Aloqabandi koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Aloqabandi soʻzi kamar, belbogʻ tikuvchi, shuningdek, aloqa bogʻlovchi maʼnosini anglatadi. Koʻchada etikdoʻz, mahsidoʻz, kafshdoʻz, zargar, duradgorlar yashagan. Shuningdek koʻchada masjid, oʻn bir hujrali kichik madrasa ham boʻlgan. Mazkur nom 1816-yilga oid vaqf hujjatlarida ham uchraydi.

Manbalar

Turkum:Buxoro koʻchalari