Martin Olof Lorentzson, ()(1984-yil 21-iyulda tugʻilgan). Shved futbolchisi . U Shvetsiya terma jamoasi safida bir marotaba maydonga tushgan va terma jamoa uchun muosib harakat qilgan.
Faoliyati Lorentzson professional futbolchilik faoliyatini Norrköpingda IK Sleipner bilan boshlagan. 2007-yilda u Sleipnerni tark etgan va Södertälje jamoasi Assyriska Föreningeng tarkibiga borib qoʻshilgan.
2009-yilning yozida Shvetsiyaning 2009-yil chempioni AIK, Lorentzson 2010-yilda ularga qoʻshilishi haqida eʼlon qilgan. Lorentzson AIKda muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan va „Lorenso“ va „Shved Zanettisi“ nomi bilan mashhur boʻlib muxlislarning sevimlisi futbolchisiga aylangan. U oʻzining jamoa tarkibidagi soʻnggi mavsumida ham vitse-sardor boʻlgan. 2014-yil oktyabr oyida AIK Lorentzsonning oʻzi klubda qolishni xohlagan boʻlsa ham, ular bilan shartnomani uzaytirmasliklarini eʼlon qilgan.
Lorentzson Koventri City jamoasi uchun debyutini 2016-yilning 30-yanvarida Riko Arenada Skuntorp jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Mavsum yakunida, „Sky Blues“ jamoasi shartnoma yakunlangandan keyin uni klubda olib qolmasligini eʼlon qilgan.
Oʻyin uslubi Lorentzson oʻzining tezligi, chidamliligi, raqiblarni aldab oʻtish va havodagi kurashi hamda himoyadan turib hujumni tezlik bilan boshlay olishi bilan mashhurlikka erishgan. 2011-yilda „Malmyo“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Allsvenskanning oʻyinda bosib oʻtgan kilometrlar boʻyicha rekordini yangilagan. Oʻzining oldingi faoliyatida Assyriska Foreningen jamoasida oʻynab, oʻng qanot himoyachisi boʻlib faoliyat yuritgan va AIK jamoasiga oʻtgach markaziy himoyachi ampulasida harakat qilgan.
Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat kubogiLiga kubogiBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolIK Sleipner2006Division 2 Norra Götaland202000000202Jami202000000202Assyriska2007Division 1 Norra2100000002102008Superettan2940000002942009Superettan271000020271Jami775000020775AIK2010Allsvenskan1403100201912011Allsvenskan2911000003012012Allsvenskan29410001234272013Allsvenskan2733000003032014Allsvenskan283100040333Jami12711910018315415Åtvidabergs FF2015Allsvenskan170000000170Jami170000000170Coventry City2015-16League One7000000070Jami7000000070Karyerada jami24818910020327722
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar