmagan;

Bozorda koʻpgina firmalar faoliyat koʻrsatadi va ularning har biri tovarga ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulotining xususiyatlariga koʻra tovarga boʻlgan bozor talabining bir qismiga ega boʻlishadi;

Ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchilarning bozordagi holatdan xabardor emasligi yoki axborotning yetarli emasligi(axborotning asimmetrik taqsimlanishi);

Firmalar oʻz mahsulotlariga narx belgilashda va sotish hajmini aniqlashda erkin qaror qabul qila olishadi. Masalan, istalgan firma tovarining elastiklik darajasiga koʻra oʻz mahsuloti narxini yoki oshirib yoki kamaytirib qoʻshimcha foyda olishi mumkin. Aytaylik, elastiklik 5 ga teng boʻlgan sharoitda agar firma oʻz mahsuloti narxini 10 foizga tushirsa uning mahsulot sotish hajmi 1,5 barobarga oshadi va oshish alohida bir firma hisobidan emas, balki koʻp firma hisobidan sotiladi, shu sababli bu narx siyosati koʻplab firmalarga sezilarli boʻlmagan tarzda zarar yetkazishi mumkin. Agar sof raqobatlashgan bozorda firma narxni oʻzgartira olmasa, monopolistik raqobat sharoitida firmaning narx siyosati kichik chegaralar ostida kechadi: agar firma narxni keragidan ortiq oshirsa, ashaddiy mijozlar ham raqobatchilarga ketishi, haddan ziyod tushirsa(yaʼni juda koʻp ishlab chiqarsa) oʻsuvchi xarajatlar funksiyasi zarar keltirishi, zarar keltirmagan taqdirda bir birllik mahsulot narxi uning tannarxi (ATC) dan ham pasayib ketishi mumkin.(Shuni yodda tutish kerakki, bunday holatda firmalar kelishib ish koʻrmasligi kerak)

Firmalarning oʻzaro raqobatlashish xususiyatlari Monopolistik raqobatda bozordagi firmalar juda koʻpligi sababli narxlar jangi oʻtkazish holatlari deyarli kuzatilmaydi. Firmalar bu yerda maʼlum miqdorda narxga taʼsir oʻtkaza olishsa-da (price-taker firmalar), bu taʼsir kuchsiz hisoblanadi. Shu sababli, firmalar narxga bogʻliq boʻlmagan quyidagi omillar yordamida raqobat qilishadi:

Mahsulot xususiyatlarini oʻzgartirish;

Avvalgi ehtiyojlarni qondirish uchun differensiallashgan mahsulot ishlab chiqarish;

Servis darajalari va sodiqlik dasturlari yordamidagi raqobat;

Reklama, aksiya va chegirmalar yordamidagi raqobat.

Monopolistik raqobatning boshqa raqobat turlaridan farqi

+ Bozordagi raqobatning tarkibiy taqqoslanishi Bozor strukturasi Firmalar soni Monopol hukumati darajasi Talabning elastikligi Tovar differisiallashuvi Iqtisodiy foyda koʻrishi Samaradorligi Foydani maksimallashtirish sharti Narx shakllanishi Mukammal raqobat Cheksiz Yoʻq Absolyut elastik Yoʻq Ha/Yoʻq (Qisqa/Uzoq) Ha P=MR=MC Narxni oluvchi Monopolistik raqobat Koʻp Kam Kuchli elastik (uzoq muddatda) Kuchli Ha/Yoʻq (qisqa/uzoq muddatda) Yoʻq MR=MC Narx shakllantiruvchiOligopoliya Kam Nisbatan kuchli Elastik Mavjud Ha Yoʻq MR=MC Narx shakllantiruvchi Monopoliya Bitta Kuchli Nisbatan noelastik Absolyut (chunki yagona mahsulot) Ha Yoʻq MR=MC Narx shakllantiruvchi

Monopolistik raqobatda firma muvozanati thumb|410px|1.1-rasm.Qisqa muddatli oraliqdagi monopolistik raqobatda firma muvozanati

Qisqa muddatli oraliqda firma muvozanati

Firma mahsuloti differensial boʻlgani, tovar hajmi maʼlum miqdorda umumiy bozor talabiga taʼsirga ega ekanligi uchun uning talab chizigʻi AR(Average Revenue, oʻrtacha daromad) pastga yotiq yoʻnalgan. Bu yerda AR faqatgina yagona firma tovariga boʻlgan talab, bozor talab chizigʻi bir firma narx siyosati tufayli bunday oʻzgarmaydi. Firma foydasini maksimallashtirish chekli(marjinal) xarajatlar chekli(marjinal) daromadlarga teng boʻlganda amalga oshishi sababli (MC=MR), Qs hajmda mahsulot ishlab chiqarish foydani maksimallashtiradi. Muvozanat narx Ps firmaning talab chizigʻi orqali aniqlanadi. Muvozanat narx oʻrtacha xarajatdan katta boʻlgani uchun firma iqtisodiy foyda oladi va bu foyda rasmda shtrixlangan toʻrtburchak orqali tasvirlangan. Monopolistik raqobatga ega bozorda firma foyda koʻrgan taqdirda oʻz ishlab chiqarish hajmini MC=MR gacha yetkazishni istaydi, shu sababli ishlab chiqariluvchi tovar hajmini oshiradiB.T.Salimov, M.S.Yusupov. Mikroiqtisodiyot-2. Darslik. -T.: „Innovatsion rivojlanish nashriyotmatbaa uyi“, 2021 — 296 b. (1.1-rasm).

+Qisqa muddatli oraliqda firma foydasining oʻzgarishi Ishlab chiqarish hajmi (Q) Narx § Umumiy daromad (TR) Chekli daromad (MR) Umumiy xarajatlar (TC) Chekli xarajat (MC) Foyda (π) 0 5,25 0,00 0,00 3,00 0,00 −3,00 1 5,20 5,20 5,20 8,85 5,85 −3,65 2 5,15 10,30 5,10 12,30 3,45 −2,00 3 5,10 15,30 5,00 14,55 2,25 0,75 4 5,05 20,20 4,90 16,20 1,65 4,00 5 5,00 25,00 4,80 18,45 2,25 6,55 6 4,95 29,70 4,70 21,90 3,45 7,80 7 4,90 34,30 4,60 27,75 5,85 6,55 8 4,85 38,80 4,50 38,40 40,65 0,40 9 4,80 43,20 4,40 56,25 17,85 −13,05 10 4,75 47,50 4,30 83,70 27,45 −36,20 Jadvaldan koʻrish mumkinki, ishlab chiqarish endi boshlanganida ishlab chiqarish resurslari kamligi va doimiy xarajatlarning kattaligi sababli firma zarar koʻradi. Keyin esa ishlab chiqarishning oʻsuvchi ishlab chiqarish qonuniga asosan, chekli xarajatlar kamayib boradi. Ishlab chiqarish 6 ga yetganidan soʻng chekli naflilikning kamayish qonuni amal qilib, chekli xarajatlar chekli daromaddan oshadi va umumiy foyda kamayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida istalgan ratsional firma ishlab chiqarishni aynan foyda maksimal boʻlganida toʻxtatadi. Iqtisodchilar fikriga koʻra, Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqida aynan samarasiz ishlab chiqarish modeli, foyda emas, balki ishlab chiqarilgan mahsulot, band boʻlgan ishchilar soni muhim boʻlgani uchun qisqa muddatli oraliqda bunday firmalar har tomonlama samarasiz hisoblangan.

Jadvaldan koʻrish mumkinki, ishlab chiqarish endi boshlanganida ishlab chiqarish resurslari kamligi va doimiy xarajatlarning kattaligi sababli firma zarar koʻradi. Keyin esa ishlab chiqarishning oʻsuvchi ishlab chiqarish qonuniga asosan, chekli xarajatlar kamayib boradi. Ishlab chiqarish 6 ga yetganidan soʻng chekli naflilikning kamayish qonuni amal qilib, chekli xarajatlar chekli daromaddan oshadi va umumiy foyda kamayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida istalgan ratsional firma ishlab chiqarishni aynan foyda maksimal boʻlganida toʻxtatadi. Iqtisodchilar fikriga koʻra, Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqida aynan samarasiz ishlab chiqarish modeli, foyda emas, balki ishlab chiqarilgan mahsulot, band boʻlgan ishchilar soni muhim boʻlgani uchun qisqa muddatli oraliqda bunday firmalar har tomonlama samarasiz hisoblangan.

Uzoq muddatli oraliqda firma muvozanati thumb|410px|1.2-rasm.Uzoq muddatli oraliqdagi monopolistik raqobatda firma muvozanati Maʼlumki vaqt oʻtgani sari foyda keltiruvchi boʻlgan tarmoqqa intiluvchi firmalar koʻpayadi. Aynan shu sababli qishloq xoʻjaligida faoliyat yurituvchi fermer xoʻjaligi birinchi yil shartli 600 mln. soʻm foyda olgan boʻlsa, bundan xabar topgan tarmoqdan tashqaridagi firmalarning(ular odatda barcha kerakli ishlab chiqarish resurslariga ega boʻlishadi) haddan ziyod taklif etilgan tovarlari oqibatida tarmoqdagi firmalar endi kamroq foyda koʻrishadi yoki foyda koʻrishmaydi yoki zarar koʻrishadi. Shu sababli bozorga kirgan qoʻshimcha oʻrinbosar tovarga ega ishlab chiqaruvchilar yoki bozor talabidan ulush olish uchun qoʻshilgan firmalar avval bozorda faoliyat yuritgan firmalarning talab chizigʻidagi mijozlarni oʻzlashtirishadi. Shu sababli ham 1.2-chizmadagi talab chizigʻi pastga va chapga suriladi, bozordagi muvozanat narx ham shu sababli pastlaydi. Uzoq muddatli oraliqda firmalar iqtisodiy foyda koʻrishmaydi, barcha normal foyda koʻradi. Agar tarmoqdagi firmalar soni juda koʻp boʻlsa hattoki zarar koʻrishadi va faqatgina AVC<P boʻlgan firmalargina (yaʼni sotayotgan tovar narxi oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatlardan yuqori boʻlgan holatda) tarmoqda faoliyat yurita olishadi.

+Uzoq muddatli oraliqda firma foydasining oʻzgarishi Ishlab chiqarish hajmi (Q) Narx § Umumiy daromad (TR) Chekli daromad (MR) Umumiy xarajatlar (TC) Chekli xarajat (MC) Foyda (π) 0 5,25 0,00 0,00 3,00 0,00 −3,00 1 5,20 5,20 5,20 13,00 13,00 −7,80 2 5,15 10,30 5,10 16,00 8,00 −5,70 3 5,10 15,30 5,00 19,50 6,50 −3,80 4 5,05 20,20 4,90 22,00 5,50 −1,80 5 5,00 25,00 4,80 25,75 5,15 −0,75 6 4,95 29,70 4,70 29,70 4,95 0,00 7 4,90 34,30 4,60 40,95 5,85 −6,65 8 4,85 38,80 4,50 60,00 7,50 −22,20