Riyod Karim Mahrez (1991-yil 21-fevralda tugʻilgan) – professional futbolchi.

Mahrez oʻz faoliyatini Fransiyaning „AAS Sarcelles“ klubida boshlagan. U 2009-yilda Quimper jamoasi bilan professional shartnoma imzolaydi va u yerda bir mavsum oʻynaganidan soʻng, Le Havre klubi bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Dastlab u klubda zaxira oʻyinchisi sifatida oʻynaydi, keyin esa asosiy jamoaning doimiy futbolchisiga aylandi. 2014-yilning yanvarida Mahrez Angliyaning „Lester Siti“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va birinchi mavsumning yakunida Championshipda chempionlikni qoʻlga kiritadi va Premyer-ligaga chiqishga yordam berdi.

2015-16-yilgi mavsumda u Jazoirda yilning eng yaxshi futbolchisi, PFA tomonidan yilning eng yaxshi oʻyinchisi va „Lester Siti“ga Premyer-ligada gʻalaba qozonishida yordam bergani uchun Premyer-ligada yilning eng yaxshi PFA jamoasi tarkibiga kiritildi. U 2018-yilda „Manchester Siti“ bilan shartnoma imzoladi va oʻzining birinchi mavsumidayoq Premyer-liga, Angliya kubogi va EFL kubogini qoʻlga kiritdi.

Fransiyada tugʻilgan Mahrez 2014-yilda Jazoir terma jamoasi safida debyutini oʻtkazdi va 2014-yilgi Jahon chempionatida hamda 2015, 2017, 2019 va 2021-yillarda Afrika Millatlar kubogida ishtirok etib, 2019-yilgi turnirda gʻolib chiqdi. 2016-yilda u CAF tomonidan Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Yoshlik Mahrez Fransiyaning Sarcelles shahrida tugʻiladi. Otasi jazoirlik, onasi esa marokashlik boʻlgan. Uning otasi Ahmad Tlemsen tumanidagi Beni Snousda tugʻilgan. Mahrez ulgʻaygach, taʼtillarini mustaqil ravishda Jazoirda oʻtkazardi. Uning bolalikdagi doʻstlari Vissam Ben Yedder kabi futbolchilar boʻlgan. Mahrezning otasi Jazoirda futbol oʻynagan. Mahrez oʻn besh yoshga toʻlganda otasi yurak xurujidan vafot etdi.

Klubdagi faoliyati Koʻpincha jismonan kuchsizligi tufayli jamoalar tomonidan eʼtibordan chetda qolsa-da, Mahrez toʻp bilan harakat qilish qobiliyatini rivojlantirdi va bu koʻplab jamoalarni eʼtiborini tortdi.

U 2004-yilda AAS Sarcellesga qoʻshiladi. U Shotlandiyaning „Sent-Mirren“ klubida ikki oylik sinovda boʻldi, ammo sovuq ob-havo tufayli uni tark etdi.

2009-yilda Mahrez AAS Sarselesdan Quimperga qoʻshildi va klubdagi birinchi mavsumida 22 oʻyinda maydonga tushdi va 2 gol urdi. Quimperda oʻynab yurganida u Matias Pogba bilan birga yashagan.

U 2010-yilda „Le Havre“ga qoʻshildi va Fransiyaning yetakchi jamoalari „Paris Saint-Germain“ va „Marsel“ning taklifini rad etdi. U dastlab ularning oʻrinbosarlari „Le Havre II“ jamoasida oʻynagan va 2011-yildan 2014-yilning yanvariga qadar Fransiya 2-ligasida 60 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. right|thumb| Mahrez 2014-yilda „Lester“da oʻynagan thumb|303x303px| Mahrez 2015-yilning fevral oyida "Arsenal" darvozasiga jarima zarbasini amalga oshirmoqda

Oʻyin uslubi Chap oyoqli Mahrez odatda oʻng qanot hujumchisi sifatida oʻynaydi. U ijodkor oʻyinchi boʻlib, oldingi chiziqning istalgan joyida, ikkala qanotda qanot himoyachisi yoki hatto soxta 9 lik sifatida markaziy hujumchi rolida oʻynashga qodir. Tezkor, ijodiy va texnik jihatdan iqtidorli oʻyinchi. Nafaqat u gol urishga qodir, balki jamoadoshlari uchun qulay vaziyatlar yaratish qobiliyati tufayli ajoyib assistent hamdir. Yoshligida u oʻzining toʻp nazorat qilish qobiliyati bilan ajralib turardi, lekin uning nimjonligi tufayli koʻpincha eʼtibordan chetda qolardi; Quimperning yoshlar boʻyicha murabbiyi Ronan Salaün va uning yordamchisi Mikael Pellen Mahrezni iqtidori, yaxshi toʻp bilan muomala qilishi, texnikasi va ikki oyogʻi bilan dribling qilish mahoratiga ega ekanligini payqashgan.

Shaxsiy hayot Mahrez 2015-yilda ingliz qiz doʻsti Rita Johalga uylanadi. Oʻsha yili ularning qizi tugʻiladi. 2020-yil oktabr oyida Mahrez Johaldan ajralganidan keyin model Teylor Uord bilan yaqin munosabatda ekanligi tasdiqlandi. Ular 2021-yil 21-iyun kuni oʻzlarining nikohlarini eʼlon qilishdi. Ular 2022-yilning iyul oyida qiz farzandli boʻlishdi.

Mahrez musulmondir. 2017-yil iyun oyida Makkaga umra ziyoratini amalga oshiradi.

2020-yilning may oyida Mahrez Manchesterdagi penhaus kvartirasida oʻgʻirlik sodir boʻlganidan soʻng, yuz minglab funt sterling qiymatidagi qimmatbaho buyumlarini yoʻqotdi.

2020-yil 7-sentabrda u COVID-19 testidan ijobiy natija oldi.

Yutuqlari Lester Siti

Premyer-liga: 2015-16 Championship: 2013-14

Manchester Siti

Premyer-liga: 2018-19, 2020-21, 2021-22 Angliya kubogi: 2018-19 EFL kubogi: 2018-19, 2019-20, 2020-21 FA hamjamiyat qalqoni: 2018 UEFA Chempionlar ligasi 2-oʻrin: 2020-21

Jazoir

Afrika Millatlar kubogi: 2019

Shaxsiy sovrinlari CAF Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2016 BBC Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2016 Jazoirda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2015, 2016 Yilning PFA jamoasi aʼzosi: 2015-16 (Premyer-liga) PFA oʻyinchilari tomonidan yilning eng yaxshi oʻyinchisi: 2015-16 PFA muxlislari tomonidan aniqlangan yilning eng yaxshi futbolchisi: 2015-16 Lester Siti yilning eng yaxshi futbolchisi: 2015-16 Yilning arab futbolchisi El Heddaf: 2016 Afrikaning eng yaxshi futbolchisi: 2016-yil Yilning CAF jamoasi: 2016, 2018, 2019 CAF Afrika Millatlar kubogi turnirining eng yaxshi jamoasi: 2019 Afrikaning eng yaxshi goli: 2019 IFFHS CAF yilning erkaklar jamoasi: 2020 IFFHS CAF 2011-2020 oʻn yillikning erkaklar jamoasi aʼzosi Manchester Siti oyning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil oktyabr, 2019-yil, 2019-yil dekabr, 2021-yil fevral, 2022-yil fevral PFA muxlislari orasida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2021-yil mart Alan Hardaker kubogi: 2021 IFFHS CAF dunyoning eng yaxshi pleymeykeri: 2021

Manbalar

Havolalar

Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Jazoirlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbolchilar

Turkum:Liga 2 futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Afrika Millatlar Kubogida gʻolib chiqqan futbolchilar Turkum:Jazoirlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:AFC Osiyo Elita Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar