Farzana Bari (urdu. frzạnہ bạry̰, 1957-yil 7-martda tugʻilgan) – pokistonlik feminist, huquq himoyachisi va akademik,Pokistonda joylashgan Quaid-i-Azam universitetida gender tadqiqotlari boʻlimi direktori boʻlib ishlagan, u Pokistondagi Islomobod shahrida joylashgan.
Faoliyati Farzana Pokistonda gender tadqiqotlari sohasida yigirma besh yildan ortiq ilmiy va professional tajribaga ega boʻlgan ayollar huquqlari masalalari boʻyicha yetakchi ayol hisoblanadi. U fan nomzodi ilmiy darajasiga ega. Buyuk Britaniyaning Sussex universitetida sotsiologiya boʻyicha ilmiy darajasini, „Bandlikning oiladagi ayollar holatiga taʼsiri“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U ayollarning jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha siyosiy maslahat va targʻibot ishlarida faol ishtirok etadi. Shuningdek, u „Pokiston siyosatida ayollarning mazmunli vakilligi“ mavzusida tadqiqot olib bordi. U Pokistondagi har qanday universitetda birinchi gender tadqiqotlari boʻlimi asoschisi.
Feminizm/inson huquqlari faolligi Farzana Bari Pokistonda adolat va gender tengligini targʻib qiluvchi faol huquqshunos. U erkaklar hukmronlik qiladigan jirga tizimiga qarshi kurashadiBlind justice: Reforms can make jirgas more representative, Tribune.com.pk, 27 February 2014 va Pokistonda ayollar huquqlariga oid islomiy qoidalar tarafdoriPakistan clerics say women donʼt need to cover up , Enca.com, 20 October 2015.
2013-yilda Bari kamida oʻn bir million ayol ovoz berish huquqiga ega emasligini aytdidi, chunki hokimiyat ularga milliy guvohnoma raqamlarini bermagan. 2014-yil yanvar oyida u Kohiston raqs videosi ishini qayta ochishga aralashdi va u videoda paydo boʻlgan qizlar toʻyda raqsga tushganidan keyin oʻldirilganini daʼvo qildiRights activist Farzana Bari for reopening of Kohistan video case, Geo.tv, 29 January 2014Luavut Zaid, INTERVIEW: ‘This has gone on for a long, long timeʼ –Dr Farzana Bari, Pakistantoday.com, 15 August 2015. 2016-yilning may oyida u Islom kengashining erlarning xotinlarini kaltaklashini qonuniylashtirish haqidagi qaroriga keskin qarshi chiqdi va kengashni nohaq deb aytdiTim Craig, Pakistani husbands can ‘lightly beatʼ their wives, Islamic council says, Washingtonpost.com, 27 May 2016.
Bari Pokistonda ayollarning muammolarini bartaraf qilishga urindi. 2016-yil oktyabr oyida Pokiston Milliy Assambleyasi ayollarga qarshi harakatni noqonuniy deb eʼlon qildi. Farzana Bari bu qonunni chetlab oʻtish mumkinligi haqida ogohlantirgan, chunki sudya birinchi navbatda qotillikka haqiqatan ham ayol sabab boʻlganmi yoki yoʻqmi, degan qarorni qabul qilishi kerakPakistan unanimously passes legislation to try to stop 'honor killings' , Pri.org, 6 October 2016.
Bari sotsialistik demokratik ayollar tashkiloti boʻlgan Ayollar Demokratik fronti (WDF) aʼzosi. U 2018, 2019 va 2020-yillarda WDF aʼzolari bilan birgalikda Aurat marshini tashkil qildi
Siyosat Bari, shuningdek, Avami Ishchilar partiyasining (AWP) yuqori martabali rahbari va vitse-prezidenti boʻlib ishlagan. U AWPga 2012-yilda tashkil etilganida qoʻshildi. U 12-13-mart kunlari Lahorda boʻlib oʻtgan partiyaning uchinchi markaziy qurultoyida AWP ayollar kotibi etib saylangan.
Maqolalar Bari, shuningdek, The Express Tribune va Daily Times Pakistan uchun sharhlovchi sifatida koʻplab maqolalar yozgan.
Ayol parlamentariylar: Pokistonda siyosat chegaralariga qarshi kurash, 2011-yil mart
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1952-yilda tugʻilganlar Turkum:Pokiston ayollari Turkum:Ayollarga nisbatan sodir etiladigan jinoyatlar haqida maqolalar Turkum:Ayollar tashkilotlari Turkum:Musulmon ayollar Turkum:Islom Turkum:Ayol jamoatchilar Turkum:Kishilar Turkum:Ayollar huquqlari Turkum:Ayollarga nisbatan zoʻravonlik Turkum:Ayollarga qarshi jinoyatlar Turkum:WikiAyollar