Boyboʻta Doʻstqorayev — taniqli olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, jurnalist, „Oltin qalam“ milliy mukofoti sovrindori, professor.

Tarjimai holi Boyboʻta Doʻstqorayev 1942-yili 12-noyabrda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi „Oqtoʻnli“ qishlogʻida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) jurnalistika fakultetida 1969-yildan ish boshlab, qariyb yarim asrlik umrini ustoz sifatida shu sohada jurnalist kadrlar tayyorlashga hamda milliy matbuot tarixini izchil oʻrganishga bagʻishlagangazeta.uz Taniqli jurnalist Boyboʻta Doʻstqorayev vafot etdi.

Faoliyati Boyboʻta Doʻstqorayev dastlab adabiy tanqidchilik borasida tadqiqotlar olib borgan. 1986-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilganidan keyin, oʻzbek matbuot tarixini oʻrganishga kirishgan. Milliy matbuot tarixi va uning yetuk namoyandalari Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Choʻlpon, Fitrat, Hoji Muin, Ubaydulla Asadullaxoʻjayev, Saidrizo Alizoda singari maʼrifatparvar milliy ziyolilarning jurnalistik faoliyati haqida yozgan maqolalari bilan ilmiy jamoatchilikka tanilgan.

Ijodi Maqolalari Hurlikka intilgan „Hurriyat“ziyouz.com Hurlikka intilgan „Hurriyat“ Buyuk mutafakkirziyouz.com Buyuk mutafakkir „Oʻgʻuzxon“dan biror „iz“ qolganmi? (2006)ziyouz.uz „Oʻgʻuzxon“dan biror „iz“ qolganmi? „Alpomish“ matnining jilolariziyouz.com Alpomish" matnining jilolari „Hurriyat“ning koʻksiga gul taqaylik" (2007)ziyouz.com „Hurriyat“ning koʻksiga gul taqaylik" Romanning bir fazilatiziyouz.com Romanning bir fazilati Vannaychaxonning dardi yoxud Choʻlponshunoslikdagi ayrim muammolar xususida (2009)ziyouz.com Vannaychaxonning dardi yoxud Choʻlponshunoslikdagi ayrim muammolar xususida (2009) Ikki buyuk siymoziyouz.com Ikki buyuk siymo ziyouz.uz Behbudiyning munosib shogirdiziyouz.uz Behbudiyning munosib shogirdi Behbudiyning munosib shogirdi

Nashrga tayyorlangan matnlariwww.elib.buxdu.uz/ Buxoro davlat universiteti elktron kutubxonasi

Fitrat. „Mashrab“, — „Yosh leninchi“ gazetasi, 1991-yil, 29-iyun, 2, 4-iyul, 1.b.t A. Qodiriy. „Olti yillik bazm“- „Mushtum“, 1993 y., № 8. 0.4 b.t. Yassaviy kim edi. T., A. Qodiriy nomidagi „Meros“ nashriyoti, 1994. 5 b.t. Choʻlpon. „Shamol nimadan hosil boʻladi“. „Mushtum“, 1995-yil, № 10. Choʻlpon. Goʻzal Turkiston. /sheʼrlar toʻplami/. T., „Maʼnaviyat“, 1997 y, 8 b.t Choʻlpon. A. Xontalishskiyga maktub. Umid sizdan. — „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, 1998-yil, 21-noyabr Oybek. Choʻlpon. Shoirni qanday tekshirish kerak. „Munaqqidning munaqqidi“ maqolasining egasiga. — Sharq yulduzi, 1989-yil, 6-son. 1.6.t Choʻlpon. Qaytish yoʻq. — Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 1999-yil, 24-dekabr, 0.4 b.t. Fitrat. „Farhodu Shirin toʻgʻrisida“- „Maʼrifat“ gazetasi, 1996-yil, 7,11, 14, 17, 21, 24, 27-dekabr sonlari, 1.5.6.T. Munavvar Qori. „Bizni jaholat jahli murakkab“, „Toshkentda jamiyatlar“, T., 21-noyabr, „Nikoh toʻgʻrisida“, „Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi“, T., 1999-yil, 2-jild. 1.6. t.

Mukofotlari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining „Jahon jurnalistikasi nazariyasi, amaliyoti va tarixi“ kafedrasining mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2002-yil Prezident farmoni bilan „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ sharafli unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Fan nomzodlari Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Dotsentlar Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari Turkum:Oʻzbekistonlik jurnalistlar Turkum:Oltin qalam milliy mukofoti sohiblari