Zayniddin Tojiyev (1977-yil 21-iyunda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan. 2002—2010-yillar oraligʻida Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi tarkibida 18 ta oʻyinda ishtirok etgan va 3 ta gol muallifi boʻlgan.
Biografiyasi Zayniddin koʻp farzandli oilada tugʻilgan besh nafar farzandning uchinchisidir. Uning ikki akasi oʻt oʻchiruvchi kasbida ishlagan boʻlsa, ikki ukasi futbolchilik faoliyati bilan shugʻullanishgan. Zayniddin dastlab ikki akasi kabi oʻt oʻchiruvchi kasbida ishlagan. Keyinchalik futbolga boʻlgan qiziqishi ustunlik qilgan. Zayniddin futboldagi faoliyatini kechroq, 24 yoshida boshlagan. Futbol maktablarida taʼlim olmagan va havaskorlar darajasida shugʻullanib, oʻynab yurgan. Ilk bor 24 yoshida katta futbolga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi „Akademiya“ futbol klubi orqali kirib kelgan. "Akademiya" Oliy liganing debyutant klubi boʻlishiga qaramasdan, 5-oʻrinni egallagan. Oʻzining dastlabki professional mavsumida 10 ta gol urgan. Mavsum davomida "Akademiya" klubi chempionat yetakchilardan biri — „Paxtakor“ jamoasini magʻlub etishida hissa qoʻshgan. Mavsum yakunida bir necha yetakchi jamoalar Tojiyevni oʻz tarkibiga jalb etishga urinib koʻrgan. Zayniddin „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
„Paxtakor“ jamoasida Zayniddin orada uzilishlar bilan, bir necha yillar davomida oʻynagan. Ikki bor mamlakat chempioni va ikki bor mamlakat kubogi sohibi boʻlgan. 2008-yilgi mavsumda Server Jeparov 19 gol bilan chempionat toʻpurari boʻlganida, Zayniddin 17 ta gol bilan ikkinchi boʻlgan. 2009-yilgi mavsumda Osiyo Chempionlar ligasi turnirida 5 gol bilan „Paxtakor“ jamoasi toʻpurari boʻlgan. „Paxtakor“ jamoasi tarkibida Osiyo chempionlar ligasida 13 ta gol kritgan holda, klubning toʻpurari hisoblanadi.
2005-yilgi mavsumda Qozogʻistonning Petropavl shahri klubi „Yesil-Bogatir“, 2007-yil Eronning „Saba Batteri“, 2009-yil Xitoyning „Tianjin Teda“, 2010-yil Qozogʻistonning „Ordabasi“ klublarida faoliyat olib borgan.
2011-yilgi mavsumda Oʻzbekistonga qaytgan va Oʻzbekiston birinchi ligasida qatnashayotgan Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Lokomotiv jamoasi safida mavsum davomida 30 gol bilan Birinchi liga toʻpurari boʻlgan. Tojiyev 2012-yilgi mavsumda 11 ta gol urgan va bu yilda ham „Lokomotiv“ jamoasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2013-yilda, „Lokomotiv“ safida mavsumning birinchi yarmida 9 oʻyinda ishtirok etib 4 ta gol urgan. 2013-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 2014-yilda Samarqandning „Dinamo“ klubiga oʻtgan. 2015-yilning fevral oyida „Dinamo“ jamoasini tark etgan va „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Turli musobaqalarda 144 ta gol muallifi boʻlgan.
Terma jamoadagi faoliyati Tojiyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida jami 18 ta oʻyinda maydonga tushgan. Jahon chempionati saralash bosqichidagi 7 ta oʻyinda ishtirok etgan. Terma jamoadagi faoliyati davomida jami 3 ta gol muallifi boʻlgan.
Milliy terma jamoa uchun gollar №SanaOʻtkazilgan joyRaqibHisobNatijaMusoboqa1.14-may 2002Prešov, Slovakiya4-1MagʻlubiyatOʻrtoqlik2.28-may 2004Boku, Ozarbayjon3-1MagʻlubiyatOʻrtoqlik3.22-mart 2008Toshkent, Oʻzbekiston4-1GʻalabaOʻrtoqlikFutbolchilik faoliyatini tugatgach Odil Ahmedov asos solgan „Odil junior“ bolalar futbol akademiyasida 2008-yilda tugʻilgan bolalarga ustozlik qilgan. 2021-yilda Oʻzbekiston U-15 terma jamoasini boshqargan.
Yutuqlari Oʻzbekiston chempioni: 2002, 2003, 2004, 2006. Oʻzbekiston chempionati ikkinchi oʻrin: 2008, 2009, 2010. Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2002, 2003, 2004, 2006, 2009 Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalchisi - 2003, 2004.
Shaxsiy yutuqlar
Oʻzbekiston Birinchi ligasi toʻpurari: 2011 (30 gol). Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosidir. Eng yaxshi yoshlar murabbiyi: 2020
Manbalar
Havoalar Zayniddin Tojiyev Footballfactsru saytida Zayniddin Tojiyev Transfermarkt saytida Zayniddin Tojiyev Soccerway saytida Zayniddin Tojiyev Championatuz saytida Zayniddin Tojiyev Sportsru saytida Zayniddin Tojiyev NFT saytida
Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:21-iyunda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston musulmonlari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Akademiya klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:FC Kiziljar futbolchilari Turkum:Tianjin Jinmen Tiger F.C. futbolchilari Turkum:Saba Qom F.C. futbolchilari Turkum:Ordabasi klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Gʻazalkent futbol klubi murabbiylari