Ummu Ruvmon Zaynab binti Omir ibn Uvaymir ibn Abd Shams ibn Attob al-Kinoniya – (vafoti 628-yil; hijriy 6-yilda), kunyasi „Ummu Ruvmon “ () Islom payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobasi edi . U Abu Bakr roziyallohu anhoning xotini va Oisha roziyallohu anhoning onasi boʻlgan.

Biografiyasi Zaynab Kinana qabilasining Al-Horis ibn G‘anam urug‘idan bo‘lgan Amir ibn Umaymirning qizi ediMuhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors, pp. 171-172. Albany: State University of New York Press.. U Azd qabilasidan boʻlgan Abdulloh ibn Horisga turmushga chiqdi va ularning Tufayl ismli bir oʻgʻli bor ediMuhammad ibn Saad, Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 193. London: Ta-Ha Publishers.. Oila Makkaga koʻchib oʻtdi va u yerda al-Horis Abu Bakr bilan ittifoq tuzdi. Abu Bakr Siddiq esa allaqachon Qutayla binti Abduluzzoga uylangan edi.

Oradan ko‘p o‘tmay, Ummu Ruvmon beva bo‘lib, hech qanday yordamsiz qoldi. Keyin Abu Bakr unga uylandi. Ularning ikki farzandi bor edi, bular: Abdalrahmon va OishadirMuhammad ibn Saad, Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 193. London: Ta-Ha Publishers..

Ummu Ruvmon 622-yili Oisha va uning o‘gay farzandlari Asmo va Abdulloh hamrohligida Madina shahriga hijrat qildilarMuhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors, pp. 171-172. Albany: State University of New York Press..

Ibn Saʼd Ummu Ruvmonni 628-yil aprel/may oylarida Madinada vafot etganini aytadiMuhammad ibn Saad, Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 193. London: Ta-Ha Publishers.Nāsikh al-tavārīkh : zindagānī-i Payāmbar vol:2, 1162 . Biroq, Ibn Hajar al-Asqaloniy uning oʻlimini 630-yilda deb maʼlumot keltirgan.  U qabrga tushirilayotganda, Muhammad: „Kim hurning qanday koʻrinishini bilmoqchi boʻlsa, Ummu Ruvmonga qarasin“, dedi. Manbalar

Turkum:628-yilda vafot etganlar Turkum:Abu Bakr Siddiq Turkum:Oisha binti Abu Bakr Turkum:Muhammad alayhis-salom Turkum:Abu Bakrning oilasi Turkum:Ayol sahobalar