Steven Grant Rogers () Marvel kinematografiya koinoti (MKK) mediafranshizasidagi xayoliy qahramondir. Chris Evans tomonidan gavdalantirilgan. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli qahramonga asoslangan. Uning taxallusi — Kapitan Amerika (). Filmlarga koʻra, Rogers tanasiga zardob yuborilgan keyin II jahon urushi erasi superaskariga aylanadi. Baquvvat va oʻta chidamli tanaga sohib boʻladi. U „Hydra“ nomli nazi tashkilotiga qarshi jang qilganda, Arktikada muzlab qolib, oradan yetmish yil oʻtib, XXI asrda uygʻonadi. Keyinchalik, Rogers Qasoskorlar jamoasi hamasoschisi va lideriga aylanadi. Jamoa ichida Sokoviya kelishuvlari natijasida yuzaga kelgan ziddiyatlar va Thanos cheksizlik toshlari yordamida borliqdagi tirik mavjudotlarning teng yarmini qoʻli bilan bir chertish bilan yoʻq qilganidan keyin Rogers qolgan jamoaga ham yetakchilik qilib, jamoa bilan birgalikda Thanosni magʻlub etadi va yoʻq boʻlib ketgan tirik mavjudotlarning hammasini hayotga keltiradi. Gʻalabadan soʻng, cheksizlik toshlarini oʻz vaqtiga qaytarishda 1940-yillarga qaytib, sevgilisi Peggy Carter bilan birga qoladi va u bilan turmush qurib, hayotini u bilan oʻtkazadi. Keksayib qolgandan soʻng, Rogers vorisi sifatida Sam Wilsonni tanlaydi va unga qalqonini topshiradi.
Manbalar
Turkum:Kapitan Amerika