Bobur Alisher oʻgʻli Abduholiqov (1997-yil 23-aprelda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Oʻzbekiston terma jamoasida hujumchisi ampulasida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati Koson shahrida tugʻilgan. Qarshining „Nasaf“ klubi tarbiyalanuvchisi boʻlib, hujumchi 2015-yilning iyun oyida klubning asosiy jamoasiga oʻtgan. 2015-yilning 12-iyun kuni kattalar futbolidagi debyutini Oʻzbekiston kubogi doirasida „Oqtepa“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazib, 85-daqiqada Akramjon Baxritdinovni oʻrniga maydonga tushgan. Qoʻshimcha boʻlimlarda gol urib, jamoasiga 2:1 hisobida gʻalaba keltirgan. Debyut mavsumida 4 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan. Superligadagi debyut golini 2016-yil 11-aprel kuni Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga qarshi 4-tur uchrashuvida durang natija qayd etilgan (1:1) oʻyinida kiritgan.
2017-yilgi keyingi mavsumda ikki barobar koʻp gol urgan, 21 oʻyinda 8 ta golli natijani qayd etgan. 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida 27 oʻyinda 13 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylangan, shu jumladan, pley-off bosqichida 8-gol muallifiga aylangan. Oʻzi uchun muvaffaqiyatli 2018-yilgi mavsumdan soʻng, keyingi mavsum unchalik yorqin oʻyin koʻrsata olmagan, liganing 20 oʻyinida uchta gol urgan. Qisqartirilgan 2020-yilgi mavsumda yana oʻzining toʻpurarlik qobiliyatini namoyish etib, chempionatda ikkinchi toʻpurarga aylanib, 23 oʻyinda 17 ta gol urgan.
2021-yil 19-fevralda „Rux Lvov“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. 2021-yilning may oyida jamoani tark etgan.
Energetik-BGU 2021-yilning iyul oyida Belarusning Energetik-BGU klubiga oʻtgan. Bobur Abduholiqov Energetik-BGU tarkibidagi debyut uchrashuvini 2021-yilning 17-iyunida Premyer-liga doirasida „Smorgon“ga qarshi bahsda amalga oshirgan. Bobur Belarus jamoasi tarkibidagi birinchi golini 2021-yil 17-sentyabrda Torpedo-BelAZ jamoasiga qarshi uchrashuvda raqib darvozasiga kiritgan. Bobur Abduholiqov yangi mavsumdagi ilk oʻyinini 2022-yil 19-mart kuni „Vitebsk“ jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushish orqali amalga oshirgan. Bu oʻyin Abduholiqov uchun juda omadli kechgan, hujumchi oʻyinda ikkita gol urishga va bitta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq boʻlgan. 2022-yil 3-aprel kuni Belarus Oliy ligasining 2-turi doirasidagi „Torpedo-BelAZ“ jamoasiga qarshi oʻyinda ham Bobur Abduholiqov dubl qayd etishga muvaffaq boʻlgan. ABFF maʼlumotlariga koʻra, Abduholiqov 2022-yilgi Belarus Oliy ligasida 2-turining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 2022-yil 2-may kuni Belarus Oliy ligasining 6-turidan oʻrin olgan „Neman Grodno“ jamoasiga qarshi oʻyinda Bobur Abduhliqov Belarus jamoasi tarkibidagi va turnirdagi ilk xet-trikni qayd etishga muvaffaq boʻlgan. 2022-yilning 9-iyulida chempionatning navbatdagi tur bahsida Energetik-BGU „Gomel“ jamoasiga qarshi maydonga tushgan. Oʻyinda Abduholiqov asosiy tarkibda maydonga tushgan ammo ketma-ket 7 ta oʻyinda davom etib kelayotgan gollik seriyasini mana shu bahsda toʻxtatgan .
Abduholiqov 2022-yil 5-avgust kuni „Vitebsk“ jamaosiga qarshi oʻyinda yana dubl qayd etishga muvaffaq boʻlgan. Oradan bir oy oʻtib, 2022-yil 3-sentyabr kuni „Isloch“ jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda Bobur yana 2 ta gol urgan. 2022-yil 2-noyabr kuni Minskning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻyinda Oʻbekistonlik hujumchi yanabir bor dubl qayd etishga muvaffaq boʻlgan, mavsumdagi gollari soni boʻyicha Sergey Davydovga yetib olgan va shu tariqa legionerlarning eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatida yakka peshqadamaga aylanib olishgan. Mavsum yakunida esa Bobur Abduholiqov va uning jamoasi Oliy liganing kumush medali sohibiga aylanishgan. Shuningdek, futbolchining oʻzi 26 ta gol bilan chempionat toʻpurari, 32 ochko bilan gol+pas tizimi boʻyicha eng yaxshi futbolchiga aylangan. Bobur Oliy liganing ramziy jamoasiga kirgan. Oradan biroz vaqt oʻtib futbolchi klubni tark etishini eʼlon qilgan. Shuningdek, statistik maʼlumotlarga koʻra, futbolchi chempionatda safardagi gollar, xorijlik futbolchilar oʻrtasida mavsumdagi gollari va gol+pas tizimi boʻyicha chempionatda 3 ta yangi rekord oʻrnatgan, shuningdek, yana 2 ta rekordni takrorlagan. Xususan mavsumdagi dubllar soni va gʻalaba keltirgan gollar soni boʻyicha natijalarni takrorlagan. Bobur Abduholiqovning „Belshina“ jamoasi darvozasiga urgan goli Premyer-ligadagi eng yaxshi 10ta gol roʻyhatidan joy olgan.
Ordabasi 2023-yilning yanvar oyida futbolchi Qozogʻistonning „Ordabasi“ klubi safida tibbiy koʻrikdan oʻtgan. 2023-yilning fevralida Qozogʻiston klubi rahbari Baurjan Abdubaitov oʻzbekistonlik futbolchi bilan uning jamoasi shartnoma imzolanganini eʼlon qilgan. Bobur Abduholiqov qozoq klubi safida 2023-yil 25-fevralda rasman klub futbolchilari roʻyhatiga kiritilgan. Bobur klubdagi debyut uchrashuvini 2023-yil 25-fevralda Qozogʻiston Superkubogi uchun kechgan bahsda „Astana“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. „Ordobasi“ jamoasi bu uchrashuvda magʻlubiyatga uchragan. 2023-yil 4-mart kuni Qozogʻiston Premyer-ligasi doirasidagi debyut oʻyinida Kaspiy jamoasiga qarshi maydonga tushgan va Premyer ligadagi ilk oʻyinida gol urishga muvaffaq boʻlgan.
Nasaf 2024-yilda Qarshining „Nasaf“ jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.
Terma jamoadagi faoliyati 2017-yilning may oyida Bobur ilk bor Oʻzbekiston 23 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi safida maydonga tushgan. 2018-yilning yanvar oyida milliy terma jamoa bilan birgalikda Xitoyda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqqan. Oʻsha yili Osiyo oʻyinlarida 4ta oʻyinda 1ta gol urgan. Keyingi yili murabbiy Ravshan Haydarov qoʻl ostida asosiy oʻyinchiga aylangan, shuningdek yoshlar oʻrtasidagi 2020-yilgi Osiyo chempionatiga yoʻl olgan va 6 uchrashuvda 1 ta gol urgan. U jamoa safida 20 dan ortiq gol urgan va buning evaziga Oʻzbekistonning yangi tarixida ushbu yosh toifasidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylangan.
2018-yilning 8-iyun kuni Urugvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida magʻlubiyatga uchragan (0:3) Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi debyutini ikkinchi boʻlimda Zabihillo Oʻrinboyev oʻrniga maydonga tushib amalga oshirgan.
Faoliyat statistikasi Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiXalqaroBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarNasaf2015Oʻzbekiston Superligasi1032———42201618452—6210298201721821—20—2582018271310—72—35152019203414300—2442020251730———2817Jami11245186431541015058Rukh Lvov2020–21Ukraina Premyer-ligasi0000———00FC Energetik-BGU Minsk2021Belarus Premyer-ligasi14210———1522022302621———3227Jami442831———4729Ordabasi2023Qozogʻiston Premyer-ligasi26761—2010358Nasaf2024Oʻzbekiston Superligasi23530—8010355Sumgayit2025Ozarbayjon Premyer-ligasi13410———144Paxtakor2025Oʻzbekiston Superligasi10100———101Nasaf2026Oʻzbekiston Superligasi1133421—125Umumiy239933290027440299106
Xalqaro Oʻzbekiston terma jamoasiYearOʻyinlarGollar201810201900202020202100202210202341Total81 2023-yil 13-sentabr oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika +Bobur Abduholiqov tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati №SanaStadionRaqibHisobNatijaMusobaqa12023-yil 13-sentyabrMercedes-Benz stadioni, Atlanta, Amerika Qoʻshma Shtatlari1–03–3Oʻrtoqlik uchrashuvi
Yutuqlari Terma jamoa Oʻzbekiston U23 AFC U-23 Osiyo kubogi chempioni: 2018
Klub
Nasaf Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2015 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2016, 2024
Ordabasi Qozogʻiston Premyer-ligasi chempioni: 2023-yil
Paxtakor Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2025
Shaxsiy mukofotlari Belarus Premyer-ligasi toʻpurari: 2022 Davlat mukofotlari 2025-yil 28-iyunda Kelajak bunyodkori medali bilan mukofotlangan.
Manbalar
Havolalar Bobur Abduholiqov Transfermarkt saytida Bobur Abduholiqov Soccerway saytida Bobur Abduholiqov NFT Player saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Ruh Lvov klubi futbolchilari Turkum:FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari Turkum:Ordabasi klubi futbolchilari Turkum:Sumgayit FK futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Belarus Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainadagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belarusdagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Ozarbayjondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ozarbayjondagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:Sportchilar