Iberia (rasmiy nomi Iberia, Líneas Aéreas de España, S. A. Operadora, Sociedad Unipersonal) – bosh qarorgohi Madridning Barajas aeroportida joylashgan Ispaniyaning milliy va eng yirik aviatashuvchisi. 1999-yildan beri Oneworld aviatsiya alyansining aʼzosi.

Aviakompaniya mustaqil aviatashuvchi Air Nostrum tomonidan boshqariladigan Iberia Regional bilan birgalikda yoʻlovchi va yuk tashish bilan bir qatorda havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish, aeroportlarda servis xizmati koʻrsatish, IT-tizimlarni qoʻllab-quvvatlash va bortda ovqatlanishni tashkil etish bilan shugʻullanadigan Iberia Group birlashmasi tarkibiga kiradi. Iberia Group dunyoning 39 mamlakatidagi 115 dan ortiq manzillarga mustaqil ravishda va 90 ta manzilga kod-shering kelishuvlari boʻyicha boshqa aviakompaniyalar reyslari bilan parvozlarni amalga oshiradi.

2010-yil 8-aprelda Iberia Group British Airways bilan birlashishini eʼlon qiladi. Ikkala tashuvchining aksiyadorlari 2010-yil 29-noyabrda bitimni maʼqullaganlar. International Airlines Group nomi bilan tanilgan yangi birlashgan kompaniya 2011-yil yanvar oyida oʻz faoliyatini boshlagan, ammo ikkala aviakompaniya ham oʻzlarining mavjud brendlari ostida ishlashda davom etadi.

2016-yilda Iberia dunyodagi eng nufuzli aviakompaniya sifatida tan olingan. Manbalar

Havolalar

Aviakompaniyaning rus tilidagi rasmiy sayti

Turkum:Ispaniya aviakompaniyalari