Abbos III () (1732–1740) – Safaviylar sulolasidan boʻlgan soʻnggi fors shohi. Abbos shoh Taxmasp IIning oʻgʻlidir.
1732-yilning avgustida yirik Eron sarkardasi Nodirshoh Taxmaspni taxtdan agʻdarib, sakkiz oylik oʻgʻli Abbos III ni yangi shoh deb eʼlon qilib, uning qoʻl ostidagi davlatning haqiqiy hukmdori boʻlgan. 1736-yilning martida Nodirshoh Abbos IIIni ham taxtdan agʻdarib, oʻzini shoh deb eʼlon qilgan. Abbos Sabzavordagi otasi Tahmaspning zindoniga tashlangan.
1740-yilda Xuroson hokimi Rizoquli Mirzoning buyrugʻi bilan Nodirshohning toʻngʻich oʻgʻli sakkiz yoshli Abbos otasi Tahmasp bilan birga hibsda oʻldirilgan.
Manbalar
Turkum:1740-yilda vafot etganlar Turkum:8-fevralda vafot etganlar Turkum:1732-yilda tugʻilganlar Turkum:5-yanvarda tugʻilganlar