Yu Feng (xitoycha 郁风, pinyin yùfēng; 1916-yil 25-iyul — 2007-yil 15-aprel)—xitoylik rassom, karikaturachi va dizayner. Uning turmush oʻrtogʻi Huan Myaozi karikaturachi rassom, amakisi Yu Dafu esa oʻz zamonasining mashhur yozuvchisi boʻlgan.
Hayoti va faoliyati Yu Feng 1916-yil 25-iyulda Pekinda sudya Yu Liang oilasida tugʻilgan.
U Pekindagi Markaziy tasviriy sanʼat akademiyasini tamomlagan. Keyinchalik rassom Pan Yuliang qoʻl ostida tahsil oldi.
Karikaturachi sifatidagi ilk ishiga Obri Berdslining taʼsiri yuqori boʻlgan. Shanxay Manxua rassomi Huang Miaozzi bilan birga oltmish yildan ortiq turmush kechirgan. 1930-yillar davomida u ingliz tilidagi Zhongguo Zhisheng („Xitoy ovozi“) va Jiuwang Ribao („Milliy najot kuni“) kabi jurnallar uchun multfilmlar yaratishga faol hissa qoʻshgan. Urush yillarida „Milliy najot bir juft kishanlarni sindirsin“ multfilmi bo‘lib, unda zulm zanjirini parchalayotgan ayol obrazi orqali millatchilik qoralangan, gender tengligi masalasi koʻtarilgan.
1955-yilda Yu Feng „Xin Guancha“(„Yangi kuzatuvchi“) jurnali muharriri oʻrinbosari etib tainlandi. Publitsistik maqolalarida iqtisodiy tejamkorlik, anʼanaviy xalq liboslari va milliy oʻziga xoslik kabi masalalar koʻrsatilgan „Kiyim islohoti“ milliy kampaniyasiga mas’ul etib tayinlandi.
1940-yillar boshida Yu Feng va Huan Miaozi bilan Shanxay va Chongqingdagi rassomlar, yozuvchilar va boshqa madaniyat xodimlaridan tashkil topgan „Layabouts Lodge“ (Erliu Tang yàng yàn) toʻgaragiga rahbarlik qilgan. 1966-1976-yillardagi Madaniy inqilob davrida Layabouts toʻgaragi aʼzolari qatori er-xotin Miaozilar ham yetti yilga ozodlikdan mahrum qilingan Biroq Yu Feng shunday ogʻir sharoitda ham ijoddan toʻxtamaydi, xojatxona qogʻozi, sovun va konfet oʻramlaridan rasmlar yaratgan. Madaniy inqilobdan keyin esa yanada qizgʻin faoliyat yuritib, Xitoyning taniqli sanʼat arbobiga aylangan.
1989-yilda Tyananmen maydonidagi qirg‘indan so‘ng Yu Feng va Huan Miaozi Brisbenga ko‘chib ketib, Avstraliya fuqaroligini olgan. Biroq koʻp oʻtmay Xitoyga qaytib kelishgan..
Yu Feng 2007-yilda vafot etdi. 2011-yilda Yu Fengning multfilm, sanʼat va moda materiallaridan iborat „Tanlangan asarlar toʻplami“ chop etilgan.
Manbalar
Turkum:2007-yilda vafot etganlar Turkum:1916-yilda tugʻilganlar