Edgar Steven Davids (1973-yil 13-martda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi va hozir kunda murabbiy.
Faoliyatini „Ajax“da boshlagan, bir qancha mahalliy va xalqaro chempionliklarni qo‘lga kiritganidan so‘ng, u Italiyaning „Milan“ safiga qoʻshiladi va keyinchalik "Yuventus" bilan muvaffaqiyatlarga erishadi. 2004-yilda "Barcelona" ga ijaraga beriladi. U „Ajax“ga qaytishdan oldin „Inter“ va „Tottenham“ da ham oʻynadi. Ikki yil davomida jarohatlar bilan kurashgan Davids 37 yoshida oʻz faoliyatini tugatishdan oldin „Crystal Palace“ bilan qisqa muddatga shartnoma imzolaydi. 2012-yilda u Angliya ligasining ikkinchi ligasi klubi Barnetga oʻynovchi-murabbiy etib tayinlanadi. U 2014-yil yanvar oyida oʻzaro kelishuvga koʻra murabbiy lavozimini tark etdi. U xalqaro miqyosda Gollandiya terma jamoasi safida 74 marta maydonga tushib, oltita gol urdi va oʻz mamlakati sharafini FIFA Jahon chempionati (bir marta) va UEFA Yevropa chempionatida (uch marta) himoya qilishga sazovar boʻldi.
Yoshlik Davids Surinamda tugʻilgan. Onasi tomonidan kelib chiqishi qisman yahudiy. Davids goʻdakligida oila Gollandiyaga koʻchib oʻtdi. Uning amakivachchasi Lorenso ham futbolchi edi. thumb| 2003-yil 28-mayda UEFA Chempionlar ligasi finalida "Yuventus" aʼzosi Davids va milanlik Jennaro Gattuzo oʻzaro to‘qnash keldi
Oʻyin uslubi U tez, mehnatsevar, qatʼiyatli jamoa oʻyinchisi, kuch va tezlik, shuningdek, kichik boʻyiga qaramay, ajoyib jismoniy kuch va chidamlilik xususiyatiga ega kamyob futbolchi. Davids oʻzining dinamik va jangovar oʻyin uslubi bilan raqiblariga ancha qiyinchilik tugʻdirgan. Unga yoshligida „The Mayor of the Street“ (koʻcha hokimi) laqabini berilgan.
OAV Davids Amerikaning Nike sport kiyimlari kompaniyasining reklama roliklarida suratga tushgan. 1996-yilda u Rim amfiteatrida oʻrnatilgan gladiatorlar oʻyinida „Yaxshi va yomon“ deb nomlangan Nike reklama roligida rol oʻynadi. Reklama rolikda Ronaldo, Paolo Maldini, Eric Cantona, Patrick Kluivert va Jorge Campos kabi dunyoning turli burchaklaridan kelgan futbolchilar bilan birga paydo boʻlib, ular iblis jangchilar jamoasiga qarshi „chiroyli oʻyin“ koʻrsatishadi va Cantonaning toʻpga zarba berishi va yovuzlikni yoʻq qilishi bilan yakunlanadi.
Murabbiylik faoliyati
Ajax 2011-yil iyun oyida Davids Johan Cruyff bilan birga „Ajax“ning yangi kuzatuv kengashiga saylandi.
Barnet 2010-yildan beri Davids sherigi bilan Shimoliy Londonda yashagan va koʻcha futbolida ishtirok etgan, shuningdek, Sundaya ligasi havaskorlar jamoasi Brixton United jamoasini boshqargan. 2012-yil 11-oktyabrda Davids Mark Robson bilan birga oʻyinchi-menejer rolida Barnetning Ikkinchi liga jamoasiga qoʻshildi.
Telstar 2020-yilda Davids Gollandiyaning Eerste Divizion klubi Telstarga yordamchi murabbiy etib tayinlandi.
Olhanense 2021-yilning 4-yanvarida Davids Portugaliya jamoasi S.C.Olxanense bosh murabbiyi etib tayinlandi. U 2021-yil 19-iyulda ishdan boʻshatilgan.
Shaxsiy hayoti Davids dizayner Olcay Gulsen bilan unashtirilgan edi. 1999-yilda Davids Monta Street deb nomlangan oʻzining Street Soccer brendini yaratdi. Faoliyatidagi statistikasi Klub + Klub safida mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollarKlubMavsumLigaKubokLiga kubogiKontinentalBoshqaUmumiyDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAjax1991-92Eredivisie132--30-1621992-93Eredivisie28455-83-41121993-94Eredivisie15210-52-2141994-95Eredivisie22520-70-3151995-96Eredivisie28760-111-458Umumiy10620145003460015431Milan1996-97Serie A150--41-1911997-98Serie A4061---101Umumiy19061004100292Juventus1997-98Serie A20191-50-3421998-99Serie A27261-90-4231999-2000Serie A271112-40-4232000-01Serie A26140-50-3512001-02Serie A28220-90-3922002-03Serie A261--151-4122003-04Serie A50--50-100Umumiy1598324005210024313Barcelona2003-04La Liga181----181Inter Milan2004-05Serie A14040-50-230Tottenham Hotspur2005-06Premier League311----3112006-07Premier League90-3010-130Umumiy40100301000441Ajax2006-07Eredivisie11130--301712007-08Eredivisie140---30170Umumiy25130000060341Crystal Palace2010-11Championship60-10--70Barnet2012-13League Two2811000--2912013-14Conference Premier801000--90Umumiy36120000000381Umumiy423326110409686059050
Xalqaro + Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarGollandiya199410199540199640199700199811119996320001202001602002622003902004140200510Umumiy746: Hisob va natija birinchi boʻlib Gollandiya gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisob ustuni Davidsning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.
+ Edgar Davids tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxatiNo.SanaStadionRaqibHisobNatijaMusobaqa1 1998-yil 29-iyun Stadium Municipal, Toulouse, Fransiya FR Yugoslavia 2-1 2-1 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati2 1999-yil 31-mart Amsterdam Arena, Amsterdam, Gollandiya 1-0 1-1 Oʻrtoqlik oʻyini3 1999-yil 4-sentyabr De Kuip, Rotterdam, Gollandiya 1-2 5-5 Oʻrtoqlik oʻyini4 2-25 2002-yil 21-avgust Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya 1-0 1-0 Oʻrtoqlik oʻyini6 2002-yil 7-sentyabr Philips Stadion, Eindhoven, Gollandiya 1-0 3-0 UEFA Yevro-2004 saralashi
Yutuqlari Ajax Eredivisie: 1993-94, 1994-95, 1995-96 KNVB Cup: 1992-93, 2006-07 Johan Cruyff Shield: 1995 UEFA Chempionlar ligasi: 1994-95 UEFA kubogi: 1991-92 UEFA Super kubogi: 1995 Qitʼalararo kubok: 1995
Juventus Serie A: 1997-98, 2001-02, 2002-03 Supercoppa Italiana: 2002, 2003
Inter Milan Coppa Italia: 2004-05
Gollandiya FIFA Jahon chempionati 4-oʻrin: 1998
Shaxsiy UEFA turnirning Yevropa chempionati ramziy jamoasi aʼzosi: 2000 FIFA Jahon chempionati All-Star jamoasi aʼzosi: 1998 FIFA 100
Manba
Havolalar
Profile at www.voetbalstats.nl Edgar Davids his fashion label Monta Street Soccer
Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:FIFA 100 Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar