Imom Qozixon koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Mazkur nom moʻgʻul xoni Hulaguxonning savollariga toʻgʻri javob bergan bola toʻgʻrisidagi afsona asosida paydo boʻlgan ekan. Koʻchada poʻstindoʻzlar, toʻquvchilar, meshkoblar yashagan. Imom Qozixon mozori shu guzarda joylashgan boʻlgan. U haqidagi maʼlumot XV asr boshlarida yozilgan „Tarixi Mullozoda“ asarida uchraydi.

Manbalar

Turkum:Buxoro koʻchalari