Qilichev Farrux Komilovich (1985-yil 15-sentyabrda tugʻilgan, Jizzax, Oʻzbekiston) — oʻzbek boks murabbiyi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi, Shuhrat medali sohibi. Biografiyasi Qilichev Farrux Komilovich — 1985-yil 15-sentabrda Jizzax shahrida tugʻilgan. 1995-yildan boshlab boks bilan shugʻullangan. 1999-yili Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejiga o‘qishga kirgan. 2004-yilda o‘qishni tamomlab, O‘zDG‘SFK (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti) ga o‘qishga kirdi. Chirchiq kolleji murabbiylari uni nafaqat sportchi, balki umidli yosh murabbiy sifatida ko‘rib, boksga bo‘lgan qiziqishi va mehrini ko‘rib, o‘z murabbiylik jamoasida ishlashni taklif qildi. Oʻrta vazn toifasida koʻp karra Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. 2008-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlagan. 2005-yildan Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji (2018-yildan Chirchiq olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab-internati)da boks boʻyicha murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2016-yilda ushbu maktabda boks boʻyicha katta murabbiy.
Shogirdlari Qilichevning shogirdlari orasida eng yuqori natijalarni quyidagi sportchilar qayd etgan:
Dilshodbek RoʻzmetovBoks boʻyicha terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev + Chempionat natija oʻtkazilgan yili Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati kumush medal sohibi 2015, Toshkent Oʻsmirlar oʻrtasida Jahon chempionati kumush medal sohibi 2015, Sankt-Peterburg Kattalar oʻrtasida Jahon chempionati kumush medal sohibi 2019, Yekaterinburg Jahongir Rahmonov + Chempionat natija oʻtkazilgan yili Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati kumush medal sohibi 2015, Toshkent Yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati bronza medal sohibi 2018, Bangkok III Oʻsmirlar Olimpiadasi sovrindor 2018, Buenos-Ayres
Timur Ergashev — Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati kumush medali sohibi (Bangkok, 2017)
Timurbek Sadullayev — Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati kumush medali sohibi (Toshkent, 2015)
Ruslan Abdullayev — Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati bronza medali sohibi (2017)
Shavkat Boltayev — Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati chempioni (Quvayt, 2019)
Feruza Kazakova — Oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati chempioni (Fujayra, 2019)
Rustam Saidov va Toʻlqin Qilichev bilan birga Bahodir Jalolovdek jahon chempioni va 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlari chempionini tayyorlashda oʻz hissasini qoʻshganBoks boʻyicha Jahon chempionatida Oʻzbekiston sharafini kimlar himoya qiladi? Farrux Qilichev: „Eng koʻp oltin medal bilan vatanimizga qaytamiz degan umiddaman“.
Oilasi Oilali, uch nafar oʻgʻil farzandi bor.
Davlat mukofotlari 2019-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.
2021-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni berilgan.
2024-yilda Sogʻlom avlod uchun ordeni berilgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston murabbiylari