Xadicha Sulton (; ; 1870-yil 5-aprel — 1938-yil 12-mart) — Usmonli malikasi, Sulton Murod V va uning uchinchi xotini Shayan Xotunning toʻngʻich qizi.

Yoshligi Xadicha Sulton 1870-yil 5-aprelda otasining Kurbagʻalideredagi villasida tugʻilgan. Uning otasi Murod V Abdulmajid I va Shevkefza Sultonning oʻgʻli va onasi esa Shayan Xotun edi. U otasining ikkinchi farzandi va katta qizi, shu bilan birga onasining yagona farzandi edi. Murod taxtga oʻtirgunicha villada yashirin holda tarbiyalangan.

Murod 1876-yil 30-mayda taxtga oʻtirgach, amakisi Abdulaziz taxtdan tushgandan soʻng, uning oilasi Dolmabahche saroyiga joylashdi. Uch oy hukmronlik qilgandan soʻng, 1876-yil 30-avgustda ruhiy beqarorlik tufayli taxtdan chetlatildi va Chirogʻon saroyida uy qamogʻiga tashlangan. Xadicha va uning onasi Murodning ortidan qamoqxonaga borishadi.

Qamoqdagi hayoti left|thumb|286x286px| Chiragan saroyi, Xadicha va uning oilasi 1904-yilda Murod vafotigacha yigirma sakkiz yil Sulton Abdulhamid tomonidan qamalgan. Oilasi qamoqdaligida Xadicha Sulton atigi olti yoshda edi. Oʻn yoshga toʻlganida, u allaqachon baxtli va quvnoq qizga aylanib ulgurgan edi. U ertaklarni yaxshi koʻrar va hatto ularni tinglab, hikoyalarning oxirini ham toʻgʻrilab qoʻyardi. Bu uning yorqin tasavvurga ega ekanligini va yoshiga nisbatan ancha rivojlanganligini isbotlaydi.

U oʻsib ulgʻaygan sari uning his-tuygʻulari tezda kuchayib bordi. U oʻqishni oʻrganishi bilanoq romanlarga qiziqishga kirishdi. U yashirincha otasining kitoblari orasidan romanlarni tanlar, goh-goh kun-u tun oʻqib oʻtirardi. Ushbu romanlarning aksariyati fransuz mualliflarining asarlari edi, chunki uning oʻgay onasi Gevherriz Honim va uning otasi fransuz tilini oʻrgatgan edilar.

Filizten Honimning soʻzlariga koʻra, Xadicha Sulton tabiatan haddan tashqari romantik edi. U shunchalik goʻzal ediki, uni „malikalarning yulduzi“ deb atash mumkin edi. U sezgir, otashin va joʻshqin ayol edi, deb taʼriflaydi Filizten Honim.

Birinchi nikohi Yillar oʻtib, Hadicha balogʻatga yetib ulgʻaygach, u boʻlajak turmush oʻrtogʻini orzu qila boshlaydi. Nihoyat, uning shikoyatlari onasi va katta xalfalar tufayli otasining eʼtiboriga tushdi. Murod oʻz shikoyatlarini Abdulhamid II ga yubordi. Amakisi esa oʻzi va singlisi uchun kuyov topishni oʻz burchi deb bilardi, lekin bir shart bilan bunga ruxsat berdi. Unga koʻra ular saroyni tark etgandan keyin qaytib kelmasliklari kerak edi.

Shu bilan malikalardan nima qilmoqchi ekanliklari soʻraldi. Ikkalasi ham Chirogʻon saroyini tark etib, turmush qurishni afzal koʻrdilar. Abdulhamid II malikani Yulduz saroyiga olib keltirdi va tarbiyalattirdi. Oʻrtakoʻydagi villalardan birini toʻliq taʼmirlashni, yana bir yangi villani qurishni buyurdi. U ularni toʻliq jihozladi, soʻng ularni suratga olishni buyurdi va fotosuratlarni Murodga yubordi.

1898-yil oktyabr oyida u va uning singlisi Fehime Sulton Shlezvig-Golshteynlik nemis imperatori Avgusta Viktoriya va uning eri Germaniya imperatori Vilgelm II bilan Istanbulga tashrif buyurganida uchrashdilar. Oʻsha paytda ikkalasi ham Yulduz saroyida yashar edilar. Abdulhamid oʻz qizlarini imperator bilan tanishtirsa, lekin ularni oʻz davralariga qoʻshmasa, ular juda xafa boʻlishlarini tushunib, ularni ham marosimda ishtirok etishlarini istadi.

Abdulhamid Xadichani Abdulmajid I ning qizi malika Naile Sulton, shu bilan birga Abdulazizning qizi Esma Sultonning eri Kabasakal Cherkes Mehmed Poshoga turmushga berishga qaror qildi. Biroq, nikoh amalga oshmadi.

Nihoyat, 1901-yilda Abdulhamid roziligi bilan otasining xizmatkorlaridan biriga Ali Vasif Poshoga turmushga chiqdi. Unga toʻy uchun tayyorgarliklarga singlisi Fehime Sulton va Sulton Abdulazizning qizi Emine Sulton yordam berishdi. Nikoh 1901-yil 1-sentyabrda Yulduz saroyida boʻlib oʻtgan. Er-xotinga Oʻrtakoʻydagi saroylardan biri qarorgoh qilib berildi. Er-xotinning farzandlari yoʻq edi.

Noxush voqea va ajralish Sulton Abdulhamid II ning qizi Naime Sulton bilan qoʻshni villalarda yashashgan. Xadicha Sulton Naime Sultonning eri Mehmed Kamoleddin Posho bilan uch oydan ortiq ishqiy munosabatda boʻlgan. Filizten Honimning soʻzlariga koʻra, ular turmush qurishlari uchun Naime Sultonni oʻldirishga qaror qilishgan. Bu voqea 1904-yil boshida sodir boʻlgan. Biroq, bir qancha manbalarda bu uning otasini Chirogʻon saroyida qamoqqa tashlagan Abdulhamiddan oʻch olish maqsadida tuzgan rejasi boʻlganini ham aytishadi. Axir u oʻttiz yoshga toʻlgunga qadar turmushga chiqa olmagan, keyin esa uni hech qachon sevmagan kishiga turmushga bergan ham edi. Shunday qilib, qasos olishning eng zoʻr yoʻli Sultonning sevimli qizining nikohini buzish edi.

Natijada yuzaga kelgan janjal Abdulhamidni gʻazablantirdi. Avvaliga Naime Sultonni eridan ajrashtirdi. Keyin Kamoliddin Poshoni barcha harbiy sharaflaridan mahrum qilib, Bursaga surgun qildi. Xadichaning otasi Murod esa qandli diabetga chalingan boʻlib, bu voqeani eshitgach, koʻp oʻtmay olamdan oʻtdi.

Ichki surgunda Kamoleddin Poshoni qoʻriqlash yuklatilgan Bursa hokimi Semih Mumtaz Naimani zaharlash rejasi haqida hech narsa aytmaydi, aksincha, Xadicha Sulton va Kamoleddin Posho oʻrtasidagi munosabat ishq-muhabbatdan iborat boʻlganini daʼvo qiladi. Uning soʻzlariga koʻra, Kamoliddin Poshoning bogʻ devoriga otilgan sevgi maktublarini Xadicha Sulton olib, sulton tanlagan bechora eri uchun qasos olish maqsadida ataylab Abdulhamidga oshkor qilgan.

Gʻarb matbuotida faqat Sultonning kuyovi Xadicha Sulton bilan yashirin yozishmalari natijasida hibsga olinib, surgunga joʻnatilgani haqida ham gapirilgan.

Xadicha va uning eri koʻp oʻtmay ajrashishdi. Kamoliddin Posho ichki surgunga joʻnatilgan boʻlsa-da, Abdulhamid keyinchalik uni kechirib, yana Yulduz saroyiga chaqiradi.

Ikkinchi nikohi right|thumb|262x262px| Istanbulda Xadicha Sulton Xadicha Sulton Ali Vasif Posho bilan ajrashgach, 1909-yil 11-mayda Xayri Beyning oʻgʻli Rauf Xayri Beyga (1871 — 1936) turmushga chiqadiTurkum:CS1 Turkish-language sources (tr). Ikkisining 1911-yil 31-yanvarda goʻdakligida vafot etgan Sultonzoda Usmon Bey, 1912-yil 12-iyunda tugʻilgan Sultonzoda Xayri Bey va 1914-yil 13-aprelda tugʻilgan Selma Hanimsulton farzandlari bor edi. Ikkisi 1918-yilda ajrashishdi.

Xayriya 1912-yilda Istanbul va uning atrofidagi jamoalarda tibbiy yordam koʻrsatish uchun 1877-yilda tashkil etilgan „Usmonli Hilol-i Ahmer jamiyati“ vaqf tarkibida „Hilol-i Ahmer ayollar markazi“ tashkil etildi. 1915-yil may oyida, Gelibolu yurishi paytida, bu tashkilot aʼzosi sifatida, Xadicha Qodirga kasalxonasiga tashrif buyurib, askarlar oʻrtasida roʻmollar va sigaretlar tarqattirdi hamda kasalxonaga choy va shakar sovgʻa qildi.

Surgundagi hayoti va oʻlimi left|thumb|280x280px| Xadicha Sulton surgunda 1924-yil mart oyida imperator oilasining surgunida Xadicha Sulton va uning ikki farzandi Livanning Bayrut shahriga joylashdi. Muhojirlikda uchovi sobiq eri Rauf bey yuborgan nafaqa evaziga kun kechirishgan. Biroq, uni kontrabandaga aralashtirib, ishdan boʻshatib, qamoqqa tashlashganda, ular yana pulsiz qolishdi. 1932-yilda Fransiyada yashovchi Usmonlilar oilasining ikki malikasi, malika Durrushehvar Sulton va Nilüfer Hanimsulton uchun qoʻsh oʻyin oʻtkazildi. Oʻsha paytda dunyodagi eng boy odam hisoblangan Haydarobodlik Nizom ikki oʻgʻli uchun ularning qoʻlini soʻragan edi. Fransiyaning janubida oʻtkazilgan kichik toʻydan soʻng, ikki kelin Hindistonga yashashga ketishdi. Qiyin sharoitda Xadicha qizini turmushga berishga majbur boʻla boshladi, qanchalik tez boʻlsa, shuncha yaxshi edi. Ammo qashshoq turk qirolligi uchun munosib turmush oʻrtoqlarni topish juda qiyin boʻlib qoldi. Taxminan besh yil oʻtgach, Hindistonda Selma uchun er topildi. Selma 1937-yilda Kotvaralik Raja Sayid Sajid Husayn Aliga turmushga chiqish uchun Hindistonga safar qildiTurkum:CS1 Turkish-language sources (tr).

Xadicha oʻshanda kuyovi Raja tomonidan yuborilgan nafaqada yashar edi. Keyinchalik u insultni boshdan kechirdi va oxir-oqibat 1938-yil 12-martda oltmish yetti yoshida vafot etdi. U Suriyaning Damashq shahridagi Sulaymoniya takyasining qabristonida dafn etilgan.

Faxriy unvonlari

Usmon xonadoni ordeni 1-darajali xayriya ordeni

Farzandlari Ism Tugʻilish Oʻlim Izohlar Rauf Hayri Bey (1909-yilda uylangan — 1918-yilda ajrashgan; 1871-1936-yil) Sultonzoda Usmon Bey 1910-yil 1911-yil 31-yanvar Goʻdakligida vafot etgan va Yahyo afandi qabristonidagi Shahzoda Ahmad Kamoleddin qabriga dafn etilgan. Sultonzoda Xayri BeyTurkum:CS1 Turkish-language sources (tr) 1912-yil 19-iyun tahminan 1951-yil Bayrutda, Livanda surgunda turmush qurmagan holda vafot etgan. Selma HanimsultonTurkum:CS1 Turkish-language sources (tr) 1914-yil 13-aprel 1941-yil 13-yanvar 1937-yilda Kotvaralik Raja (1910-1991) Sayid Sajid Husain Zaydiga turmushga chiqdi va Kenize Murad (1940-yil 15-iyun, Parijda tugʻilgan) ismli farzandi bor edi; Parijda (Fransiya) surgunda vafot etgan va Bobigni qabristoniga dafn etilgan.

Adabiyot va ommaviy madaniyatda

2012-yilda suratga olingan „Sulton ayollari“ filmida Xadicha Sulton turk aktrisasi Melike Günal Kurtulmush tomonidan tasvirlangan. 2017-yilgi "Payitaht: Abdülhamid" serialida Xadicha Sulton turk aktrisasi Gözde Kaya tomonidan tasvirlangan. Xadicha Sulton — Ayshe Osmanogʻluning „Boʻgʻozdagi tillalangan qafas“ (2020) tarixiy romani qahramoni ham hisoblanadi.

Shajarasi

Manbalar

Kitobiy manbalar

Turkum:1938-yilda vafot etganlar Turkum:1870-yilda tugʻilganlar Turkum:Usmonlilar Turkum:Sulaymoniya takyasining qabristonida dafn qilinganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari