Muattar Abdullajonovna Nabiyeva (1996-yil 2-iyun, Andijon) — oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, 2019-yilgi Osiyo chempionati sovrindori, Yaponiyadagi 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, 2018-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlari ishtirokchisi.

Sport faoliyati Muattar Nabiyeva 1996-yilda tugʻilgan. Andijonda istiqomat qiladi. U 2016-yilgi Yoshlar jahon chempionatida 58 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida 3-oʻrinni olib, bronza medal sohibasi boʻldi.

2018-yili Jakartada boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 58 kg gacha  boʻlgan vazn toifasida  umumiy ogʻirligi 217 kg boʻlgan  shtangada tosh koʻtarib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

2018-yilning noyabr oyi boshida Ashxobodda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 55 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida oʻzbekistonlik sportchi yakuniy oltinchi oʻrinni olgan edi.

2019-yilda Ninbo shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida u 204 kilogramm natija bilan uchinchi oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritadi.

2019-yil sentyabr oyida Pattayadagi jahon chempionatida 55 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi Muattar siltab koʻtarishda (96 kilogramm) kichik bronza medalini qoʻlga kiritdi. Yakuniy bayonnomada oltinchi boʻldi.

Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarida Muattar Nabiyeva siltab koʻtarishda 98 kilogramm tosh koʻtarib, bu yoʻnalishda Olimpiada rekordini oʻrnatdi. Afsuski, dast koʻtarishda u magʻlub boʻldi. Umumiy 212 kg natija bilan Nabiyeva toʻrtinchi oʻrinni egalladiТокио-2020: Муаттар Набиевой удалось побить Олимпийский рекорд по тяжелой атлетике Uzreport.news26.07.2021.

2021-yilning 16-25-aprel kunlari Toshkent shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida Muattar Nabiyeva  bronza medalini qoʻlga kiritdi. Ogʻir atletikachi 55 kg gacha  boʻlgan vazn toifasida ikki kurashda ishtirok etdi. Nabiyeva dast koʻtarishda 99 kilogramm ogʻirlikdagi shtangani koʻtarib, kumush medal bilan taqdirlandi. Siltab koʻtarishda sportchi 114 kg tosh koʻtarib, uchinchi natijaga erishdiТяжелоатлетка из Узбекистана завоевала «бронзу» на чемпионате Азии Regnum.ru 19.04 2021.

Sport natijalari YilMusobaqaOʻtkazish joyiVazn toifasiSiltalab koʻtarishDast koʻtarishIkki kurash yigʻindisiOʻrin2015Osiyo chempionatiПхукет58 kg gacha 85 kg100 kg185 kg5Jahon chempionatiХьюстон58 kg gacha 90 kg107 kg197 kg182016Osiyo chempionatiТашкент63 kg gacha 90 kg110 kg200 kg7Jahon yoshlar chempionatiТбилиси58 kg gacha 95 kg112 kg207 kgAfrika-Osiyo chempionatiAmmon53 kg gacha —97 kg—3RD-AFRO-ASIAN-WEIGHTLIFTING-CHAMPIONSHIP-2016-JORDAN-RESULTS4Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionatiTokio58 kg gacha92 kg109 kg201 kg42017Oʻzbekiston chempionatiChirchiq58 kg gacha ? ?193 kgВ Чирчике определяются победители чемпионата страны по тяжелой атлетикеIslom birdamlik oʻyinlariBoku58 kg gacha 89 kg107 kg196 kgJang sanʼati boʻyicha Osiyo oʻyinlari va musobaqa maydonlaridaAshxobod58 kg gacha 94 kg118 kg212 kgJahon chempionatiAnaxaym58 kg gacha 97 kg———2018Osiyo oʻyinlariJakarta58 kg gacha 98 kg119 kg217 kg4Jahon chempionatiXyuston55 kg gacha 98 kg114 kg212 kg4Islom birdamlik federasiyasi sport chempionatiQohira55 kg gacha90 kg115 kg205 kg2019Oʻzbekiston chempionatiChirchiq59 kg gacha95 kg117 kg212 kgМуаттар Набиева и Кумушхон Файзуллаева вновь на пьедестале почетаOsiyo chempionatiNinbo55 kg gacha91 kg113 kg204 kgJahon chempionatiPattayya55 kg gacha96 kg113 kg209 kg6IWF Grand Prix ODESUR CSLPLima55 kg gacha93 kg111 kg204 kgIWF World CupTyanzin55 kg gacha88 kg111 kg199 kgDoha55 kg gacha89 kg114 kg203 kg2020Islom birdamlik federasiyasi sport chempionatiToshkent55 kg gacha89 kg111 kg200 kgМуаттар Набиева завоевала серебряные медали Международного чемпионата солидарности Unvon va mukofotlari „Kelajak bunyodkori“ medali

Manbalar

Havolalar

Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi veb-saytidagi profil Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi saytidagi profil

Turkum:Oʻzbekiston ogʻir atletikachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:2-iyunda tugʻilganlar