Andrey Mixaylovich Shipilov — sovet va rus yozuvchisi, jurnalist.

Tarjimai holi Andrey Shipilov 1961-yil 2-mayda Moskvada tugʻilgan. 1978-yilda MIREA (Moskva radiotexnika, elektronika va avtomatlashtirish instituti) radio boʻlimiga oʻqishga kirgan va uni 1984-yilda tamomlagan.

Institutda u komsomollik faoliyatini boshlagan, fakultetning talabalar ilmiy boʻlimiga rahbarlik qilgan. Butunittifoq Leninchi Kommunistik Yoshlar Ittifoqi Moskva shahar qoʻmitasining shtatsiz instruktori sifatida faoliyat olib borgan.

Faoliyati 1987-1989-yillarda SSSR Yozuvchilar uyushmasining Moskva tashkiloti qoshidagi Andrey Kuchayev seminarida tahsil olgan. 1987-yildan „Moskoviskiy Komsomoles“ gazetasining Satira va hazil boʻlimida (Lev Novojenov rahbarligida) uning maqolalari faol nashr etilgan va radioda satirik yozuvchi sifatida eshittirishlari berib borilgan. 1989-yildan SSSR Adabiyot jamgʻarmasi kasaba uyushmasi qoʻmitasining taftish komissiyasi raisi; Xuddi shu yili Andrey Kuchayev tomonidan yangi tashkil etilgan Rossiya Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi aʻzosi boʻlgan. 1990-1996-yillarda Yozuvchilar uyushmasi nashriyotini boshqargan; 1996-2000-yillarda „Computerra“ nashriyot uyi tomonidan nashr etilgan haftalik nashrda dastlab bosh muharrir oʻrinbosari; soʻngra „Computerra Online“ internet nashri bosh muharriri sifatida faoliyat olib borgan. Andrey Shipilov 2000-2005-yillarda oʻzi tomonidan taʼsis etilgan „Sifrovoe foto“ (raqamli foto) jurnaliga rahbarlik qilgan. 2006-yilda jurnalist yana „Computerra“ nashriyot uyiga „Biznes-jurnal Online“ nashrining bosh muharriri sifatida qaytgan, ammo oradan olti oy oʻtgach uni ham tark etgan.

Ijtimoiy-maʼnaviy ishlardagi faolligi

Andrey Shipilov 2000-yildan beri jurnalistik faoliyat bilan bir qatorda internetdagi startaplarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. WebMoney toʻlov tizimining moliyaviy yordami bilan u Plati.ru, DigiSeller.dom Domenov xizmatlarini ishga tushirgan. 2007-yilda Andrey Shipilov Runet (Rossiya Federatsiyasi Matbuot va ommaviy kommunikatsiyalar federal agentligi tomonidan har yili beriladigan mukofot) mukofotining anti koʻrinishi sifatida Anti Runet mukofoti (Internet-loyihalariga beriladiganmukofot)ni taʼsis etgan.

2010-yillarning boshlarida Andrey Shipilov asosan oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullangan va nashrlarda ham faol ishtirok etishda davom etgan. U Magninhos, Finam, Infoboom haqidagi mualliflik ruknlarini olib borgan. „Kommersant Money“ nashri bilan yaqindan hamkorlik qilganЛичная страница в Facebook Архивная копия от 13 февраля 2018 на Wayback Machine..

Hozirda Kipr orolining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan Pafos shahrida yashaydi. Ukraina davlatida boʻlib oʻtgan voqealardan soʻng u Rossiya hukumatiga faol qarshilik koʻrsatgan. Kasparov.ru, Grani.ru va boshqa muxolif saytlar bilan hamkorlik qilgan. Facebookda oʻzining muxolifat sahifasini yaratgan va unga 25 000 dan ortiq kishi obuna boʻlganAndrey Shipilov. Дата обращения: 21 февраля 2016. Архивировано 13 февраля 2018 года.

2015-yilda Shipilov oʻzining shaxsiy veb-saytida „Ocherki o jizni realnoy mirovoy zakulisi, napisannie eyo funksionerom v ramkax slujebnogo zadaniya“ni, 2016-2017-yillarda esa „I Upalo Slovo“ romanini nashr etishni boshlagan. Qiziqarli faktlar

Andrey Shipilovning blogi 2009-yilda ROTOR (Internet loyihalarning rus tilidagi tanlovi) professional onlayn tanlovida eng yaxshi shaxsiy sayt deb topilganРОТОР 2009: 27. Персональный сайт года. Дата обращения: 6 августа 2012. Архивировано 23 октября 2012 года.. Ovoz berish natijalariga koʻra, Andrey Shipilov 2009- va 2010-yillarda „Dvadsatku Runeta“ roʻyxatiga kiritilgan Архивная копия от 4 августа 2012 на Wayback Machine, Архивная копия от 23 сентября 2012 на Wayback Machine.

Manbalar

Havolalar Андрей Шипилов в «Физиономиях Русского Интернета» от 10 марта 2010 на Wayback Machine Cайт Андрея Шипиловаот 3 марта 2022 на Wayback Machine Блог Андрея Шипилова на Facebook от 13 февраля 2018 на Wayback Machine Публикации Андрея Шипилова в «Компьютерре» от 22 февраля 2018 на Wayback Machine Телеэфиры Андрея Шипилова на «Сеопульт ТВ» от 16 апреля 2015 на Wayback Machine

Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:2-mayda tugʻilganlar Turkum:Moskvada tugʻilganlar