Alina Anatolyevna Kashlinskaya (; 1993-yil 28-oktyabrda Moskva shahrida tugʻilgan)IM title application (PDF). FIDE. — Rossiyada tugʻilgan polyak shaxmatchi ayol. U 2014 va 2009-yillarda FIDE tomonidan berilgan xalqaro usta va ayol grossmeyster unvonlariga ega boʻlgan. Kashlinskaya 2019-yilgi ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha yakka tartibdagi oʻtkazilgan Yevropa chempionligida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Faoliyati 2003-yilda Kashlinskaya 10 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida shaxmat boʻyicha Yevropa yoshlar chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritganEuropean Youth Championship Girls — U10. chess-results.com..
2010-yil avgust oyida u Scheveningen tizimi bilan oʻtkazilgan 7-Xitoy-Rossiya oʻyinida Rossiya ayollar jamoasi tarkibida ishtirok etgan7th China-Russia Match ChessBase 05.08.2010. Kashlinskaya 39-shaxmat Olimpiadasining ayollar boʻlimida Rossiyaning B jamoasi safida ishtirok etgan. U beshinchi taxtada oʻynab, yakkalik bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritgan„Ukraine and Russia 1 Win Gold at the World Chess Olympiad 2010“. FIDE. 20-09-2010..
2011-yilda Kashlinskaya shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 18 yoshgacha boʻlgan qizlar boʻlimida kumush medali sovrindori boʻlganWorld Youth Chess Championship — U 18 Girls. chess-results.com.. Keyingi yili u shaxmat boʻyicha talaba qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallaganWorld University Chess Championship 2012 — Women. chess-results.com..
2013-yilda u oʻsmir qizlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida gʻolib boʻlgan„Artemiev and Kashlinskaya are 2013 Russian Junior champions“. Chessdom. 25-04-2013. va oʻsmir qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganWorld Junior Chess Championships 2013 Concluded FIDE. Oʻsha yili Kashlinskaya 6-Snowdrops vs Old Hands oʻyinida ishtirok etadi. Mazkur oʻyinda u 5/8 ball toʻplaydi va oʻzining „Snowdrops“ jamoasiga (Viktoriya Cmilyte, Kashlinskaya, Mariya Muzychuk, Nastasiya Ziaziulkina) „Old Hands“ jamoasi (Iosif Dorfman, Boris Gulko, Borislav Ivkov, Volfgang Uhl) ustidan gʻalaba qozonishga yordam beradi. Natija 17½-14½. Kashlinskaya butun musobaqaning eng yaxshi shaxmatchisi boʻlgan.
2015-yil mart oyida Kashlinskaya birinchi marta shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. U birinchi raundda Shen Yang tomonidan magʻlubiyatga uchraydi. Ikki oy oʻtgach, Kashlinskaya Chakvidagi ayollar oʻrtasidagi Yevropa yakkalik chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritadi16th European Individual Womenʼs Chess Championship Chess-Results. Iyul oyida u Xitoy-Rossiya oʻrtasidagi 9-oʻyinda ishtirok etadi va 2½/5 ball toʻplaydi, bu ayollar boʻlimida ruslar orasida eng yaxshi natijalardan biri ediRussia Loses the Match to China Russian Chess Federation 21.07.2015. Sentyabr oyida Kashlinskaya Vrotslavda boʻlib oʻtgan „ Krystyna Hołuj-Radzikowska Memorial — Women grossmester“ 5-turnirida gʻolib boʻlgan.
2018-yil oktyabr oyida Kashlinskaya Chess.com Isle of Man International musobaqasida ayollar oʻrtasidagi bosh sovrinni (7000 funt sterling) qoʻlga kiritgan, uning turmush oʻrtogʻi Wojtaszek esa xuddi shu turnirda bosh sovrinni qoʻlga kiritgan.
2019-yilning aprel oyida u Antaliyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi yakka tartibdagi Yevropa chempionatida Mari Sebag, Elizabet Pehtz, Inna Gaponenko va Antoaneta Stefanovani tay-brek hisobida ortda qoldirib, gʻolib boʻlgan edi. Oktyabr oyida Kashlinskaya Batumida boʻlib oʻtgan 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan, oʻyinda u Rossiya jamoasining zaxira taxtasida oʻynagan.
2022-yil 23-maydan boshlab u Rossiya nufuzi oʻrniga Polsha shaʼnini himoya qilishni boshladi.
Shaxsiy hayoti link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/57/Wojtaszek%2CRadoslaw_und_Kashlinskaya%2CAlina_2017_Dortmund.jpeg/220px-Wojtaszek%2CRadoslaw_und_Kashlinskaya%2CAlina_2017_Dortmund.jpeg|thumb| Kashlinskaya va Radosław Wojtaszek (2017-yil Dortmundda) Kashlinskaya polshalik grossmeyster Radosław Wojtaszek bilan turmush qurgan. U Rossiya davlat ijtimoiy universitetini tamomlagan„Interview with Alina Kashlinskaya“. Chessdom. 2018-01-28..
Manbalar
Havolalar
Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Polsha shaxmatchilari Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar