Soslan Totrazovich Djanaev ( , Ossetian 1987-yil 13-martda tugʻilgan) — kelib chiqishi osetin boʻlgan Rossiyalik professional futbol darvozaboni. Soslan Djanayev hozirgi kunda ham faoliyatini davom ettirmoqda. U Sochi Professional futbol klubining asosiy darvozaboni hisobalanadi.

Klubdagi faoliyati 2019-yilning 8-yanvarida u Qozonning „Rubin“ klubi bilan oʻzaro kelishuvga binoan shartnomadan ozod etilgan.

2019-yil 27-fevralda u Polshaning Miedz Legnica klubi bilan 2018-19-yilgi Ekstraklasa mavsumi oxirigacha shartnoma imzolagan.

2019-yil 16-iyulda u Rossiya Premer-ligasiga yangi kirib kelgan PFK Sochi jamoasiga qoʻshilgan. 2019-yil 20-oktabr kuni „Arsenal Tula“ga qarshi safarda (1:1) ikkita penaltini qaytargan. U avvalgi oʻyinda ham penaltini qaytargan, umumiy hisobda oʻsha mavsumda 2 oʻyinda 3 ta penalti qaytargan.

Xalqaro faoliyati 2009-yil sentabr oyida Djanayev birinchi marta Germaniya va Ozarbayjon terma jamoalariga qarshi oʻyinlar uchun Rossiya milliy terma jamoasiga chaqiruv olgan. U 2016-yilning avgust oyida Turkiya va Gana terma jamoalariga qarshi oʻyinlarga yana bir bor Rossiya terma jamoasidan chaqiruv olgan. U 2016-yilning 9-oktabrida Kosta-Rika terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. 2018-yilning 11-mayida u Rossiya terma jamoasining Jahon Chempionati-2018 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan. U jahon chempionatining yakuniy tarkibiga kiritilmagan. 3 yillik tanaffusdan soʻng 2019-yil avgust oyida UEFA Yevro—2020 saralash bosqichi doirasidagi Shotlandiya va Qozogʻistonga qarshi oʻyinlar uchun terma jamoaga chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi

thumb|290x290px

thumb|290x290px KlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolKAMAZ2007Birinchi Divizion28000-280Spartak Moscow2008RPL00200020200926010-270201012000-120Terek Grozny201030--302011-1237020-3902012-131000-10Jami4102000430Alania Vladikavkaz2012-13RPL100--100Spartak Moscow2013-1400000000Jami3803000410Rostov2014-15RPL001000102015-1630000-3002016-1713000100230Jami43010100540Rubin Kazan2017-18RPL18010-1902018-194000-40Jami2201000230Miedź Legnica2018-19Ekstraklasa7000-70Miedź Legnica II2018-19III liga30--30Sochi2019-20RPL22000-2202020-2121010-2202021-221401010160Jami5702010600Karyerada jami2490901102690

Yutuqlar

Klub

Spartak Moskva

Rossiya Premer-ligasi (1) : 2009-yilgi ikkinchi oʻrin

Rostov FC

Rossiya Premer-ligasi (1) : 2015-16-yilgi ikkinchi oʻrin

Shaxsiy

Lev Yashin mukofoti „Yil darvozaboni“: 2015-16 Rossiya chempionatining 33 ta eng yaxshi futbolchisi roʻyxati: 2015-16

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar