Engin Özdemir (1968-yil 1-oktyabrda tugʻilgan) — turkiyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi. U „Gençlerbirliği“da oʻynagani bilan tanilgan. U, shuningdek, Youtuber CaniSportsning otasi.

Faoliyati

Klub Özdemir 10 yoshida SV 07 Raunheimda oʻynashni boshlagan, 9 yildan keyin oʻsha paytda Oberliga Südwestda oʻynagan „Mainz 05“ga qoʻshilgan. Ikki yillik faoliyati davomida u barcha musobaqalarda 23 ta oʻyin oʻtkazib, 11 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. „Mainz“ning 2-Bundesliga koʻtarilishiga yordam bergan.

Oʻzdemir 1995-yilda UEFA Intertoto kubogida 4 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. Ammo „Gençlerbirliği“ oʻz guruhida uchinchi oʻrinni egallagan va shu sababli guruhdan keyingi bosqichga chiqishnni uddasidan chiqa olmagan. Istanbulspor bilan 1997-yilgi Intertoto kubogida 6 marta oʻynagan va 1 ta gol urgan.

Xalqaro faoliyati Özdemir Turkiya terma jamoasi safida debyutini 1996-yilning 9-aprelida Ozarbayjonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan va Turkiya 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. U 1-may kuni Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida yana maydonga tushgan va Turkiya 3:2 hisobida gʻalaba qozongan.

Murabbiylik faoliyati Özdemir 2009-yilning iyulidan 2009-yilning dekabrigacha SV Dersim Ruesselsheim jamoasining oʻyinchi-murabbiyi boʻlgan. 2010-yildan 2012-yil dekabrigacha u FV Biebrich jamoasida futbolchi-murabbiy boʻlgan.

2013-yildan 2014-yilgacha u TSG 1846 Mainz-Kastel yoshlar jamoasi murabbiyi boʻlgan. Oʻzdemir 2015-yilning oktyabridan 2016-yilning avgustigacha „Yeni Malatyaspor“ yoshlar jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan, 2017-yilning mayigacha esa kattalar jamoasining yordamchi murabbiyi boʻlgan. U 2018-yil avgustidan 2019-yilning mayigacha „Eskishehirspor“ jamoasida yordamchi murabbiy boʻlgan. 2021-yil yanvar oyida u TFF 3 da boʻlgan „Chatalcaspor“ klubini boshqargan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaKubokYevropaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolMainz 051987–88Oberliga6020––801998–892. Bundesliga00––––00Türkgücü MünchenLandesliga??––––??1989–90??––––??1990–91??––––??1991–92??––––??1992–931211––––1211Gençlerbirliği1992–931. Lig161––––1611993–94294––––2941994–95331010––34101995–96311031453816İstanbulspor1996–9728211––2931997–9827230613631998–9960––––60Adanaspor2000––20İstanbulspor1999–200051––––51Adanaspor18310––193İstanbulspor2000–017111––82Diyarbakırspor2000–012. Lig146––––146Gençlerbirliği2001–02Süper Lig20––––20Antalyaspor2001–0281––––81Antalyaspor2001-011. Lig101––––101Karyerada jami2364210310626862

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Turkiya 1996 2 0 Jami 2 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar