Marsga hujum () — Ray Bredberining ilmiy-fantastik romani boʻlib, muallifga keng shuhrat keltirgan. Asar 1950-yilda yozilgan.
Asar mazmunan qisqa hikoyalar toʻplami va epizodik roman xususiyatlarini oʻzida mujassam etgan. Unga 1940-yilning ikkinchi yarmidan oldin adabiy jurnallarda eʼlon qilingan hikoyalar ham kiritilgan. Marsga hujumda 1950-yilning boshlarida Amerika jamiyatini tashvishga solgan asosiy muammolar — yadro urushi xavfi, sodda va osoyishta hayotga sogʻinch, irqchilik hamda senzuraga qarshi munosabatlar aks ettirilgan.
Ilmiy-fantastika janri Bredberiga, avvalo, oʻz tasavvuridagi olamidan foydalanib, davrining dolzarb muammolarini yoritish imkonini bergan. Uning fikricha, kelajak haqidagi bunday tasvirlar insoniyatga oʻtmishdagi xatolarni yaxshiroq tushunish va ularni takrorlamaslik uchun saboq boʻlishi mumkin. Syujeti „Marsga hujum“ romani xronika shaklida boʻlib, Marsning insoniyat tomonidan mustamlaka qilinishi tarixini, mahalliy aholining „bosqinchilar“ga qarshiligini, shuningdek, Yerda boshlangan Uchinchi jahon urushi va uning oqibatlarinini tasvirlaydi.
Mazmuni
1999-yil yanvar. Raketa yozi (January 1999/2030. Rocket Summer)
Ilk marotaba Planet Stories jurnalida 1947-yil bahorida nashr etilgan.
1999-yil fevral. Illa (1999/2030 yil fevral. Ylla)Birinchi marotaba 1950-yil 1-yanvarda Macleanʼs jurnalida „I’ll Not Ask for Wine'' (Men vino soʻramayman) nomi ostida nashr etilgan.
1999-yil avgust. Yoz kechasi (August 1999/2030. The Summer Night)Dastlab 1948-yil qishda The Arkham Sampler jurnalida ,,The Spring Night“ („Bahor kechasi“) nomi ostida nashr etilgan.
1999-yil avgust. Yerliklar (August 1999/2030. The Earth Men) Birinchi marta 1948-yil avgustda „Thrilling Wonder Stories“ jurnalida nashr etilgan.
2000-yil mart. Soliq toʻlovchi (March 2000/2031. The Taxpayer)Ilk marotaba ,,Marsga hujum"'da paydo boʻlgan.
Nomi oshkor etilmagan amerikalik barcha rost va yolgʻonlar bilan Marsga uchadigan raketaga kirishga harakat qiladi, u oʻz daʼvolarini oʻzining qonunlarga rioya qilishi, ijobiy xususiyatlari va eng muhimi, oʻz vaqtida toʻlangan soliqlari orqali Marsga asos solinayotganligini aytib oqlaydi.
2000-yil aprel. Uchinchi ekspeditsiyasi (April 2000/2031. The Third Expedition)Birinchi marta „Mars — Jannat“ nomi bilan Planet Stories jurnalida 1948-yil kuzida nashr etilgan.
2001-yil iyun „Va oy hali ham boʻshliqni oʻz nurlari bilan kumushlashtiradi …“ (June 2001/2032. —And the Moon Be Still as Bright)V zaglavii proizvedeniya ispolzovani stroki iz stixotvoreniya angliyskogo poeta Dj. G. Bayrona „Ne brodit uj nam nochami…“
Birinchi marta „Thrilling Wonder Stories“ jurnalida 1948-yil iyun oyida nashr etilgan.
Toʻrtinchi ekspeditsiya Marsga yetib boradi, uning vazifasi esa sayyorani kolonizatsiyalashtirishdan tashqari, oldingi kosmonavtlarning halok boʻlish sabablarini aniqlashdan iborat edi. Olimlardan biri Spender hamkasblarining xatti-harakatlariga va oʻzini tutishiga qarab, boshqa kosmonavtlar bilan nima sodir boʻlganini, eng muhimi, yerliklar bilan aloqa qilish natijasida Mars sivilizatsiyasi bilan nima sodir boʻlganini taxmin qila boshlaydi. Astronavtlardan biri Biggs insoniy illatlarni koʻrsatib, yangi yashash joyiga beparvolik bilan munosabatda boʻlishni boshlaganida, Spender ulardan biriga yashirinadi va asta-sekinlik bilan uning shaxsiyati marsliklarniki bilan aralasha boshlaydi. U oʻz hamkasblariga hujum qiladi va kapitan Uaylder uni ovlashga majbur boʻladi.
2001-yil avgust. Koʻchmanchilar (August 2001/2032. The Settlers)
Dastlab Marsga hujumda paydo boʻlgan.
2001-yil dekabr. Yashil tong (December 2001/2032. The Green Morning)Birinchi marotaba Mars hujumda paydo boʻlgan.
2002-yil fevral. Chigirtka (February 2002/2033. The Locusts)Birinchi marta Marsga hujumda paydo boʻlgan.
2002-yil avgust. Tungi uchrashuv (August 2002/2033. Night Meeting)Ilk marotaba Marsga hujumda paydo boʻlgan.
2002-yil oktyabr. Sohil (October 2002/2033. The Shore) Birinchi marta Marsga hujum da paydo boʻlgan.
2002-yil noyabr. Olov sharlari (November 2002/2033. The Fire Balloons)Birinchi marta 1951-yil aprelda jurnalida …In This Sign" (…Bu belgida") nomi bilan nashr etilgan.
2003-yil fevral. Intermediyasi (February 2003/2034. Interim)Birinchi marta 1947-yil iyulda Weird Tales jurnalida nashr etilgan.
2003-yil aprel. Musiqachilar (April 2003/2034. The Musicians)Birinchi marta Marsga hujumda paydo boʻlgan.
Yer kolonistlarining bolalari tashlandiq shaharlarda topilgan marsliklarning skeletlaridan musiqa asboblari sifatida foydalangan holda koʻngilxushlik qilish yoʻlini topdilar.
2003-yil may. Choʻl (May 2003/2034. The Wilderness)Birinchi marta 1952-yil noyabrda The Magazine of Fantasy and Science Fictionnashr etilgan.
2003-yil iyun …Balandroq osmonlarga (June 2003/2034. Way in the Middle of the Air)Birinchi marta 1950-yil iyulda „ jurnalida nashr etilgan.
2004-2005 yillar. Yangi nomlar (2004—05/2035—36. The Naming of Names)
Ilk marotaba Marsga hujumda paydo boʻlgan. 1949-yil avgustda Thrilling Wonder Stories jurnalida chop etilgan ,,The Naming of Names'' nomli hiyoka bilan adashtirib yubormaslik kerak. Natijada ushbu hikoya ,,Dark They Were, and Golden Eyed'' (Ular qora tanli va oltin koʻzli edi) nomiga oʻzgartirilgan.
Marsda paydo boʻlgan Yer kolonistlari Marsning geografik obektlarini: togʻlar, daryolar va boshqalarning nomini ommaviy ravishda oʻzgartiradilar.
2005-yil aprel. Escher II
(April 2005/2036. Usher II)Birinchi marta ,,Carnival of Madness“ („Jinnilik karnavali“) nomi ostida Tilling Wonder Stories jurnalida 1950-yil aprelda nashr etilgan.
Qandaydir Stendal va uning hamrohi Pikes Marsda haqiqiy Escher uyini quradilar, u yerda Edgar Allan Po („Morg koʻchasidagi qotillik“, "Quduq va mayatnik " va boshqalar) voqealarini qayta tiklashni rejalashtirishadi. Ammo uy mehmonlarga eshiklarini ochmasdan oldin, u yerga senzura xodimi Garret yetib keladi, u Stendalning rejalaridan va uning yer yuzida taqiqlangan kitoblarga boʻlgan qiziqishidan mamnun emasligi aniq edi.
2005-yil avgust. Keksa odamlar (August 2005/2036. The Old Ones)Birinchi marta Marsga hujumda paydo boʻlgan.
2005-yil sentyabr. Marslik (September 2005/2036. The Martian)Birinchi marta jurnalida 1949-yil noyabrda nashr etilgan.
Marsga koʻchib kelgan qari er-xotinlar bir vaqtlar yerda halok boʻlgan oʻgʻlini uchratadi.
2005-yil noyabr. „Sayohat tovarlari“ (November 2005/2036. The Luggage Store)Birinchi marta Marsga hujumda paydo boʻlgan.
2005-yil noyabr. Oʻlik mavsum (November 2005/2036. The Off Season)Birinchi marta 1948-yil dekabrda Thrilling Wonder Stories jurnalida nashr etilgan.
Sobiq kosmonavt, toʻrtinchi ekspeditsiya ishtirokchisi Sem Parkxill sosiska yemakxonasini ochadi, lekin boshlangan urush tufayli ishlar yaxshi ketmaydi. Bundan tashqari uni oʻtmishdagi arvohlar taʼqiq eta boshlaydi.
2005-yil noyabr. Kuzatuvchilar (November 2005/2036. The Watchers)Birinchi marta Marsga hujumda paydo boʻlgan.
2005-yil dekabr. Jim shaharlar (December 2005/2036. The Silent Towns)Birinchi marta 1949-yil mart oyida Charm jurnalida nashr etilgan. Marsda qolgan kam sonli odamlardan biri Uolter Gripp tashlandiq koloniya-shaharda koʻngilxushlik qilib yuradi. Tez orada u yolgʻizlikni his qila boshlaydi va boshqa odamlarni izlashga tushadi. Va bir kuni taxminiy telefon raqamlarini terib Marsda qolgan ayol- Jeneva bilan aloqaga kirishadi. Xursandligida u shu zahotiyoq goʻzal malikani uchratish uchun boshqa shaharga otlanadi, ammo… 2026-yil aprel. Uzoq yillar (April 2026/2057. The Long Years )Birinchi marta Macleanʼs jurnalida 1948-yil 15-sentyabrda ''Dwellers in Silence" („Sukunatda yashovchilar“) nomi bilan nashr etilgan.
2026-yil avgust. Yumshoq yomgʻir yogʻadi (August 4, 2026/2057. There Will Come Soft Rains)Birinchi marta Collier’s jurnalida 1950-yil 6-mayda chop etilgan.
Yerdagi atom urushi nihoyalanadi. Tirik odamlar qolmaydi, faqatgina kibernetik mexanizmlar uylardan birida allaqachon vafot etgan xoʻjayinlariga xizmat qilib ishlashda davom etishadi.
2026-yil oktyabr. Marsdagi bayramlar (October 2026/2057. The Million-Year Picnic)Birinchi marta 1946-yil kuzida Planet Stories jurnalida nashr etilgan.
Yaratilish tarixi "Marslik" siklini yaratish gʻoyasi yozuvchining bolalik yillarida boshlangan. Bredberining oʻzi intervyularidan birida eslaganidek: "Oʻn ikki yoshimda Edgar Burrouzning „Marslik jangchi“sining davomini sotib olishga qurbim yetmasdi, chunki biz kambagʻal oila edik … va keyin men oʻzimning shaxsiy versiyamni yozdim".
Rey Bredberi 1950-yil 17-oktyabrda nashr etilganmagan „Men kitobimni qanday yozganman“ essesida „Avvaliga Marsni zabt etishni yovvoyi Gʻarbni zabt etishdek qiladigan xususiyatlar haqida oʻyladim“ deb yozgan edi. "Bolaligimdan otam va bobom aytib bergan Yovvoyi Gʻarbdagi turli sarguzashtlar haqidagi hikoyalarni oʻzlashtirganman. Ulardan baʼzilarining voqealari asrning boshlarida, bu mintaqa ancha boʻsh, tashlandiq va yolgʻiz boʻlgan paytlarda sodir boʻlgan edi. Men chinakam Mars oʻsha yangi ufq boʻlishini bilardim, unga Steinbeck hikoyalari qahramoni Billi Bak Tinch okeani qirgʻogʻida oʻychan tikilgan: buyuk „Gʻarbni zabt etish“ allaqachon tugagan edi va uning istiqbollari ham oʻzgacha ajoyib sarguzashtlar muqarrar ravishda tarqala boshladi".
1949-yilda yozuvchilik bilan jiddiy shugʻullana boshlagan, ammo hali tan olinmagan Rey Bredberi Nyu-Yorkka joʻnaydi. Katta shaharda, u ancha vaqt davomida muvaffaqiyatsiz tarzda „tahririyatlarni aylanib yuradi“Molitvin P. Rey Bredberi — grani tvorchestva i legenda o jizni // Bredberi R. Teni gryaduщego zla: Roman, rasskazi. — SPb., 1992. — S. 601. va hammaga oʻzining qisqa ilmiy-fantastik hikoyalarini taklif qiladi. Tadqiqotchi L. Butyakov Bredberining muvaffaqiyatsizligini uning nasrining „adabiy moda“ga toʻgʻri kelmasligi bilan izohlagan edi: "Oʻsha yillarda hikoyalar mashhur emas edi, keng omma komikslar va davomiy romanlarni xohlardiButyakov L. Marsianin iz Los-Andjelesa // Bredberi R. Zdes mogut voditsya tigri: Rasskazi. — SPb., 2001. — S. 11, 12.. Yozuvchining taqdirini uning familiyadoshi boʻlgan „qizil sayyora“ haqidagi koʻpgina hikoyalarida tematik umumiylikni qoʻlga kiritgan Doubleday nashriyot kompaniyasining tajribali muharriri Uolter Bredberi Vposledstvii Rey Bredberi posvyatit emu svoyu povest „Vino iz oduvanchikov“: „Uolteru A. Bredberi, ne dyadyushke i ne dvoyurodnomu bratu, no, vne vsyakogo somneniya, izdatelyu i drugu“. bilan tanishishi hal qildi va muallifga ularni oʻziga xos romanistik hikoyaga aylantirishni taklif qildi, uning asosiy maqsadi sirli va zamonaviy insoniyat uchun erishib boʻlmaydigan MarsPalsev N. Raduga zemnogo mifotvorchestva, ili Kolodes fantazii Reya Bredberi // Bredberi R. Chikagskaya bezdna: Roman, novelli. — M., 1993. — S. 17. edi. Rey Bredberi „mars hikoyalari“ni bir asarda birlashtirib, maslahatga amal qilishga qaror qildi. U oʻquvchilar novellalarni romanning boblari sifatida qabul qilishlari uchun yangi nomlar oʻylab topdi, voqealar xronologiyasini kiritdi va hammasini „Marsga hujum“ deb nomladi. Bir yil oʻtgach, asar nashr etildi va Bredberiga avval milliy, keyin esa jahon shuhratini keltirdi.
Nashr tarixi ,,Marsga hujum'' birinchi marta 1950-yilda Qoʻshma Shtatlarda nashr etilgan.
1951-yilda kitob Buyuk Britaniyada „Kumush chigirtka“ (,,The Silver Locusts'') nomi bilan nashr etildi. Asl nusxadan biroz farqli tarkibga ega edi. Ba'zi nashrlarda "Esher II" bobi yo'q edi (), uning oʻrnini „Fireballs“ novellasi () egallagan edi.
Asarning ispancha versiyasida argentinalik yozuvchi Xorxe Luis Borxes tomonidan yozilgan soʻzboshi ham mavjud.