Mirabal opa-singillar sifatida tanilgan Patria, Minerva va Mariya Terezalar 1930-yildan 1961-yilgacha Dominikan Respublikasini boshqargan Rafael Trujillo diktaturasiga qarshi kurash olib borishgan. 1960-yili opa-singil Miraballarning diktaturaga qarshi kurashi butun mamlakat boʻylab keng tarqalib ketadi. Uch opa-singil va ularning haydovchisi Rufino de la Kruz 1960-yil 25-noyabr kuni diktaturaga qarshi muxolifligi sababli Trujillo tomonidan yollangan hukumat politsiyasi tarafidan toʻxtatiladi. Yollangan politsiyachilar opa-singillarga avval tajovuz qilishadi, kaltaklashadi va boʻgʻib oʻldirishadi.

Qotillikdan keyin jasadlar voqeani maxfiy qolishi uchun mashinaga solinadi va baxtsiz hodisaga oʻxshab koʻrinishi uchun jarlikdan uloqtirib yuboriladi. Fojia Trujilloga qarashli hukumat gazetasi El Caribe tomonidan avtohalokat sifatida jamoatchilikka maʼlum qilinadi. Biroq, Trujilloning bu urinishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Opa-singillar tomonidan asos solingan Clandestine(Yashirin)harakati opa-singillarning oʻldirilishidan bir yil oʻtib, diktaturani agʻdarilishida muhim rol oʻynaydi.

1999 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-noyabr opa-singil Miraballarning vafot etgan kuni munosabati bilan Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni deb eʼlon qiladi. Keyingi oʻzgarishlar 2007-yilning 21-noyabr kuni opa-singillar yashagan Salsedo nomi Hermanas Mirabal provinsiyasi deb oʻzgartiriladi. 2019-yilda Manhattandagi Vashington Heightsdagi 168-koʻcha va Amsterdam avenyusining janubi-sharqiy burchagi Nyu-York shahar kengashi tomonidan „Mirabal opa-singillar yoʻli“ deb eʼlon qilinadi. 2021-yilda Dominikan Respublikasining Fransiyadagi elchisi Roza Ernandes de Grullón Parij shahrida 1960-yilgi Truxilo diktaturasi tomonidan oʻldirilgan mashhur Dominikan qahramonlarining sharafiga nutq soʻzlaydi. Ijtimoiy adolat va feminizm ramzi sifatida dunyo miqyosida tan olingan opa-singillar, bu harakatlari orqali kelajak avoldga qoldirgan ramziy merosini saqlab qolishni maqsad qilgan koʻplab tashkilotlar oʻz faoliyatini olib borishmoqda. Bunday tashkilotlarga immigrant oilalarning hayotini yaxshilashga urinayotgan „Mirabal opa-singillar“ madaniy va ijtimoiy jamoat markazini misol qilib keltirish mumkin.

Opa-singillarning qisqa biografiyasi +Rasmiy ismlariUmumiy ismlariTugʻilgan kuni Oʻlimi Patria Mersedes Mirabal Reyes Patria 1924 yil 27 fevral 1960 yil 25 noyabr Belgika Adela Mirabal Reyes Dede 1925 yil 29 fevral 2014 yil 1 fevral Mariya Argentina Minerva Mirabal Reyes Minerva 1926 yil 12 mart 1960 yil 25 noyabr Antonia Mariya Tereza Mirabal Reyes Mariya Tereza 1935 yil 15 oktyabr 1960 yil 25 noyabr

Manba

Turkum:Aka-ukalar va opa-singillar Turkum:Ayollar huquqlari Turkum:WikiAyollar