Valeriy Vasilyevich Muxin (1938-yil 25-iyul – 2002- yil 27-avgust, Toshkent) – sovet futbolchisi, himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan, futbol murabbiy. SSSR sport ustasi.

Futbolchilik faoliyati Valeriy Muxin futbolchilik faoliyatini Ashxobodda boshlagan. U yerda uch mavsum davomida (1958—1960) mahalliy „Kolxozchi“ (keyinchalik Kopetdag) jamoasida oʻynagan. 1961-yili Toshkentning „Paxtakor“ klubiga qabul qilinib, ushbu jamoa bilan SSSR Oliy ligasida debyut qilgan. Valeriy Muxin „Paxtakor“ safida olti mavsum oʻynagan. Milliy chempionatlarda 157 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. Shulardan 120 tasini oliy ligada oʻtkazgan va 4 ta gol urgan.

1968—1977-yillarda Xorazmning „Narimanovets“ klubiga ustozlik qilgan. Keyinchalik esa maʼmuriy lavozimlarda ishlagan.

Valeriy Muxin nomi Oʻzbekiston futboli shon-sharaf zaliga kiritilgan.

2002-yil 27-avgustda vafot etgan. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Havolalar

Valeriy Muxin FootballFacts.ru saytida Tashkent. Memorial pamyati

Turkum:1938-yilda tugʻilganlar Turkum:25-iyulda tugʻilganlar Turkum:2002-yilda vafot etganlar Turkum:27-avgustda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Paxtaoral klubi futbolchilari Turkum:Sverdlovets klubi futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Narimanovets klubi murabbiylari Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar