Tohir Veysalovich Kapadze (; ; 10-may 1955-yil) — oʻzbek futbol murabbiyi.
Faoliyati Yoshligida SSSR chempionatining turli liga bahslarida ishtirok etib, Oʻzbekiston SSR klublari safida toʻp surgan. 1970-yillarda murabbiylik faoliyatini boshlagan. Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ va Quvasoyning „Sementchi“ jamoalari murabbiylaridan biri boʻlgan. 1991-yilda „Avtomobilchi“ jamoasiga rahbarlik qilgan.
Oʻzbekiston futbol federatsiyasida faoliyat yuritgan. 2011-yilda Vadim Abramov Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangach, Marat Miftaxutdinov va Tohir Kapadze uning yordamchilari etib tayinlanadi. 2013-yilda Oʻzbekiston chempionati oliy ligasiga qaytib „Qoʻqon-1912“ klubi bosh murabbiyligiga saylangan. Jamoani 2013—2014-yillarda boshqargan. 2015-yildan Fargʻonaning „Neftchi“ klubida faoliyatini davom ettirgan.
Shaxsiy hayoti Farzandlari Temur, Denis va Kamronbeylar ham futbolchi.
Manbalar
Havolalar Tohir Kapadze Kokand 1912 saytida Tohir Kapadze Footballfactsru saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Qoʻqon 1912 futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Neftchi futbol klubi murabbiylari Turkum:Sementchi Quvasoy klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari