Kevin Dennis Kurányi Rodríguez (; 1982-yil 2-mart, Rio-de-Janeyro, Braziliya) – kelib chiqishi panamalik boʻlgan nemis sobiq professional futbolchisi. Kevin hujumchi pozitsiyasda oʻynagan. Kuranyi toʻp uchun raqib jarima maydonida havodagi kurashda kuchli ustunligi va gol urish mahoratiga ega edi. 2003-yildan 2008-yilgacha Kuranyi Germaniya milliy terma jamoasi tarkibida 52 ta oʻyinda 19 ta gol muallifi boʻlgan. U ikkita UEFA Yevropa chempionati va bitta FIFA Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan. Klublar darajasida Kuranyi Germaniyadagi „VfB Stuttgart“, „Schalke 04“ va „Xoffenxaym“ hamda Rossiyadagi „Dinamo Moskva“ jamoalarida toʻp surgan.
Futbolchilik faoliyati
Dinamo Moskva
2010-yil mavsumi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6d/Kevin-Kuranyi.jpg/175px-Kevin-Kuranyi.jpg|right|thumb|279x279px| Kevin Kuranyi „Dinamo“da 2010-yilda „Schalke 04“ hujumchisi Kevin Kuranyi oʻzining rasmiy saytida yozda Moskvaning „Dinamo“ klubi futbolchisiga aylanishini tasdiqlagan edi. Kuranyi Moskva klubi taklifini qabul qilishdan oldin hammasini yaxshilab oʻylab koʻrganini aytdi. Moskvaning „Dinamo“ klubi bilan tuzilgan shartnoma 2010-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan. 31-iyul kuni Kuranyi „Dinamo“ klubi safida „Krilya Sovetov“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. Oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. „Zenit“ klubiga qarshi oʻyinda Kuranyi „oq-koʻklar“ uchun birinchi golini urdi, ammo „Dinamo“ klubi gʻalaba qozona olmadi va oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
2010-yilgi mavsum yakunida Kevin „Dinamo“ klubining muxlislari tomonidan jamoaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi (atigi 16 oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urgan).
2011/2012-yilgi mavsum Keyingi mavsumda Kuranyi birinchi turda gol urdi, ammo bu uning jamoasini magʻlubiyatdan qutqara olmadi. Shundan soʻng Kevin 11 oʻyin davomida gol ura olmadi va omadsiz seriyasiga faqat 14-turning „Tom“ klubi bilan boʻlgan oʻyinida (3:0) barham berdi. Keyingi turlarda Kuranyi yana oʻzining toʻpurarlik xususiyatlarini namoyish eta boshladi va chempionatning ikkinchi davrasi yakuniga yetganidan keyin uning hisobida 10 ta gol bor edi.
2011-yilning 17-noyabrida Kuranyi „Dinamo“ klubi bilan shartnomasini 2015-yilning yoziga qadar uzaytirdi.
2012/2013-yilgi mavsum Mavsum boshlanishidan oldin Kevin „Dinamo“ klubining yangi sardori etib tayinlandi.
2013/2014-yilgi mavsum Kuranyi jarohati tufayli 2013/14-yilgi mavsum startini oʻtkazib yubordi. Jarohatdan keyingi birinchi oʻyinda u „Rubin“ klubiga qarshi oʻyinda 15 daqiqa maydonga tushdi va qizil kartochka oldi, keyin yana bir oyga safdan chiqdi. Kech kuzda va erta bahorda u „Amkar“ klubi bilan oʻyinda dubl qayd etdi, CSKA va „Kuban“ bilan uchrashuvlarda gol, „Tom“ klubi bilan oʻyinda gʻalaba golini kiritdi, „Zenit“ klubi darvozasini ishgʻol qildi.
2014/2015-yilgi mavsum 2014/15-yilgi mavsumda hujumchi 24 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urgan. 2015-yilning aprel oyida oʻzining rasmiy saytida u kelasi yozda „Dinamo“ klubini tark etishini eʼlon qildi."Kutish uzoq davom etdi, ammo endi sizga juda muhim narsani aytish vaqti keldi: „Dinamo“ klubi bilan shartnomamni uzaytirmaslikka qaror qildim", - deb yozdi Kuranyi rasmiy blogida. - Moskvadagi ajoyib va juda qiziqarli besh yildan soʻng yozda klubim bilan xayrlashaman. Bu qadam men uchun oson boʻlmadi. Chunki bu klub, uning xodimlari, hamkasblari, bu shahar va yurt mening qalbimga juda qadrdon boʻlib qolgan. Bu besh yil oʻzgacha boʻldi. Men nafaqat bu yerda orttirgan tajribamdan, balki koʻplab qiziqarli uchrashuvlar va yangi doʻstlarimdan ham minnatdorman.
2015/2016-yilgi mavsum 2015-yilning yozida Kevin Kuranyi „Xoffenxaym“ klubi safiga shaxsiy sharoitdan kelib chiqib erkin agent sifatida qoʻshildi.
2017-yil 24-mart kuni Kuranyi nafaqaga chiqqanini eʼlon qildi: „Oxir-oqibat, vaqt keldi. Men allaqachon 35 yoshdaman va vaqtimni boshqa narsalarga bagʻishlamoqchiman“.
Terma jamoa faoliyati Kuranyi 2003-yil 29-mart kuni Germaniya terma jamoasi safida 2004-yilgi Yevropa chempionati saralash turnirida Litvaga qarshi birinchi oʻyinini oʻtkazdi.
2003-yil 11-oktyabrda terma jamoa safidagi oltinchi oʻyinda hujumchi Islandiya darvozasiga (3:0) bahsdagi oxirgi golni urib, Germaniya terma jamoasining Yevro-2004 turnirida ishtirok etishini rasmiylashtirgan holda oʻzining debyut golini nishonladi.
Kevin terma jamoa safida Yevro-2004 final bosqichida va 2005-yilgi Konfederatsiyalar kubogida toʻp surgan, biroq 2006-yilgi Germaniya mezbonligidagi Jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritilmagan.
2008-yil 11-oktyabrda Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov oʻyinchini Rossiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibga kiritmaganidan soʻng, Kuranyi ruxsatsiz uyiga ketdi. Shundan keyin Lyov Kuranyini terma jamoa safiga boshqa chaqirmasligini maʼlum qildi.
Statistika
Klub +Klublardagi ishtirokiKlubMavsumLigaKubokYevrokuboklarJamiOʻyinlariGollariOʻyinlariGollariOʻyinlariGollariOʻyinlariGollariXoffenxaym2015/1614010——150Jami1401000150Dinamo (Moskva)2014/1524101014539152013/1415800——1582012/132710314033112011/12411360——4713201016900——169Jami1235010118515156Shalke 042009/103018122——37202008/093813427144162007/083215428344202006/073415222038172005/063010411234614Jami1627118929720987Shtutgart2004/052913425338182003/043311318344152002/033522228442282001/025111——62Jami9940106231013256Umumiy39816139167022487199
Yutuqlari VfB Shtutgart
UEFA Intertoto kubogi: 2002
Shalke 04
DFL-Ligapokal: 2005-yil
Germaniya
FIFA Konfederatsiyalar kubogi uchinchi oʻrin: 2005-yil UEFA Yevropa chempionatining ikkinchi sovrindori: 2008-yil
Shaxsiy sovrinlari
kicker Bundesliganing mavsumdagi jamoasi: 2006-07, 2009-10
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Serrano FC futbolchilari Turkum:VfB Stuttgart futbolchilari Turkum:VfB Stuttgart II futbolchilari Turkum:FC Schalke 04 futbolchilari Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:TSG 1899 Hoffenheim futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Regionalliga futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Panamadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:2005-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar