Jannat Zubair Rahmani (2001-yil 29-avgustda tugʻilgan) hind aktrisasi boʻlib, asosan hind tilidagi telekoʻrsatuvlar va filmlarda suratga tushadi. U Kashi filmidagi Kashi obrazida, Ab Na Rahe Tera Kagaz Kora, Phulva filmidagi Phulva va Tu Aashiquidagi Pankti obrazlari bilan tanilgan.
Shaxsiy hayoti Rahmani Zubair Ahmad Rahmani ismi bilan, Naznin Rahmani oilasida 2001-yil 29-avgustda Mumbayda tug‘ilgan. Zubair yoshligidan ilmiy fanlarga qiziqishi kuchli boʻlgan va u har xil tanlovlarda asosan, maktabda oʻqib yurgan davrlarida musobaqalarda qatnashib yaxshi natijalarga erishgan. Zubair oʻzining 7-sinf imtixonlarida 81 % ball toʻplagan. Hozirda u Mumbayning Kandivali shahridagi xususiy kollejni bitirmoqda.
Faoliyati U oʻz faoliyatini 2010-yilda Star One televideniyesining Dill Mill Gayye filmida boshlagan, filmda u yosh bemor Tamanna rolini ijro etgan, biroq Imagine TV telekanalidagi Kashi — Ab Na Rahe Tera Kagaz Kora va 2010—2011-yilda Colors TV ning Phulwava filmlari orqali ommaga tanilgan. Shuningdek, u Bharat Ka Veer Putra-Maharana Pratap filmida Yosh Phool Kanvar rolini va Tu Aashiqui filmida Pankti Sharma rollarini ijro etgan.
2018-yilda u Bollywoodning Hichki filmida koʻringan, bu filmda u talaba obrazida suratga tushgan.
2022-yil iyul oyidan boshlab u Colors TVning Fear factor: Khatron Ke Khiladi 12 kaskadyorlikka asoslangan realiti-shousida ishtirokchi sifatida qatnashmoqda.
OAV-da 2020-yil yanvar oyida Jannat texnologiya sohasida taniqli boʻlgan UBON brend elchisi etib tayinlangan.
2022-yilda Rahmani Forbes 30 Under 30 roʻyxatida „Ommaviy axborot vositalari, marketing va reklama“ toifasidan joy olgan.
Filmografiyasi
Filmlar YilNomRolIzohlarManba2011Aagaah: The WarningMuskaanMaxsus koʻrinishLuv Ka The EndMinty2017What Will People SaySalima2018HichkiNatashaMaxsus koʻrinishEʼlon qilinadiKulche CholeEʼlon qilinadiPanjob filmi
Televideniye YilNomRolIzohlarManba2010Kashi — Ab Na Rahe Tera Kagaz KoraKashi2010-2011Matti Ki BannoAvanti2011PhulwaPhulwa2011-2012Haar JeetIshita2014Bharat Ka Veer Putra-Maharana PratapPhool RathoreSiyaasatNoor Jahan/Mehrunissa2015Maha Kumbh: Ek Rahasaya, Ek KahaniMayaTujhse Naraz Nahi ZindagiRuksar2016Meri Awaaz Hi Pehchaan HaiKalyani2017Karmaphal Daata ShaniNeelima/Shanipriya2017-2018Tu AashiquiPankti Sharma Dhanrajgir2019Aap Ke Aa Jane SePankti SinghMavsum 12022Fear Factor: Khatron Ke Khiladi 12Ishtirokchi
Manbalar
Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar