Abu Saxiy masjidi — Toshkent viloyati Chilonzor tumanida joylashgan yirik masjidlardan biri. Masjid Oʻzbekistondagi yirik savdo majmuasi boʻlmish «Abu Saxiy» bozorining yonida qurilgan. 2022-yilning 8-aprel kuni masjidning ochilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu yirik jome masjidi 3 ming kishiga moʻljallangan. Masjid ichi juda keng bo‘lib, ikki qavat va yer ostki qismdan (yertoʻla) iborat hamda 35 metrli yirik gumbazni 8 ta ustunlar ushlab turadihttps://kun.uz/news/2022/04/10/toshkentda-3-ming-orinli-abu-saxiy-masjidi-ochildi-fotogalereya.
Masjidni tashqi tarafdan 2 ta 63 metrli minoralar bezab turibdi. «Minoralar uzunligi Payg‘ambarimiz alayhissalomning yoshlariga moslab 63 metrdan qilingan. Bu yerda har bir detalga ma’no berishga harakat qilganmiz», - deydi mas’ullarhttps://uza.uz/uz/posts/abu-saxiy-maszhidi-ayni-ramazon-oyida-faoliyatini-boshlash-arafasida-video_360885. Masjid qurilishi ikki yil mobaynida davom etganhttp://old.muslim.uz/index.php/yangiliklar-2016/uzbekistan/item/31628-abu-sakhij-maszhidida-ilk-zhuma-namozi-ildi-fotolav-a. Shuningdek, masjidning pastki qismida ayollar uchun ham alohida namozxona va tahoratxona ishga tushirilgan.
Imom-xatib: Maqsudali Qosimov
Manbalar