Anton Andreyevich Miranchuk (1995-yil 17-oktyabrda tugʻilgan) — rossiyalik professional futbolchi, Moskvaning „Lokomotiv“ klubi va Rossiya terma jamoasida chap qanot yarim himoyachisi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati

Yoshlik faoliyati Slavyansk-na-Kubani shahrida tugʻilgan Miranchuk Moskvaning „Spartak“ klubiga oʻzi tugʻilgan „Olimp“ futbol maktabidan kelib qoʻshilgan. U jismoniy imkoniyatlari zaif boʻlgani uchun klubdan chetlatilgan. Shundan soʻng u egizak akasi Aleksey bilan Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga koʻchib oʻtgan.

Lokomotiv Moskva 2013-yil 30-oktyabrda Miranchuk kattalar futbolidagi debyutini Rossiya kubogi doirasidagi Volgogradning Rotor jamoasiga qarshi oʻyinda 88-daqiqada Viktor Obinna oʻrniga maydonga tushgan holda amalga oshirgan.

Levadiyada ijarada 2016-yil 2-fevralda Miranchuk Estoniyaning " Levadiya Tallinn " klubiga ijaraga berilgan. U yangi jamoadagi debyutini 2016-yilning 2-aprelida Nomme Kalju bilan 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan. 2016-yil 30-iyun kuni Miranchuk UEFA Yevropa ligasida ilk saralash bosqichida Farerning HB jamoasi bilan 1:1 hisobida durang oʻynagan jamoa tarkibida maydonga tushgan. 2016-yil Meistriliiga mavsumining oxiriga kelib u 14 ta gol urishga erishgan. 

Moskvaning Lokomotiv jamoasiga qaytish Miranchuk 2017-yilning 9-aprel kuni „Rostov“ga qarshi oʻyinda „ Lokomotiv“ safida Rossiya Premer-ligasida debyut qilgan. 2018-yilning 24-oktyabr kuni u UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk golini 2018-19-yilgi mavsumda „ Portu „ga qarshi oʻz uyida jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan. 2020-yil 27-oktabrda u UEFA Chempionlar ligasining 2020-21 -yilgi mavsumida “Bavariya“ga qarshi oʻz uyida 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda gol muallifiga aylangan. U 3-noyabr kuni oʻsha musobaqada „Atletiko Madrid“ ga qarshi oʻyinda yana gol urgan. 

Xalqaro karyera Miranchuk 2017-yilning oktabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Rossiya terma jamoasi safida debyut qilgan.

2018-yilning 11-mayida u Rossiyaning JCh-2018 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan. 2018-yil 3-iyun kuni u jahon chempionatining yakuniy tarkibiga kiritilgan. U turnirda ishtirok etmagan, chunki chorak finalda Rossiya Xorvatiyaga magʻlub boʻlgan. 

Shaxsiy hayoti U Aleksey Miranchukning egizak akasi boʻlib, u ham Rossiya terma jamoasidagi jamoadoshi hisoblanadi. 

Karyera statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolLokomotiv Moscow2013-14RPL0010——102014-15000000—002015-1600000000002016-173000——302017-1829410101104152018-19261174611040162019-201730010101932020-212342063103272021-2291000010101Jami107231142355014632Levadia Tallinn (Ijara)2016Meistriliiga30141041—3515Karyerda jami137371242765018147

Xalqaro + Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Rossiya 2017 2 0 2018 5 0 2019 4 1 2020 5 2 Jami 16 3

Scores and results list Russiaʼs goal tally first, score column indicates score after each Miranchuk goal.

+ Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 108.06.2019 Mordoviya Arena, Saransk, Rossiya 4-0 9-0 UEFA Yevro-2020 saralashi 206.09.2020 Pushkash Arena, Budapesht, Vengriya 1-0 3-2 2020-21 UEFA Millatlar ligasi B 311.10.2020 VTB Arena, Moskva, Rossiya 1-0 1-1 2020-21 UEFA Millatlar ligasi B

Yutuqlar Lokomotiv Moskva

Rossiya Premer-ligasi : 2017-18 Rossiya kubogi : 2018-19, 2020-21 Rossiya Superkubogi : 2019

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar