Viktor Mixaylovich Tixonov – (1937-yil 8-fevralda tugʻilgan – 2007-yil vafot etgan) – sovet futbolchisi, hujumchi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.
Tarjimai holi Viktor Tixonov 1957—1960-yillarda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan. 1960-yil 2-iyulda u SSSR chempionatidagi yagona oʻyinni, „Avangard Xarkov“ jamoasiga (1:0) qarshi safardagi uchrashuvida oʻtkazgan. 1962-yili Toshkent viloyatining „Paxtakor“ jamoasida toʻp surgan.
Murabbiylik faoliyati Termizning „Chigʻirachi“ / „Avtomobilist“/"Spartak" kabi jamoalarida katta murabbiy (1968—1970-yillar, 1974-yil, 1977—1980-yillar), murabbiy (1976-yil), jamoa rahbari (1971—1973-yillar) boʻlib ishlagan. Jizzaxning Zvezda klubida murabbiy, 1982-yili bosh murabbiy (v.b) va 1983-yilda bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. Xalqobodning „Sohibkor“ (1984-yil)FootBook:. Sayt futbolnoy statistiki, Toshkentning „Paxtakor“ (1985—1986-yillar) klublarida katta murabbiy sifatida xizmat qilgan.
Shuningdek, Viktor Tixonov Oʻzbekiston futbol federatsiyasi bosh kotibining oʻrinbosari ham hisoblangan„Paxtakor“ Teper Stoit Za Medalyami V Ocheredi – Gazeta Trud.
Oilasi Oilali, bir nafar farzandi bor. Oʻgʻli Aleksandr ham futbolchi boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
Viktor Tixonov Footballfacts saytida
Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:8-fevralda tugʻilganlar
Turkum:2006-yilda vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Surxon murabbiylari Turkum:Soʻgʻdiyona futbol klubi murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:Sohibkor futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiylar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari