Ergash Akramov Akromovich — (1931-yil 5-iyulda Toshkent shahri) iqtisod fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. Tarjimai holi Akramov Ergash Akromovich 1931-yil 5-iyulda Toshkent shahridagi ishchi oilasida dunyoga kelgan. 1946-1949-yillarda Toshkent moliya-kredit texnikumi talabasi, keyinchalik Leningrad Moliya-iqtisod institutining Pedagogika fakultetini tugatgan. 1953-1956-yillarda mazkur institutning statistika kafedrasi aspiranturasida tahsil olgan. Faoliyati 1976-1981-yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) statistika kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimlarida faoliyat olib borgan. 1981-1984-yillarda O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi davlat inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i; 1984-1990-yillarda Toshkent oliy partiya maktabi kafedra mudiri lavozimida ishlagan.

Professor Akramov ilmiy-pedagogik faoliyat bilan birga bir qatorda rahbarlik lavozimlarida ham faoliyat ko‘rsatgan.

1991-1992-yillarda Toshkent politologiya institutida kafedra mudiri; 1992-2002-yillarda Toshkent moliya instituti huzuridagi Moliya-bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti kafedra mudiri; 2002-2004-yillarda Bank-moliya akademiyasi ilmiy markazi rahbari; 2004-2009-yillarda Toshkent moliya instituti huzuridagi Moliya-bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti kafedra mudiri; 2009-yilda Toshkent moliya instituti huzuridagi Pedagogik mahorat maktabi direktori; 2010-2011-yillarda Toshkent moliya instituti „Moliyaviy tahlil“ kafedrasi professori; 2011-yildan institutning „Iqtisodiyot nazariyasi“ kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib borgan.

Ilmiy merosi Olim rahbarligida 40 dan ortiq fan nomzodi va fan doktorlari yetishib chiqqan. E.A.Akramov O‘zbekiston mustaqilligi davrida respublika taraqqiyotining „O‘zbek modeli“ (O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari asosida) muammolari va korxonalarning moliyaviy tahlili sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan va konferensiyalarda 25 dan ortiq maʼruzalar qilgan. Respublika jurnallarida 20 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

Ilmiy asarlari „Uzbekistan na puti k rinku: teoreticheskiye osnovi, usloviya i praktika perexoda“. T.,1993 g; Prinsipi „uzbekskoy modeli“ ekonomicheskogo progressa Prinsipi „uzbekskoy modeli“ ekonomicheskogo progressa, „Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar“ ilmiy elektron jurnali. № 5, sentyabr-oktabr, 2016-yil Formirovanie „Uzbekskoy modeli“ ekonomicheskogo progressa Formirovanie „Uzbekskoy modeli“ ekonomicheskogo progressa „Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar“ ilmiy elektron jurnali. № 5, sentyabr-oktabr, 2016-yil Iqtisodiy taraqqiyotning „O‘zbek modeli“ amalda". O‘quv qo‘llanma.T., 2011-yil Islom Karimov — taraqqiyotning "o‘zbek modeli. „Ekonomicheskie reformi v Respublike Uzbekistan“. Moskva, 1998 gЭКОНОМИЧЕСКИЕ РЕФОРМЫ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, ВНЕШНЕЭКОНОМИЧЕСКАЯ СФЕРА; Институты народного хозяйства - Научно-исследовательская работа - Ташкент Акрамов, Эргаш АкрамовичТашкентский институт народного хозяйства в развитии науки Узбекистана / Э. Акрамов. - Ташкент : Узбекистан, 1981. - 95 с. : ил., 2 л. ил.; 20 см..

Ilmiy unvonlari Professor Akramov: 1958-yilda iqtisod fanlari nomzodi; 1960-yilda dotsent; 1976-yilda iqtisod fanlari doktori, professor darajasini olgan. 1981-yilda unga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi faxriy unvoni; 2010-yilda ANTIQVE WORLD xalqaro fanlar akademiyasining akademigi unvoni berilgan. Manbalar

Havolalar Akramov, Ergash Akramovich — Tashkentskiy institut narodnogo xozyaystva v razvitii nauki Uzbekistana reformi v Uzbekistane: dostijeniya, problemi, perspektivi

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1931-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston fan arboblari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Mukofotlanganlar Turkum:Iqtisodchilar Turkum:Iqtisodiyot fanlari doktorlari Turkum:Dotsentlar Turkum:Oʻzbekistonlik iqtisodchilar