Vyacheslav Sergeyevich Ponomaryov (; 1978-yil 2-yanvar, Namangan) – oʻzbek futbolchisi, yarimhimoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Faoliyati Vyacheslav Ponomaryov Namanganning "Navbahor" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ponomaryov professional faoliyatini 1996-yilda mazkur klub tarkibida boshlagan. Ponomaryov bir yarim mavsum "Navbahor" safida toʻp surgan va shu vaqt ichida faqat yettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan. 1998-yil oʻrtalarida Toshkent viloyatining "Doʻstlik" jamoasiga tarkibiga oʻtgan va 2000-yilning oxirigacha shu klubda toʻp surgan. Bu vaqt ichida futbolchi "Doʻstlik" safida 55 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishgan.
2001-yil boshida Vyacheslav Ponomaryov Toshkentning "Paxtakor" klubi bilan shartnoma imzolagan va bir mavsumda "Paxtakor" safida 18 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 2002-yil boshida Bekobodning "Metallurg" klubiga oʻtgan. Ushbu jamoa libosi ostida bir mavsumda 29 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan. 2003-yil boshida Ponomaryov Zarafshonning "Qizilqum" jamoasi bilan shartnoma imzolagan va bir mavsumda 26 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga erishgan.
2004-yilda yana „Paxtakor“ bilan shartnoma imzolagan va "Paxtakor" safida uch yarim mavsum oʻynagan. Bu vaqt ichida u 86 ta uchrashuvda maydonga tushgan va raqib darvozasiga 10 ta gol kiritgan. 2007-yil oʻrtalarida Toshkentning boshqa bir klubi "Bunyodkor"ga oʻtib, bu jamoada bir yarim mavsum toʻp surgan. Jamoa safida 18 ta uchrashuv oʻtkazgan, biroq birorta ham gol ura olmagan.
2009-yil boshida Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasi bilan shartnoma imzolab, toʻrt yarim mavsum davomida "Shoʻrtan" safida 84 ta oʻyinda maydonga tushgan va 1 ta gol urgan. 2013-yilning ikkinchi yarmidan 2014-yilning oxirigacha Fargʻonaning "Neftchi" jamoasi sharafini himoya qilgan va jamoa safida 29 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2015-yil boshidan „Buxoro“ jamoasi futbolchisi.
Milliy terma jamoadagi faoliyati Vyacheslav Ponomaryov Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi ilk va soʻngi oʻyinini 2000-yil 29-fevralda Moʻgʻuliston terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. U 2010-yilda terma jamoaga chaqirilgan, biroq 2010-yilgi Jahon chempionati saralashida Livanga qarshi oʻyinda maydonga tushmagan.
Yutuqlari "Navbahor"tarkibida Oʻzbekiston chempioni: 1996-yil Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 1997-yil "Doʻstlik" safida Oʻzbekiston chempioni: 1999, 2000-yillar Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2000-yil "Paxtakor" klubida Oʻzbekiston chempioni: 2004, 2005, 2006-yillar Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2001-yil Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2004, 2005, 2006-yillar "Bunyodkor" jamoasi bilan Oʻzbekiston chempioni: 2008-yil Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2007-yil Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2008-yil Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2007-yil "Shoʻrtan"safida Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2010-yil
Manbalar
Havolalar
Turkum:2-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Namanganda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar