Danielle Nicole Bisutti (; 1976-yil 1-oktyabrda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi. U Nickelodeonda efirga uzatilgan teleserial — True Jackson, VPdagi Amanda Cantwel roli, 2018-yilgi God of War videooʻyinidagi Skandinaviya maʼbudasi Freya va uning 2022-yildagi davomi hisoblangan God of War Ragnarök dagi rollari bilan omma nazariga tushgan ekran va dublyaj aktrisadir.

Yoshligi Bisutti Los Angeles (Kaliforniya)da tugʻilib oʻsgan. U Diana (qizlik familyasi: Ferrare) va Richard Bisuttilarning qizidir. Uning otasi 20 yil davomida kino va televidenieda dekorator sifatida faoliyat olib borgan. Uning xolasi model Cristina Ferraredir. Bisutti italyan millatiga mansub.

Oʻrta maktabda u koʻngilochar biznesga boʻlgan sadoqatini amalga oshirish uchun bir nechta imkoniyatlarni oʻrganadi. U teatr, xor, raqs, notiqlik va bahs-munozaralar, shuningdek, sport faoliyati bilan shugʻullangan.

Aktyorlik faoliyati Los Angelesda tugʻilib oʻsgan Bisutti California shtatining Fullerton universitetida tahsil olgan hamda u yerda aktyorlik va musiqali teatr boʻyicha bakalavr darajasini olgan. CSUFda qatnashayotganda u IIrene Ryan tanlovida eng yaxshi aktrisa uchun bir necha bor nomzod boʻlgan va New York shahridagi Lincoln Center teatrida ikkinchi oʻrinni egallagan. Michael Butler Bisuttini Californiadagi „Hair“ spektaklidagi Sheila rolida payqab qoladi va aktyorlarni Chicagoga Demokratik partiyaning milliy konvensiyasida qatnashish uchun olib keladi. Konvensiya „Yangi Athenaeum“ teatrida besh hafta davom etadi.

2018-yilda Bisutti God of War videooʻyinida, keyinchalik, urush maʼbudasi ekanligi maʼlum boʻlgan oʻrmon jodugari Freya uchun dublyajda ovoz beradi. U oʻz ishi uchun maqtovga sazovor boʻladi va 15-Britaniya Akademiyasi mukofotlari taqdirlash marosimida videooʻyindagi eng yaxshi ijro uchun BAFTA mukofotiga nomzod boʻladi. Lekin uning hamkasbi Jeremy Daviesga imkoniyatni boy beradi.

Qoʻshiqchilik faoliyati Dastlab u yozgan „Venice Underground“, „April Moon“ hamda In the Presence of kabi qoʻshiqlari mustaqil badiiy filmlarda ishlatilgan. 2003-yilgi Los Angeles musiqa mukofotlarida u „Eng yaxshi ayol qoʻshiqchi/qoʻshi muallifi“ mukofotini qoʻlga kiritadi. Shuningdek, ushbu marosimda uning Glimmer qoʻshigʻi "Yilning AAA albomi" nominatsiyasiga nomzod boʻladi. Shuningdek, „In Passing“ nomli taronasi „Yilning mustaqil AC singli“ uchun bir ovozdan mukofotga sazovor boʻladi. 2004-yil sentyabr oyida Bisutti Temecula vodiysi xalqaro kino va musiqa festivalida chiqish qiladi. U yerda In Passing taronasi TVIFFning "Eng yaxshi musiqa sanʼatkori kompilyatsiya diski" uchun tanlangan va Music Connection jurnali Bisuttini 2004-yilgi „Eng qaynoq sanʼatkorlar 100taligi“ tarkibiga kiritgan.

Filmografiyasi

Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar2001AutomaticMorgan BlackSurvivor: Los Angeles the Ultimate ParodyTaylorQisqa metrajli film2004TropixCorrine FindlaySeeing IrisIris JonesQisqa metrajli film2005Venice UndergroundWexler’s SecretaryDownsizingBeatrix SchnabelQisqa metrajli film2007Floria Riamondi2008Three Minutes in HeavenJoyQisqa metrajli filmGet SmartAirline PassengerJessicaQisqa metrajli film2009No Greater LoveHeather Stroud2013Curse of ChuckyBarb PierceBack in the DayAnnette TaylorInsidious: Chapter 2Michelle Crane

Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar2000Strip MallEpizod: „Pilot“2001Dharma & GregJoyEpizod: „Dharma Does Dallas“2003Miss MatchMissyEpizod: „Miss Communication“Platonically IncorrectWaitressTV FilmAndy Richter Controls the UniverseOffice LadyEpizodlar: „Final Fantasy“, „Duh Dog“Less than PerfectSales LadyEpizod: „High Maintenance“Charlie LawrenceDeniseEpizod: „If Itʼs Not One Thing Itʼs Your Mother“CharmedThe Lady of the LakeEpizod: „Sword and the City“2004Boston LegalRoberta SloaneEpizod: „Truth Be Told“2004-05Joan(5ta epizod)2006Twenty Good YearsCourtneyEpizod: „Johnʼs Old Lady“Courting AlexVeronicaEpizod: „The Fix-Up“Two and a Half MenVickiEpizod: „Corey’s Been Dead for an Hour“2007SharkFrancis ChambersEpizod: „Blind Trust“Cold CaseMrs. Valentine (1953)Epizod: „Devil Music“2007-08Without a TraceTerri LongEpizodlar: „The Beginning“, „4G“, „Deja Vu“2008Wizards of Waverly PlaceMona LisaEpizod: „Art Museum Piece“Raising the BarEmma TroutmanEpizod: „Shop Till You Drop“2008-11True Jackson, VPAmanda Cantwell 56ta epizod2009Raising the BarEmma TroutmanEpizodlar: „Hair Apparent“, „Trout Fishing“2010BonesMarlowe BeckerEpizod: „The Mastodon in the Room“2011Hollywood GirlPascha ManeerEpizodlar: „Code Red Carpet“, „Limp of Shame“Body of ProofVicki HemingtonEpizod: „Love Thy Neighbor“Private PracticeLynnEpizod: „Deal with It“CSI: MiamiGabrielle WadeEpizod: „Dead Ringer“2011-12Parks and RecreationProf. Linda Lonegan2ta epizod: „Smallest Park“ „Lucky“201290210ConnieEpizod: „No Good Deed“Hot in ClevelandVerenaEpizod: „I’m with the Band“Last Man StandingMichelleEpizodlar: „Odd Couple Out“, „Adrenaline“CSI: MiamiGabrielle WadeEpizodlar: „Rest in Pieces“, „Law & Disorder“CastleClaire PanchardEpisode: „The Limey“LeverageWendy BaranEpizod: „The Gimme a K Street Job“Criminal MindsDebra AcklinEpizod: „Through the Looking Glass“NCISSSSA Ashley WinterEpizod: „You Better Watch Out“2013CSI: Crime Scene InvestigationTheresa SheaEpizod: „Dead Air“Grey's AnatomyLiz LangerEpizod: „Hard Bargain“Anger ManagementKristyEpizod: „Charlie Dates a Teacher“2015I Didnʼt Do ItMrs. CleggMaxsus mehmon roliNCIS: Los AngelesAtty. Sarah TaylorEpizod: „Blame It On Rio“2016Dr. KenDeniseEpizod: „Ken at the Concert“2018Nanny KillerMs. GreyTV Film2019-21Dwight in Shining ArmorWitch Hexela

Videooʻyinlar YilSarlavhaRolIzohlar2018God of WarThe Witch of the Woods / FreyaNominatsiya — BAFTA Award for Performer2022God of War Ragnarök Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqnavislar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar