Umid Isoqov (1978-yil 22-dekabr, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek futbolchisi, hujumchi. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasining eng yaxshi toʻpurarlaridan biri. 1999-va 2001-yillardagi Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari.
Futbolchilik faoliyati Professional faoliyatini 1995-yilda Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoasi tarkibida boshlagan. 1997-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtib, 2004-yil yakunigacha ushbu klub safida toʻp surgan. Bu vaqt ichida u „Neftchi“ safida 210 ta uchrashuvda maydonga tushib, 139 ta gol urishga erishgan. 2005-yilgi mavsumni Toshkentning „Paxtakor“ va Samarqandning „Dinamo“ klublarida oʻtkazgan. 2006-va 2007-yilgi mavsumlarda mos ravishda „Andijon“ va Qarshining „Nasaf“ klublarida toʻp surgan. Faoliyatining soʻnggi yillarini Zarafshonning „Qizilqum“ va Urganchning „Xorazm“ jamoalari tarkibida oʻtkazgan. 2010-yilda „Neftchi“ tarkibiga qaytib, oʻsha yilgi mavsum yakunida professional faoliyatini yakunlagan. 2000—2001-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Terma jamoa safida jami hisobda 8ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urgan.
Xalqaro musoboqasi Umid Isoqov milliy terma jamoadagi debyutini 2000-yilning 29-fevralida Moʻgʻulistonga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va 8:1 hisobida gʻalaba qozongan.
Xalqaro musobaqalarda urgan gollari № Sana Maydon Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2000-yil 3-sentyabr Shanxay stadioni, Shanxay, Xitoy 4-2 Magʻlubiyat Toʻrt millat kubogi 2. 2001-yil 15-fevral Spartak stadioni, Varna, Bolgariya 2-1 Gʻalaba Doʻstona 3. 2001-yil 15-fevral Spartak stadioni, Varna, Bolgariya 2-1 Gʻalaba Doʻstona 2015-yil 7-oktyabr holatiga koʻra toʻgʻriUzbekistan 2-1 Azerbaijan2000 MATCHES ASIA
Yutuqlari
Jamoa bilan
Oʻzbekiston Superligasi chempioni (1): 2001-yil Oʻzbekiston Superligasi kumush medali sohibi (7): 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004-yillar Oʻzbekiston Kubogi kumush medali sohibi (4): 1997, 1998, 2001, 2002-yillar
Shaxsiy yutuqlari
Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi 3-oʻrin: 2001-yil Oʻzbekistonda yilning yaxshi toʻpurari (2): 1999, 2001-yillar Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi: 188 ta gol
Manbalar
Havolalar
Umid Isoqov player info (in Uzbek) Umid Isoqov Transfermarkt saytida futbolchi profili Umid Isoqov
Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2000 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari